O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov kompyuter ta’minoti



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/212
Sana22.04.2022
Hajmi3,68 Mb.
#573878
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   212
Bog'liq
kompyuter taminoti

Matn protsessorlari.
Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi 
shundaki, ular matnni kiritish va tahrir qilishgagina emas, balki uni formatlash, ya’ni 
shakllantirishga imkon yaratadi. Shunga muvofiq ravishda matn protsessorlarining 
asosiy vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafika, jadval va boshqa 
obyektlarni formatlash jarayonini avtomatlashtirish kiradi. Hujjatlar bilan 
ishlashning zamonaviy usuli ikkita muqobil yondashuvni kо‘zda tutadi. Bular: 
qog‘oz va elektron hujjatlar bilan (qog‘ozsiz texnologiya bо‘yicha) ishlash. Shuning 
uchun hujjatlarni matn protsessorlari vositalari bilan shakllantirish haqida 
gapirganda tamoyil jihatdan bir-biridan farqlanuvchi ikkita yo’nalish – chop etish 
uchun m о‘ljallangan hujjatlarni formatlash va ekranda aks ettirish uchun 
mо‘ljallangan elektron hujjatlarni formatlashni nazarda tutish kerak. Bu hollarda 
ishlaydigan usul va uslublar sezilarli ravishda bir-biridan farqlanadi. Garchi ularning 
kо‘pchiligi har ikki yondashuvni о‘zida birlashtirsa ham, shunga mos ravishda matn 
protsessorlari ham farqlanadi. 
Grafik muharrirlari.
Bu grafik tasvirlarni yaratish va ishlov berish uchun 
mо‘ljallangan dasturlarning juda keng toifasi (sinfi)dir. Ushbu toifaga rastr 
muharrirlari, vektor muharrirlari va uch о‘lchamli grafika (3D-muharrirlari)ni 
yaratish va ularga ishlov berish uchun ishlatiladigan dasturiy vositalar kiradi. 


193 
Rastr muharrirlari grafik obyektlar yoruqlik hamda rang xususiyatlariga ega 
bо‘lgan rastrni tashkil etuvchi ya’ni nuqtalar kombinatsiyalari shaklida qо‘llanadi. 
Bunday yondashuv grafik tasvir kо‘plab yarim tonlarga ega bо‘lganida va obyektni 
tashkil qiluvchi elementlar (unsurlar) haqidagi axborot, ularning shakli tо‘g‘risidagi 
xabarlarga qaraganda muhimroq bо‘lgan hollarda samarali. Bu fotografik va matbaa 
tasvirlari, ularning retushi (chiziqlari va aksini tо‘g‘rilash) uchun fotoeffektlar va 
badiiy kompozitsiyalar (kallajlar) yaratish uchun qulay. 
Rastr muharrirlari bilan yangi tasvirlar yaratish imkoniyatlari cheklangan va har 
doim ham qulay emas. Kо‘pchilik hollarda rassomlar an’anaviy usullardan 
foydalanuvchilar, undan rasmni kompyuterga maxsus apparat vosita (skaner)lari 
yordamida kiritib, ishni rastr muharriri yordamida maxsus effektlar kiritish yo’li 
bilan tugallashni afzal kо‘radilar. 
Vektor muharrirlari rastr muharrirlaridan tasvir haqidagi ma’lumotlarni taqdim 
qilish usuli bilan ajralib turadi. Vektor tasvirining elementar obyekti nuqta emas 
chiziqdir. Bunday yondashuv chiziqlar shakli, uni tashkil etuvchi ayrim nuqtalarning 
rangi haqidagi axborotga qaraganda kо‘proq ahamiyatga ega bо‘lgan chizmalar va 
grafiklar bilan ishlash uchun xos. Vektor muharrirlaridagi har bir chiziqqa uchinchi 
tartibdagi matematik qiyshiq chiziq sifatida qaraladi va shunga muvofiq u 
nuqtalarning kombinatsiyasi emas, balki matematik formula sifatida taqdim etiladi 
(kompyuterda bu formulaning raqamli koeffitsienti saqlanadi). Bunday ifodalash 
rastr shaklidagiga qaraganda ixcham bо‘lgani bois kamroq joyni egallaydi, ammo 
istalgan obyektning qurilishi ekranda nuqtalarning oddiygina aks ettirilishi bilan 
bajarilmaydi, balki qiyshiq chiziqning parametrlarini ekran yoki bosma tasvirining 
koordinatalariga bog‘lab qayta hisoblash kuzatiladi. Shuning uchun vektor grafikasi 
bilan ishlash unumdorligi yuqori darajadagi hisoblashlarni talab qiladi. 
Elementar obyekt (chiziq)lardan eng sodda geometrik obyektlar (primitiv-jо‘n 
obyektlar) yaratiladi. О‘z navbatida ulardan tugal kompozitsiyalar tuziladi. Vektor 
grafikasi vositalari bilan bajarilgan badiiy bezak (illyustratsiya) bir-biri bilan о‘zaro 
bog‘liq harakatda bо‘lgan о‘n minglab eng sodda obyektlardan iborat bо‘lishi 
mumkin. 


194 
Vektor muharrirlari tasvirlarni yaratish uchun qulaydir, lekin tayyor rasmlarga 
ishlov berish uchun amalda ulardan foydalanilmaydi. Ulardan reklama sifatida keng 
qо‘llaniladi, ularni matbaa nashrlarining muqovalarini bezashda va badiiy ishlov 
berishda, chizmachilikka yaqin bо‘lgan hamma joyda qо‘llash mumkin. 
Uch о‘lchamli grafika muharrirlari uch о‘lchamli kompozisiyalarni tuzish uchun 
ishlatadi. Ular ikkita о‘ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan, ular aks ettirilayotgan 
obyektlar yuzasi shakllarini yoritish manbalarining xususiyatlari bilan о‘zaro 
harakat aloqasini sharoitga moslashtirib boshqarishga imkon beradi, ikkinchidan uch 
о‘lchovli animatsiya yaratish imkonini beradi. Shuning uchun uch о‘lchovli grafika 
muharrirlarini kо‘pincha 3D-animatorlar ham deb ataladi. 

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish