Fayllar dispetcherlari
(fayl menejerlari).
Ushbu sinfga mansub dasturlar
yordamida fayllar tuzilmasiga xizmat kо‘rsatish bilan bog‘liq bо‘lgan amallar: nusxa
kо‘chirish, fayllarning joyini kо‘chirish, qayta nomlash, kataloglar tuzish, fayllar va
kataloglarni chiqarib tashlash, fayllarni izlash, fayllar tuzilmasida turli amallarni
bajarish va hokazolar bajariladi. Bu maqsadga mо‘ljallangan bazaviy dasturiy
vositalar, odatda, tizimli darajadagi dasturlar tarkibiga kiradi va amallar tizimi bilan
birga о‘rnatiladi. Ammo kompyuter bilan ishlash qulayligini oshirish uchun
foydalanuvchilarning kо‘pchiligi qо‘shimcha xizmat dasturlarini о‘rnatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |