Ijtimoiy-psixologik kontseptsiyalar
suitsidal axloqni ijtimoiy-psixologik
yoki individual omillar bilan tushuntiradi. Dastavval, o`z-o`zini o`ldirish hayot
mazmunining yo`qolishi bilan bog’lanadi. V.Franklning ko`rsatishicha, bu bilan
bog’liq ekzistentsial xavotir umidsizlik, bo`shliq va ma'nosizlik tuyg’usi, aybdorlik
va muhokamalardan qo`rqish oldidan daxshat kabi boshdan kechiriladi.
A.G.Ambrumova va boshqa qator tadqiqotchilar suitsidal axloqni shaxsning
mikroijtimoiy nizolar sharoitida ijtimoiy-psixologik moslashmaganligi oqibati
sifatida baholaydilar.
Ijtimoiy-psixologik moslashmaganlik organizm va muhitning nomuvofiqligi
kabi turli daraja va turli shaklda namoyon bo`lishi mumkin. Muallif
imitatsiyalangan
(nopatologik)
va
transformatsiyalangan
(patologik)
moslashmaganlikni farqlaydi. Bu shakllarning har biri partsial (qisman) va total
(butunumum) bo`lishi mumkin.
Ekstremal vaziyat sharoitlarida shaxs o`zining moslashuvchan taktikasini
birday qaytadan tuzadi. Individlardan bir muncha mahkamlari plastiklik va zahira
hisobiga moslashuvning avvalgi umumiy darajasini saqlab qoladi. Odamlarning
boshqa guruhi darajaning vaqtinchalik pasayishi bilan xarakterlanadi, biroq bunda
moslashuvning asosiy yo`nalishi sinmaydi. Bu holatda moslashmaganlik miqdoriy
xarakterni oladi, ulimitatsiyalangan va moslashuv jarayonining sifatli muqarrarlik
chegarasidan chiqmaydi, ya'ni moslashmaganlik kasallikka olib kelmaydi,
moslashuvning patologik shaklini tug’dirmaydi. Qachonki ekstremal yuklama
individual muammolar (masalan, nevroz) bilan uyg’unlashgan holatlardagina
buzilish ehtimoli ahamiyatli tarzda o`sadi. Bunday holatda ijtimoiy-psixologik
moslashmaganlik o`z ortidan moslashuvchi jarayonning sifatli transformatsiyasi,
moslashuvning patologik shakli namoyon bo`lishini ergashtirib keladi.
208
Bu variant, A.G.Ambrumovaning fikricha, moslashish jarayonining jadalligi
va plastikligini umumiy pasayishida qadriyatli-orientatsion va kommunikativ
faoliyatni bir muncha ko`tarilishga mubtalo bo`lgan chegarali buzilishlar uchun
xarakterlidir. Psixotik buzilish o`zida patologik reaktsiya qilishning yangi sifat
darajasiga o`tish bilan global moslashmaganlikni aks ettiradi.
Ob'ektiv sabablar va sub'yektiv kechinmalar bir biriga mos tushmasligi
mumkin. Moslashmaganlik – suitsidning faqat ehtimoliy shartlaridan biridir.
Suitsidga olib keluvchi ijtimoiy-psixologik moslashmaganlikni dinamikada ko`rib
chiqib, muallif ikki fazani ajratadi: predispozitsion hamda suitsidal.
Predispozitsiya (moslashmaganlikning mavjudligi) suitsidal axloqning
to`g’ridan-to`g’ri determinanti bo`lib xizmat qilmaydi. Uning suitsidal fazasi
o`tishida shaxs tomonidan boshdan kechirilgan nizolar hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Nizolar shaxslararo va shaxslar ichidagi xarakterni olishi mumkin. U holda ham, bu
holatda ham u ikki yoki bir necha turli yo`nalishli tendensiyalardan tashkil topadi,
bittasi asosiy, inson uchun ushbu daqiqada dolzarb ehtiyojdan, boshqasi esa – uni
qondirishga to`sqinlikdan iborat. Nizolarni yechish u sodir bo`lgan muhit va
zaxiradagi moslashuv mexanizmlari tizimining ahamiyatiga bog’liq. Shaxsning
moslashmaganlik ostonasidan o`tuvchi nizolar krizisli hisoblanadi. Shunday qilib,
predispozitsion moslashmaganlik va nizoli vaziyatni o`zgartirishga qodir real
usullarning imkonsizligi sharoitida suitsid o`zi boshqa hamma harakatlarni
almashtiradigan yagona reaktsiyasi, har qanday faoliyatdan o`zini chetlatish usuli
sifatida bo`lib chiqadi.
E.Shneydman suitsidni psixologik ehtiyojlar nuqtai nazaridan ko`rib chiqishni
taklif qiladi. Uning nazariyasiga muvofiq suitsidal axloq ikki tayanch lahzani
aniqlaydi:
– qolgan boshqa hamma narsadan kuchli bo`lgan qalb og’riqi;
– frustratsiya holati yoki shaxsning bir muncha ahamiyatli ehtiyojiga noto`g’ri
ma'no berish.
Ijtimoiy-psixologik yondoshuvlar doirasida shaxsiy xususiyatlar va suitsidal
axloq o`rtasidagi aloqani o`rganuvchi ishlar ham keng taqdim etilgan. Deviatsiya
209
tipi, masalan, zo`ravonlik yoki o`z-o`zini destruktsiyalash tipi shaxsning xususiyati
bilan aniqlanishi haqidagi fikr tarqalgan. A. Ye.Lichko o`smir xarakterining
aktsentuatsiyasi tipi va suitsidal axloq o`rtasidagi aloqani ta'kidlaydi. Xullas,
suitsidal namoyishlar 50%foiz holatlarda asabiy, noturg’un, gipertim tiplar bilan,
suiqasd esa sensitiv (63 %foiz), sikloid (25 %foiz) tiplar bilan uyg’unlashadi.
Ye.I.Lichko
shizoidlarning
o`ta
past
suitsidal
faolligini
ta'kidlaydi.
V.T.Kondratenko, aksincha, shizoid, psixastenik, sensitiv, qo`zg’aluvchan va
epileptoid tiplar foydasiga ma'lumotlar keltiradi. Mualliflar bir fikrda
qo`shilishadilar, o`smirlarning astenik, gipertim, noturg’un tiplari suiqasd va
suitsidga moyil emasdirlar.
N.V.Konanchuk, V.K.Myager suitsident uchun uchta asosiy xislatni
ajratdilar:
ehtiyojlarning yuqori zo`riqishi;
yuqori ahamiyatli munosabatlarda hissiy yaqinlikka ko`tarinki ehtiyoj;
past frustratsiyali tolerantlik va to`lovlarga zaif qobiliyat.
Turli mualliflardan olinagan ma'lumotlarni yig’ib, suitsidentning qandaydir
umumlashgan psixologik portretini tasavvur qilish mumkin. Uning uchun o`z-o`zini
past baholashdek, o`z-o`zini amalga oshirishga yuqori ehtiyoj xarakterlidir. Bu
og’riqni yengishga past qobiliyatli sensitiv, empatik inson. Uni baland xavotirlilik
va pessimizm, o`z-o`zini ayblash tendensiyasi va toraygan (dixotomik) fikrlashga
moyilligi farqlaydi. Iroda kuchining qiyinchiligi va muammoning yechimidan ketish
tendensiyasi ham ta'kidlanadi. Keltirilgan portret ushbu qismning ikkinchi bo`limida
yoritilgan antiijtimoiy shaxs tavsifnomasiga to`g’ridan-to`g’ri qaratama-qarshidir.
Suitsidal axloq xarakteri va determinatsiyani yorug’likka olib chiquvchi
nazariyalar sharhi ushbu ko`rinishning murakkabligi, siyosatliligi haqida xulosa
qilish imkonini beradi. Shu bilan birgalikda, shaxs suitsidal axloqining bir necha
xatar omillarini ajratish mumkin:
-
suitsidning avvalgi urinishlari (ushbu odamning);
-
suitsidning oilaviy tarixi;
210
– krizisli vaziyat (tuzalmaydigan kasallik, yaqin kishisining o`limi, ishsizlik va
moliyaviy muammolar, ajrashish);
– oilaviy omil (ota-onalarning ruhiy azoblanish holati, bolalar jarohati,
surunkali janjallar, uyg’unlashmagan tarbiya);
– hissiy buzilishlar (dastavval ruhiy azoblanish holati);
– psixik kasalliklar (piyonistalik, giyohvandlik, shizofreniya);
– ijtimoiy modellashtirish (OAV dagi suitsid namoyishi, ularning adabiy
asarlardagi surati – “Verter samarasi”).
Bundan tashqari, xatarning quyidagi guruhlari ajratiladi: yoshlar, keksa
odamlar, jinsiy kamchilik, harbiy xizmatchilar, urush va urush nizolari veteranlari,
shifokorlar va ba'zi bir boshqa kasb vakillari.
Do'stlaringiz bilan baham: |