Matn muharrirlari.
Amaliy dasturlarning bu toifasining asosiy vazifasi
matnga ma’lumotlarni kiritish va tahrir qilishdan iboratdir. Ushbu dasturlarning
qо‘shimcha vazifalari kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirishdan iboratdir.
Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli
dasturiy ta’minotni ishga tushiradi (chaqiradilar) va undan foydalanadi, lekin bu
amaliy dasturlarning hammasi uchun xos va bundan keyin ham bu faktni maxsus
ravishda kо‘rsatib о‘tirmaymiz.
Odatda, dasturiy ta’minot bilan tanishishni amaliy dasturlarning ish toifasidan
boshlanadi va kompyuter tizimi bilan о‘zaro aloqaning birinchi amaliy
kо‘nikmalarini hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |