5-masala
Toshkentdagi ayrim yuqori darajada xizmat ko‘rsatuvchi mehmon-xonalarda sotiladigan ba’zi bir tovarlarning narxlari biroz qimmat. Masalan, plastmassa idishdagi 1,5 litr hajmdagi mineral suvning narxi 3000 so‘m atrofida belgilangan. Xuddi shu suvni mehmonxona tash-qarisida 1200-1300 so‘mga sotib olish mumkin bo‘lgan taqdirda narxlar-ning bunchalik yuqori belgilanishiga nimalar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin?
6-masala
«Xushtaom» nomli umumiy ovqatlanish firmasi oshxona jihozlari, asboblari sotib olish maqsadida «Maishiy mollar» firmasi bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaga ko‘ra xaridor 100 % to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng sotuvchi korxona asboblar va jihozlarni yetkazib berishi lozim. Xaridor 50 % to‘lovni amalga oshira olmasligini ma’lum qildi.Vaziyatni hal qiling. Tomonlar huquqlarini asoslab bering.
7-masala
Ekspert jurnalining 2000 yil № 12 sonida shved mebeli chiqaradi-gan IKEA firmasining Rossiyadagi do‘kon – ombori haqida ma’lumotlar nashr qilingan.
Firmaning kapitali - 2899 rubl.
Tungi lampa - 129 rubl.
Vino uchun bokallar – 146 rubl.
365
Ushbu firma Rossiyadagi 3 – 4 tadan iborat bo‘lgan oilalarni o‘zi-ning xaridorlari deb, hisoblaydi. Ularning 1 oylik daromadi 200$ – 400$ gacha va kvartiralarning umumiy maydoni 52 kv.m. Yarim asrlik kompaniyaning asosiy shiori-“ommaviylik”, “oddiylik”, “arzonlik”. Butun dunyo bo‘yicha 158 ta kompaniyalarining do‘konida yuqoridagi talablar bir necha oddiy uslublar bilan faoliyat yuritadi. Firma tomo-nidan atigi 10 % assortimentdagi mebel ishlab chiqiladi. Qolgan qismi mol yetkazib beruvchi yoki ta’minotchilardan sotib olinadi. Shu bilan birga ular bilan dizayn ishlab chiqiladi va mahsulotning tannarxini pasaytirish uslublari izlanadi. Narxlarni tushirish va sifatni ko‘tarish maqsadida IKEA kompaniyasi eshik ishlab chiqaruvchilarga stolning ustki qismlari (“Stoleshnitsa”) ni, stolning oyog‘ini va karkasini super-marketlar uchun metalldan aravachalarni ishlab chiqaruvchi fabrikaga buyurtma beradi. Firma mebelni ajratilgan turda kam joyni egallashi evaziga tashish uchun ham iqtisod qilib past narxlarni ushlab turadi. Eng asosiy yangilik mebelni xaridor do‘kondan o‘zi olib ketadi va mustaqil turda yig‘adi. Bunda mebelni yig‘ish, chakana sotish va yetkazib berish-dagi iqtisod, ya’ni tejamlilik yaqqol ko‘rinadi. Barcha do‘konlar shahar-dan tashqarida joylashganligi evaziga yerlarni egallab turish uchun narx-lar to‘lovi juda past. IKEA kompaniyasi Rossiya ishlab chiqaruvchilarini ham jalb qiladi. Shu sababli mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlarining bir qismi ham past narxlarni ushlab turishda yordam beradi. Shunday qilib IKEA do‘konidagi o‘rtacha xarid 40$ ni tashkil etib, analitik tahlilchilar fikriga ko‘ra Rossiyadagi mebel biznesini to‘liq o‘zgarishiga va’da beradi. Quyidagi savollarga javob berib, vaziyatni tahlil qiling.
Rossiya IKEA maqsadli bozoriga xarakteristika bering (tavsif).
IKEAni narx strategiyasi va narx siyosatining maqsadini aniqlang.
IKEA firmasining mahsulotiga past narxlarga nima evaziga erishi-
ladi.
IKEA mahsulotlarining sifati haqida nima deyish mumkin?
Ushbu mahsulotni maqsadli bozoriga e’tiborni jalb qilishda narx qanday rol o‘ynaydi?
“Xarid qil va sot” savdo majmuasi “BOBO” mahsuloti narxini 45 rubldan 42 rublgacha tushirdi. Shuning evaziga sotuv hajmi 64200 dan 66100 donaga ortdi. Talabning elastikligini aniqlang.
366
8-masala
Firma 1 tipdagi va 1 xil narxdagi sharikli ruchkalarni ishlab chiqa-radi, sotadi va o‘tkazilayotgan reklama birdaniga butun bozorga va 1 tipga yo‘naltirilgan. Firma bozorni egallashi uchun qaysi strategiyasini qo‘llaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |