2-darajali
qo`shimcha kesh-
xotira ishlatilishi mumkin, u MP dan tashqarida bosh platada joylashtiriladi va
sig’imi bir necha megabaytlargacha etishi mumkin.
Tezkor xotira dinamik (Dynamic Random Access Memory — DRAM) yoki
statik (Static Random Access Memory — SRAM) tipidagi mikrosxemalarda
qurilishi mumkin. Xotiraning statik tipi sezilarli darajada yuqoriroq tezkorlikka ega,
lekin dinamik tipga qaraganda ancha qimmatroqdir. SRAM registrli xotiraning
(MPX va kesh-xotira) asosi hisoblanadi, asosiy xotirada TeSKJK, ning asosini
odatda DRAM-mikrosxemalar tashkil etadi.
MPX mashinaning yuqori tezkorliligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki
asosiy xotira (AX) tez harakat qiladigan mikroprotsessorni samarali ishlashi uchun
kerak bo`lgan ma’lumotlarni qidirish, o`qish va yozish tezligini har doim ham
ta’minlay olmaydi.
Mikroprotsessorli xotira razryadliligi mashina so`zidan kam bo`lmagan tez
harakat qiladigan
registrlardan t
ashkil topgan. Registrlarni soni va razryadliligi turli
mikroprotsessorlarda turlicha: 8086 MP da 14 ta ikki baytli registrlardan to Pentium
MP dagi turli uzunlikdagi bir nechta o`nlab registrlargachadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |