I bob. KOMPYUTER TA’MINOTI VA UNING TURLARI
Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning
arxitekturasi va ishlash prinsiplari, shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning
turlari, kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari,
kanalli va shinali sistemotexnika, mikroprosessor va kompyuter xotirasi, uzishlar
tizimi haqidagi bilimlar va tushunchalar bilan tanishtiriladi.
1-§. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi
Jamiyatga kompyuter texnikasi jadallik bilan kirib keldi va kelmoqda.
Kompyuter texnikasi ish yuritish, yangi hujjatlar va har xil axborotlarni tez va sifatli
tayyorlash va tahlil qilish, almashish, murakkab hisob kitoblarni bajarish, ishlab
chiqarish jarayonini ba`zi bir qismlarini avtomatlashtirishni osonlashtiradi. Yaqin
kelajakda kompyutersiz hayotni tasavvur qilib bo`lmaydi. Shuning uchun
kompyuter bo`yicha bilimlar juda kerak bo`ladi.
1930-yilda amerikalik olim Vannevar Bush tomonidan kompyuterning katta
elektromexanik analogi - differensial analizatori yaratilgan unda ma`lumotlarni
saqlash uchun elektron lampalar qo`llanilgan. 1941- yilda nemis injeneri Z3 nomli
birinchi bo`lib dasturlarda ishlovchi hisoblash mashinani yaratdi. 1943- yilda Buyuk
Britaniya maxfiy laboratoriyalarida Alan Tyuring boshchiligida elektron lampalarda
ishlovchi Koloss nomli birinchi EHM yaratildi. 1944- yilda AQSHning harbiylari
uchun amerikalik injener Govard Eyken elektromexanik rele asosida og`irligi 35
tonnali EHM yaratdi. Bu mashina "MARK-1" deb nomlangan edi. Lekin uning
tezligi zamon talablariga javob bermas edi. 1946- yilda amerikalik olimlar Djon
Mochli va Prespera Ekerta birinchi universal to`liq elektron hisoblash mashinani
yaratdilar. Ushbu mashina elektron lampalar asosida ishlaydigan "ENIAC" nomini
olgan. 1947-yilda BELL laboratoriya xodimlari V.Shokli, J.Bardini va V.Berteyn
tomonidan birinchi tranzistor kashf etildi. 1948-yildan esa elektron lampalar o`rniga
kashf etilgan tranzistorlar qo`llana boshlandi. 1949-yilda Djey Forrester tomonidan
magnitli xotira uskunalari yaratildi va shu yilda Kembridj universitetida birinchi
xotiraga ega EHM - "EDSAC" nomli EHM yaratildi. 1959 -yilda Robert Noys
(INTEL firmasini yaratgan shaxs) bitta plastinada bir nechta tranzistorlarni
7
joylashtirib integral sxemalarni yaratgan. 1968- yilda Burroughs firma tomonidan
integral sxemalarda ishlaydigan birinchi kompyuterni ishlab chiqardi. Amerikalik
injiner Duglas Endjelbart hozirgi sichqoncha qurilma vazifasini bajaruvchi uskunani
1968- yilda yaratdi. 1970-yildan boshlab INTEL firmasi xotiraning integral
sxemalarini chiqara boshladi. Marshian Edvard Xoff mikroprotsessorni kashf etgan
(bitta kremniy chipda bir nechta integral sxemalarni joylashtirdi). 1973-yildan EHM
yangi variantlari, shaxsiy kompyuterlar yaratila boshlandi. Shu yilda Fransiyadagi
TRUONG TRONG TI firmasi tomonidan birinchi shaxsiy kompyuter (SHK)
yaratildi. 1973-yilda dunyoga taniqli XEROX firmasi tomonidan Alto nomli SHK
yaratilgan. Ushbu kompyuterda birinchi bo`lib fayllar va dasturlarni oynalar
ko`rinishda ochish tamoyili qo`llanilgan. 1977-yilda Apple Computer firmasi
tomonidan Apple-II nomli SHKlar ommaviy ravishda chiqarila boshlagan. 1980-
yilda Osborne Computer firmasi birinchi portativ kompyuterlarni chiqara boshladi.
Ushbu kompyuter og`irligi 11 kg, juda kichkina hajmga ega bo`lgan va narxi 1795
dollar bo`lgan. 1981-yildan boshlab IBM (International Business Machines) firmasi
tomonidan SHKlar seriyalab chiqara boshlandi va butun dunyoga sotila boshlandi.
Shundan beri kompyuter xayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta
ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi va butun dunyoga taniqli bo`ldi.
Shuning uchun SHKlar standarti shu kompyuter nomi bilan nomlanadi - IBM PC
(Personal computer).
Ushbu hisoblash texnikasining avlodlar almashishi elementlar bazasining
yangilanishidangina iborat bo`lmasdan, balki har bir yangi avlod bilan EHMdan
amaliy foydalanishda masalalarni yangicha yechish usullari va dasturli taminotning
yangi tashkil qiluvchilari ham vujudga keldi. O`zining taraqqiyot darajasi,
elementlar bazasi, xotirasi va tezligiga qarab EHMlar asosan besh avlodga bo`linadi.
Birinchi avlod -1946-1955-yillarni o`z ichiga oladi. EHMlarida elektron
sxemalarning barcha elementlari alohida qismlar ko`rinishida tayyorlangan.
Ularning ichida eng muhimlari hozirgi paytda eski radio va televizorlarda uchratish
mumkin bo`lgan vakumli elektron lampalardir. Bunday lampalarning bir nechtasi
metall panel shassi ustiga o`rnatilgan, o`z navbatida shassi esa EHM korpusi ichiga
8
joylashtirilgan. Shu shassining o`ziga sxemaning boshqa elementlari ham
mustahkamlab qo`yilgan. EHMning o`zi esa elektron lampali shassilar bilan
to`ldirilib tashlangan ko`p sondagi metall shkaflardan iborat. Birinchi avlod
mashinalari katta zallarni egallagan. Ular yuzlab tonna og`irlikka, kVt elektr
energiyasi hisobiga ishlagan. Ularning tezligi sekundiga 10-20 ming arifmetik
amalgacha bo`lgan. Bularga ENIAC, EDSAC, MARK-1, MESM, BESM, Strela,
Ural, Minsk-1 kabi EHMlar kiradi. 1953-yilda yaratilgan BESM-1 kompyuterida
4000 dona lampa, 3x5 metr hajmdagi maydonda joylashgan, tezligi sekundiga 7000
-8000 amal bo`lib, xotirasi 4096 bayt ma`lumotni qabul qilgan.
Ikkinchi avlod -1955-1965-yillar o`rtalarini o`z ichiga oladi. EHMlari
tranzistorlarning ixtiro qilinishi tufayli paydo bo`ldi. Tranzistorlar o`lchamlarining
radiolampalarga nisbatan ancha kichikligi EHM bloklarini bosma platalar deb
ataluvchi ko`rinishda tayyorlash imkonini beradi. Bunday plata bir tomondan
tranzistorlar va boshqa elementlar joylashtirilib, kleylangan ikkinchi tomondan
sirtida sxema elementlarini bog`lovchi yupqa ko`rinishdagi metall o`tkazgichlar
joylashgan plastmassa plastinkadan iborat bo`lgan. Tranzistor va platalardan
foydalanish radiolampalarga nisbatan kamroq joy egallab, kamroq energiya sarflar
va ishonchliroq ishlar edi. Bu hol EHMni ixchamroq, arzonroq va tejamliroq
qilishga imkon beradi. Ularning tezligi sekundiga 10 mingdan 100ming arifmetik
amal, bunday EHMlarga hozir ishlab chiqarilmayotgan, lekin foydalanib
kelinayotgan SA-501 modeli (AQSH,1959), Stretch (Angliya), "Minsk-2", BESM-
6, POP-8, POP-11, SM-3, SM-4, SM-1420, Ural-1, Ural-16 kabilar kiradi.
Uchinchi avlod -1960-yillarning o`rtasi va 1970- yillarni o`z ichiga oladi.
EHMlarining asosini integral sxemalar tashkil qiladi. Bunday sxemalar birinchi
marta AQSHdagi Kaliforniya shtatidagi Santa-Klara shahrida yaratilgan. Fizika va
kimyo sohasidagi tadqiqotlar sxemalarni kremniyning sof kristalidan yasalgan
plastinkaning kichik qismida, bu qismga turli moddalarning kerakli aralashmasining
yupqa qatlamini surtib qo`ygan holda tuzish mumkinligini ko`rsatdi. Elementlarni
birdagina plastinkaning ko`pgina qismlarida ham tashkil qilish mumkin. Kremniy
kristallari ustiga surtilgan ko`p qatlamli moddalar ko`rinishidagi bunday sxema
9
integral sxema nomini olgan. Bitta kristallda joylashgan dastlabki integral
sxemelarda yuzga yaqin elementlar joylashgan edi. Integral sxemalarning ixtiro
qilinishi EHMning elementlar bazasining keyingi rivoji uchun keng istiqbollar ochib
berdi, bu imkoniyatlardan hozircha to`la foydalanib bo`lingani yo`q. Elektron
sxemalarning ishonchlilik darajasi, ular baholarining arzonlashishi, o`lchamlarning
ixchamligi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga keng imkoniyat yaratdi. Bu avlod
EHMlaridagi bir kristallda mingdan ortiq elementlarni saqlovchi integral sxemalar
qo`llanilgan. Ularning tezligi 100 mingdan 1 mln. arifmetik amalgacha bo`lib,
bunday EHMlarga "IBM-360" (AQSH,1965) va YeS (Ediniya sistema) oilasiga
mansub bo`lgan YeS-1022, YeS-1035, YeS-1055, YeS-1060 kabilar kiradi.
To`rtinchi avlod -1970 – 1980- yillarni o`z ichiga oladi. EHMlarida bir
kremniy kristallida o`n minglab o`tkazgich elementlar bo`lgan katta integral
sxemalar (BIS- Bolshaya integralnaya sxema) qo`llaniladi. Bir kremniy kristalida
butunlay joylashadigan EHM protsessorining yaratilishi XX asrning ajoyib yutug`i
bo`ldi. Bunday bir kristalli protsessorlar mikroprotsessorlar degan nomni oldi.
Natijada bitta platada EHMning hamma qurilmalarning elektron sxemalarini
joylashtirish mumkin bo`lib, o`ttiz yil ilgari katta zalni egallagan EHMning o`zi esa
hajmi va narxi bo`yicha foydalanuvchining ish joyida yakka tartibda qo`llashga
imkon yaratib berdi. Natijada shaxsiy EHMlar, cho`ntak va stol mikrokalkulyatori
paydo bo`ldi. Hozirgi paytda ishlash tezligi, xotira sig`imi va boshqa xususiyatlari
bo`yicha eng yuqori bo`lgan "Super EHM" mashinalari tayyorlash imkoniyati paydo
bo`ldi. Bunday EHMlar eng zamonaviy elementlar bazasida tayyorlanib, juda
qimmatbaho, lekin bu mashinalar fan va texnikaning turli sohalarida tengi yo`qdir.
Ularning tezligi sekundiga 100 mingdan bir necha million arifmetik amalgacha
bo`lib, bunday EHMlar jumlasiga hozirgi paytda ishlab chiqarishda keng
qo`llanilayotgan Agat, Praves, IBM, DX2-66, Yamaxa, Korvet, Power Macintosh,
Pentium rusumli SHKlar kiradi.
Beshinchi avlod kompyuterlari optik elementlar asosida yaratilishi
rejalashtirilayotgan bo`lib, ular kelajak mahsuli hisoblanadi. Bunda elektr toki lazer
nurlari bilan almashtiriladi. Natijada kompyuterning tuzilishi ham tubdan o`zgaradi.
10
Uning asosiy xususiyatlaridan biri faqat sonli hisoblashlarni emas, balki axborotni
kiritishda analiz qilish usuli bilan fikrlaydigan axborotlarni ham bajarish
imkoniyatiga ega, yani kompyuter bilan muloqot tabiiy maxsus bilimga ham ega
bo`lmog`i kerak. Xulosa qilib aytganda, beshinchi avlod kompyuterlarning ishlash
tamoyili inson tafakko`rining faoliyatiga iloji boricha yaqinlashuvchanligi lozim.
Demak, ushbu avlod kompyuterlarning operativ xotirasi sun`iy intellektda
tasvirlanishi kerak. Bundan ko`rinadiki, beshinchi avlod EHMlarini faqatgina bizga
ma`lum bo`lgan hisoblash jarayonlari uchun emas, balki inson faoliyatining turli
sohalarida keng ko`lamda qo`llash mumkin bo`ladi. Bu sohadagi ishlar
robototexnika sohasida sun’iy intelektga asoslangan kompyuterlardir
Do'stlaringiz bilan baham: |