Qo‘llab — quvvatlovchi marketing – firma o‘z tovarlariga shakllangan talabdan qoniqqan davrda ishlatiladi. Firma raqobat sharoitida mavjud talabni ushlab turish uchun tovarning dizayni, qadog‘i, sotuv joylarini yangilash kabi vazifalarni bajarishi kerak.
Demarketing – bozorda haddan tashqari yuqori talab bo‘lib, resurslar taqchil vaqtda qo‘llaniladi. Bunday vaqtda talabni cheklash orqali, masalan barchaning ma’lum oziq-ovqat tovarlariga bo‘lgan talabi qoniqtiriladi. Sotish jarayonida kartochkalar, talonlar, kuponlar orqali talab cheklangan holda mahsulotlar sotiladi.
Qarama – qarshi marketing inson sog‘ligiga, uning ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tovar va xizmat turlariga nisbatan qo‘llanadi. Tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklar, tungi klublar kabilarga qarshilik ko‘rsatilib antireklama, aksiyalar, tag‘ribot-tashviqot ishlari olib boriladi. Shu tadbirlar orqali bu tovarlarga nisbatan salbiy talab shakllantiriladi.Yuqoridagi marketing turlarini vaziyatga qarab to‘g‘ri tanlash va qo‘llash marketing faoliyatining samarasini belgilaydi.
Nazorat uchun savollar
Marketingning maqsadi nima?
Marketing funksiyalari va tamoyillarini tushuntiring.
Talab holatiga qarab marketing turlarini sanab bering.
Konversion marketing va remarketing haqida tushuncha bering.
Demarketing qanday talab darajasida va sinxromarketing tadbirlari qanday talab darajasida qo‘llaniladi ?
«Salbiy talab»ga qarshilik ko‘rsatuvchi marketing turi qanday ataladi?
56
bob. MARKETING FAOLIYATINI AXBOROT BILAN TA’MINLASH
3.1. Axborot – marketingning poydevoridir. Axborot tizimi
Bozor nima, uning turlari, bozor mexanizmi qanday amal qiladi, talab, taklif nima, bozor muvozanati qay tarzda o‘rnatiladi – bu savollarga marketing nuqtayi nazaridan murojaat qilamiz. Marketing bo‘yicha mutaxassislar axborot bu bozorga zarurat va talablari umumiy bo‘lgan, ularni qondirish maqsadida ayirboshlashga tayyor mavjud va bo‘lajak xaridorlar to‘plami, deb tarif berishadi.
Xaridorlarga ishlab chiqarish (tarmoq) vakillari o‘z tovarlarini ko‘proq foyda keltiradigan shartlarda sotishni maqsad qilib qo‘ygan bir-birlari bilan raqobatlashuvchi sotuvchilar to‘plami qarama-qarshi turadi. Sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi:
Kommunikatsiya
Ishlab chiqarish
(sotuvchilar guruhi)
Tovarlar
Pullar
Bozor
(sotuvchilar guruhi)
Axborot
3.1-rasm. Bozor va ishlab chiqarishning o‘zaro munosabati
Marketing sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida axborot almashi-nuviga, to‘g‘ri va teskari aloqalardan foydalanishga asoslanadi.
57
AXBOROT (ingl. news) — taqdim etilishi shaklidan qat’iy nazar shaxs ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo‘lgan voqea, hodisa, jarayonlar, dalil, bilim, tushunchalar va taqdimot kabi obyektlar haqidagi ma’lumotlardir. Shunday ekan, axborotdan foydalanish ko‘lamlari jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi. Marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi.
Marketingni boshqarish bozorni barcha tashkil etuvchilarni (qismlarini) (xaridorlar, ularning talabi, tovarlar, narxlar, raqobatchilar) tahlil qilishdan va baholashdan boshlanadi. Maqsad – olingan axborot asosida firmaning bozorda o‘zini qanday tutishi kerakligini ishlab chiqish. Axborotning bozordan ishlab chiqaruvchilar tomon harakatlanishi marketing tadqiqotlari jarayonining mazmunini tashkil qiladi. Keyinchalik ishlab chiqaruvchilar va bozorlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi marketing kommunikatsiyalarining turlicha – reklama, shaxsiy sotuv, «Public Relationss» kabi shakllarida davom etadi.
Tijorat dunyosi – murakkab hodisa. Tadbirkor qanchalik boy tajribaga qanchalik beqiyos intuitsiyaga ega bo ‘lmasin har qanday holatda ham unga dinamik tarzda rivojlanib borayotgan tovar va xizmatlar bozori to‘g‘risida to‘liq va obyektiv axborot zarur bo‘ladi. Kim marketing axborotiga egalik qilsa, o‘sha bozorda muvaffaqiyatga erishadi.
Uzoq vaqt va katta mablag‘ talab qiladigan menejerlar tomonidan yangi tovar ishlab chiqarish, uni bozorga olib chiqish, raqobatbar-doshligini kuzatish va nihoyat, ishlab chiqarishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayoni odatda, ishonchli va o‘z vaqtida taqdim etilgan marketing axborotiga asoslanadi. Zamonaviy marketing axborotga tayanadi.
Marketing faoliyati ikki oqim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, birinchi oqim-firma faoliyati natijalari to‘g‘risida axborot, ikkinchisi bozor va atrof-muhit to‘g‘risidagi axborot oqimidir. Marketing faoliyati ana shu ikki oqimga ta’sir ko‘rsatib, iste’molchilar talabini maksimal darajada qondirish va firmalar foydasini ta’minlashga qaratilgan.
Bozor holati va dinamikasi to‘g‘risidagi tezkor axborotga bozor subyektlarining 85 foizi, bozorda yuzaga kelayotgan holatlar (raqobatchi kompaniyalar xatti-harakati, iste’molchilar talablarining o‘zgarishi,
58
bo‘lajak xaridorlarning yangi tovarlarga bo‘lgan munosabati) to‘g‘risida esa 70 foizi ehtiyoj sezadilar. Tijoratchilarning 85 foizi fikriga ko‘ra marketing axborotlarini har hafta va o‘n kunda olish davriyligi eng maqbul hisoblanadi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida marketing axboroti faoliyati bilan hududiy axborot-marketing markazlari, ekspertlar guruhlari, marketing bo‘limlari mutaxassislari shug‘ullanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |