Ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi yangi davr konsepsiyasi bo‘lib, firma nafaqat iste’molchini, balki atrof-muhit va jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan holda faoliyat yuritishi ko‘zda tutiladi. Batafsilroq tushuntiradigan bo‘lsak, masalan, firma iste’molchi xohishi va talabidan kelib chiqib, mahsulot ishlab chiqardi, ammo ishlab chiqarish jarayonida juda ko‘p chiqindilarni oqar suvga yoki atrof - muhitga tashlab zarar keltirdi. Aynan bunday noxush holga qarshi ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi ishlab chiqildi, shuning uchun barcha tovar va xizmat turlarini taklif etuvchilar bu konsepsiyaga rioya qilishlari shart.
Ijtimoiy-etik konsepsiya esa iste’molni ratsionallashtirish, ishlab chiqarishni gumanizatsiyalash va atrof-muhit ekologik sofligini saqlash aynan shu konsepsiyaning falsafa va maqsadidir.
F.Kotler bu konsepsiyani qo‘llashning shartlarini quyidagilardan iborat, deb ta’kidlaydi.
• Firmaning asosiy maqsadi xaridorlarning turli talablarini qondi-rishda jamiyat mafaatlariga mos holda bu vazifani bajarishga yo‘nal-tirishdan iborat. Masalan, tungi klublarni, kazino kabi jamiyat manfaatlariga zid keluvchi va qonunan man etilgan xizmat turlarini taklif etish va h.k.
• Firma muntazam ravishda izlanishda bo‘lib xaridorlar uchun yangi, zamonaviy, barcha yoshdagi iste’molchilarning talabini inobatga olgan holda innovatsion tovarlarni yaratishi zarur.
• Iste’molchi bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lish orqali ularning potensial ehtiyoj va talablarini qondirish.
Marketing konsepsiyalarining yuqorida keltirilgan tavsiflanishi bilan birga boshqa marketolog olimlarning ham bu borada o‘z fikr va mulohazalari mavjud.
Masalan, S. Kolomiytsev marketing konsepsiyalarining 4 bosqichi-ni ajratib ko‘rsatadi.
1- Tijorat yoki sotuv marketingi.
2- Funksional marketing.
3- Marketing bozor konsepsiyasining boshqaruvi sifatida.
4-Axborotlashgan marketing. Bu tavsifda axborotlashgan marketing yangi bosqich bo‘lib, iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida juda muhim hisoblanadi. Axborotlar oqimining o‘sishi firmaga o‘z faoliyati
26
jarayonida juda ko‘p omillarni nazarda tutgan holda o‘z istiqbol rejasini, strategiya va taktikasini ishlab chiqishini talab etadi. Bilimlar innovatsiyasi bugungi kunda firmaning rahbari, texnologi, moliyachisi, marketologi, muhandisi va boshqa xodim va ishchilari uchun juda muhim bo‘lib, har qanday axborotdan xabardor bo‘lish, chet el bozorlari, mahsulotlari, texnologiyalarini bilish, ularni qo‘llash firmaning raqobatdoshligini va afzalliklarini oshirish omilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |