115
Umumiy vazifali registrlar
universal hisoblanadi va istalgan ma’lumotlarni
saqlash
uchun ishlatilishi mumkin, lekin ularning ba’zilari bir qator jarayonlarni
bajarishda albatga ishlatilgan bo`lishlari shart.
Registrlar
turli uzunlikdagi tez harakat qiluvchi xotira yacheykalaridir:
Registr 1 (Rg 1) ikkilangan so`z razryadliligiga, Registr 2 (Rg 2) esa so`z
razryadliligiga egadir.
Amallarni bajarishda Rg1 ga amalda
qatnashuvchi birinchi son, amal
tugagandan keyin esa natija joylashtiriladi; Rg2 ga — amalda qatnashuvchi ikkinchi
son joylashtiriladi (amal tugagandan keyin undagi ma’lumot o`zgarmaydi). Registr
1 ma’lumotlarni kodli shinalaridan qabul qilishi va unga ma’lumotlarni berishi
mumkin; registr 2 bu shinalarddn ma’lumotlarni faqat olishi mumkin.
Registrli
kesh-xotira — nisbatan katta sig’imli yuqori tezlikli xotira bo`lib, u
AX va MP o`rtasida buferdir va amallar bajarish tezligini oshirish imkonini beradi.
Uni berish generatorining taktli chastotasi 40 MGc va undan yuqori bo`lgan SHK
larda yaratish maqsadga muvofiqdir. Kesh-xotira registrlariga foydalanuvchi
murojaat
ega olmaydi, shuning uchun ham uni kesh (Cache) deb nomlangan, bu
ingliz tilidan tarjima qilganda «maxfiy joy» ma’nosini bildiradi.
Kesh-xotirada MP olgan yoki o`z ishining yaqin taktlarida oladigan qiymatlar
saqlanadi, bu qiymatlarga tezda murojaat qilish dasturning navbatdagi buyruqlarini
bajarish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Dasturning bajarilish vaqtida AX dan
birmuncha ilgari o`qilgan qiymatlar kesh-xotiraga yoziladi.
Natijalarni yozish prinsipi bo`yicha kesh-xotiraning ikki tipi bor:
•
«teskari yoziladigan» kesh-xotirada
amallarning natijalari u AX ga yozilishidan
oldin kesh-xotirada qayd qilinadi, keyin esa kesh-xotira nazoratchisi bu qiymatlarni
mustaqil ravishda AX ga qaytadan ko`chirib yozadi;
• «to`g’ridan to`g’ri yoziladigan» kesh-xotirada amallarning natijalari bir vaqtning
o`zida parallel ravishda
ham kesh-xotiraga, ham AX ga yoziladi.
80486 MP laridan boshlab mikroprotsessorlar o`zining
sozlangan xotirasiga
( yoki 1-darajali kesh-xotiraga)
ega, shu bilan, xususan, ularning yuqori unumdorligi
kelib chiqadi. Pentium va Pentium Pro mikroprotsessorlari qiymatlar uchun alohida
116
va buyruqlar uchun alohida kesh-xotiraga ega: Pentium da bu xotira sig’imi
katta emas — 8 Kbaytdan, Pentium MMX da — 16 Kbaytdan, Pentium Pro da 1-
darajali kesh-xotiradan tashqari, mikroprotsessor platasiga sozlangan va
mikroprotsessorning taktli
chastotasida ishlaydigan, sig’imi 256 yoki 512 Kbayt
bo`lgan 2-darajali kesh-xotira ham mavjuddir.
Shuni inobatga olish kerakki, hamma MP larda
Do'stlaringiz bilan baham: