2. Delinkvent axloqning mazmun-mohiyati.
Biz deviant axloqning alohida
turlari ifodasini deviant axloq tavsifnomasidan boshlaymiz. Delinkvent (qonunga
zid, antijamoaviy) axloq muammosi ko`plab ijtimoiy fanlarning tadqiqoti uchun
139
markaziy hisoblanadi, chunki jamoatchilik tartibi yaxlit olganda davlat kabi uning
har bir alohida fuqarosining rivojlanishida ham muhim rol o`ynaydi.
Qonunga qarshi axloqqa nisbatan turlicha yondoshuvlar va tushuncha
apparatidan foydalaniladi. Psixologik adabiyotlarda uni ko`pincha delinkvent axloq
sifatida ko`rsatadilar. Ponyatiye proisxodit ot latinskogo delinquent – «postupok,
provinnost». Bu atama ostida biz shaxsning qonunga qarshi axloqi – ushbu
jamiyatda va ushbu vaqtda o`rnatilgan qonunlardan og`ishgan, boshqa odamlar yoki
ijtimoiy tartibning tinchligiga xavf soluvchi va o`zining oxirgi ko`rinishlarida jinoiy
jazolanadigan aniq shaxsning harakatini tushunamiz. Qonunga qarshi axloqni
namoyon etuvchi shaxs delinkvent shaxs sifatida tavsiflanadi, harakatning o`zi esa
– deliktdir.
Kriminal axloq umuman delinkvent axloqning bo`rttirilgan shakli
hisoblanadi. Umuman olganda delinkvent axloq jamiyatning aniq ifodalangan qoida
(qonun)lariga, bevosita davlat hayotining mavjud me`yorlariga qarshi yo`naltirilgan.
Maxsus adabiyotlarda ko`rib chiqilayotgan atamadan turli ma'nolarda
foydalaniladi. A. Ye. Lichko, “V vedya v praktiku podrostkovoy i ponyatiye”
asarida o`smir psixiatriyasining amaliyotiga «delinkventlik» tushunchasini kiritib,
uning o`z ortidan jinoiy javogarlikni olib kelmaydigan mayda antijamoatchilik
harakatlarini chekladi. Bu, masalan, maktabga bormaslik, asotsial guruh bilan
muloqot qilish, mayda bezorilik, zaiflar ustidan tahqirlash, mayda pulni olib
qo`yish, mototsiklni olib qochish.
V.V.Kovalyev, delinkventlikning bunday sharhlashga qarshi delinkvent
axloq jinoiy axloq hisoblanishini ko`rsatib, e'tiroz bildiradi.
Keng tarqalishni olgan «delinkvent» atamasi xorijda voyaga yetmagan
jinoyatchilarni ifodalash uchun qo`llaniladi. Xullas, Butunjahon sog’liqni saqlash
tashkilotining materiallarida delinkvent boshqa individ yoki guruhga zarar
keltiruvchi va ushbu lahzada jamiyat rivojida me`yoriy ijtimoiy guruhlar tomonidan
o`rnatilgan chegaradan o`tuvchi axloqli 18 yoshgacha bo`lgan shaxs sifatida
ta'riflanadi. Voyaga yetgach delinkvent avtomatik tarzda antiijtimoiy shaxsga
aylanadi.
140
Psixologik adabiyotlarda delinkventlik tushunchasi umuman qonunga qarshi
axloq bilan bog’lanadi. Bu – jamoatchilik tartibi me`yorlarini buzuvchi har qanday
axloq. Ushbu axloq jinoyatchilik darajasiga yetmagan ma'naviy-yetik me`yorlarni
mayda buzuvchi shaklga ega bo`lishi mumkin. Bu yerda u asotsial axloq bilan mos
tushadi. U Jinoiy kodeksga muvofiq jazolanuvchi jinoiy harakatlarda ham
ifodalanishi mumkin. Bu holda axloq kriminal, antiijtimoiy bo`ladi.
Delinkvent axloqning keltirilgan turlarini qonunga qarshi axloqning
shakllanish bosqichlari sifatida ham, uning nisbatan mustaqil ko`rinishlari sifatida
ham ko`rib chiqish mumkin. Jamoatchilik qoidalarining ko`p obrazliligi qonunga
qarshi axloqning katta miqdorini tug’diradi. Delinkvent axloqning turli shakllarini
tasniflash muammosi sohalararo xarakterga ega.
Ijtimoiy-huquqiy yondoshuvda qonunga qarshi harakatlarni zo`ravonlik va
zo`ravon bo`lmagan (yoki g’arazli) ga ajratish keng ishlatiladi.
Klinik tadqiqotlar doirasida V.V.Kovalyevning bir necha o`q bo`yicha
qurilgan qonunbuzarlikning komplek sistematikasi qiziqish uyg’otadi. Ijtimoiy-
psixologik o`qda intizomga qarshi, jamoatchilikka qarshi, qonunga qarshi; klinik-
psixopatologik – nopatologik va patologik shakllar; shaxsiy-dinamiklikda reaktsiya,
rivojlanish, holat. A.G.Ambrumov va L.Ya.Jezlovlar qonunbuzarlikning ijtimoiy-
psixologik shkalasini taklif qildilar: intizomga qarshi, antiijtimoiy, delinkvent –
jinoiy va autotajovuzkor axloq (ta'kidlash lozimki, ushbu mualliflar delinkventlikka
faqat jinoiy axloq mansub deydilar).
Bunday masalalarni hal qilish uchun delinkventlikning ifodalanganlik
darajasini va shaxsga ta'sir chegarasini aniqlash kabi qonunbuzarlar tipini
sistemalashtirish ham muhim ahamiyatga ega. 1932 yili N. I.Ozeretskiy tomonidan
voyaga yetmagan qonunbuzarlar tipologiyasini bugungi kunda ham dolzarb bo`lgan
ifodalanganlik darajasi va xarakteri bo`yicha deformatsiyasini taklif qildi: tasodifiy,
odatiy, turg’un va professional qonunbuzarlar.
Qonunbuzarlikni sodir etgan o`smirlar orasida A.I.Dolgova, Ye. G.
Gorbatovskaya, V. A. Shumilkin va boshqalar, o`z navbatida, quyidagi uch tipni
ajratadi:
141
1.
Izchil-kriminogen – ijtimoiy muhit bilan o`zaro ta'sirda jinoiy axloq
shaxsning kriminogen «qissasi» hal qiluvchi hisoblanadi, jinoyat axloqning odatiy
usulidan kelib chiqadi, u sub'ektning maxsus qarashlari, ko`rsatmalari va
qadriyatlari bilan shartlanadi;
2.
Vaziyatli-kriminogen – axloqiy me`yorlarning buzilishi, jinoiy
bo`lmagan xarakterdagi qonunbuzarlik va jinoyatning o`zi ahamiyatli darajada
notinch vaziyatlar bilan shartlangan; jinoiy axloq sub'ektning rejalariga mos
tushmasligi, uning nuqtai nazarida ekstsess bo`lishi mumkin; bunday o`smirlar
ko`pincha qonunbuzarlikning tashabbuskori hisoblanmay, spirtli ichimliklar
kayfidagi holatda guruhda jinoyat sodir etadilar;
3.
Vaziyatli tip – salbiy axloqning ahamiyatsiz ifodalanganligi; individ
aybi bilan yuzaga kelmagan vaziyatning hal qiluvchi ta'siri; bunday o`smirlar
hayotining usuli ijobiy va salbiy ta'sirlar kurashi bilan xarakterlanadi.
V.N.Kudryavtsev ham xuddi shunga o`xshash professional (muntazam
jinoyat sodir etuvchi, undan keladigan daromadlar hisobiga yashovchi shaxslar),
vaziyatli (sharoitdan kelib chiqib harakatlanuvchi), tasodifiy jinoyatlar (qonunni
faqat bir marta buzgan).
Delinkvent axloq shaxs deviant axloqining shakli sifatida qator xususiyatlarga
ega.
Birinchidan, bu shaxsi og`ishgan xulqining kamroq ma'lum bo`lgan turlaridan
biri. Masalan, jinoiy deb tan olingan harakatlar doirasi turli davlatlar, turli vaqt
uchun turlichadir. Qonunlarning o`zi bir xil emas, ularning takomillashishi kuchida
katta yoshdagi aholining katta qismi “jinoyatchilar” kategoriyasiga kiritish mumkin
bo`lib qoladi, masalan, soliq to`lashdan qochish yoki kimgadir jismoniy og’riq
yetkazish. Shunga o`xshash hamma biladiki, aldash mumkin emas. Biroq haqiqatni
hech bir sharoitga qaramay har doim va hamma joyda gapiradigan odam, joyida
yolg’on gapiradiganlarga qaraganda ancha noadekvat bo`lib ko`rinadi.
Ikkinchidan, delinkvent axloq, ayniqsa, qonuniy me`yorlar – qonunlar,
me`yoriy aktlar, intizomli qoidalar bilan boshqariladi.
142
Uchinchidan, qonunga qarshi axloq deviatsiyaning bir muncha xavfli
shakllaridan biri deb tan olinadi, chunki o`z asosi bilan ijtimoiy qurilish
jamoatchilik tartibiga xavf soladi.
To`rtinchidan, shaxsning bunday axloqi faol muhokama qilinadi va har
qanday jamiyatda jazolanadi. Istagan davlatning asosiy vazifasi qonunlarni yaratish
va ularning ijrosi ustidan nazorat qilish hisoblanadi, shuning uchun delinkvent axloq
deviatsiyaning boshqa turlaridan farqli tarzda maxsus ijtimoiy institutlar: sudlar,
tergov organlari, ozodlikdan maxrum qilish joylari tomonidan boshqariladi.
Nihoyat, beshinchidan, muhimi shuki, qonunga qarshi axloq o`z mohiyati
bo`yicha shaxs va jamiyat – individual intilishlar va jamoatchilik manfaatlari
o`rtasidagi nizoning mavjudligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |