O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


Shaxs og’ishgan hulqining psixologik interventsiyasi



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/284
Sana04.02.2022
Hajmi4,54 Mb.
#429680
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   284
Bog'liq
fayl 2074 20211106

3. Shaxs og’ishgan hulqining psixologik interventsiyasi. 
Shaxs og`ishgan 
xulqining interventsiyasi ijtimoiy-psixologik ta'sirning yana bir yo`nalishi 
hisoblanadi. Psixologik interventsiya – bu ijobiy o`zgarishlarni rag’batlantirish 
uchun shaxsiy borliqqa psixologik aralashuv. Shaxs deviant axloqi interventsiyasi 
bo`shashish yoki uning axloqidagi ijtimoiy moslashuvga to`sqinlik qiluvchi 
shakllarni bartaraf etishdan iborat.
Psixologik interventsiyaning farqli xususiyatlari umuman olganda shaxsning 
o`zi tomonidan o`zgarishga bo`lgan istak, uning psixolog bilan hamkorlik qilishga 
tayyorligi hisoblanadi. Voyaga yetmaganlarning og`ishgan xulqi holatida tashabbus 
va rozilik bola manfaatlarining qonuniy vakillaridan chiqishi darkor.
Shaxs og`ishgan xulqi bilan ishlashda asosiy qiyinchilik, qoidadagiday,
ijtimoiy-psixologik yordamning birinchi bosqichida odam o`z axloqining aniq 


228 
ko`rinib turgan salbiy oqibatlariga qaramay o`zgarishlarga qarshilik ko`rsatishidan 
iborat. Bunday holatlarda aralashuv uchun asos deviatsiya yetkazgan zarar darajasi 
yoki shaxsning ijtimoiy moslashmaganligi darajasi bo`lishi mumkin. Masalan, 
giyohvand moddalarga tobe insonning yordam uchun murojaatiga sabab ko`pincha 
yoxud sog’ligi blilan jiddiy muammo, yoxud uning “ijtimoiy jarlik” vaziyatiga 
erishishi bo`lishi mumkin. Giyohvand moddalarni iste'mol qiluvchilar bilan birga 
yuradigan kasalliklar yaxshi ma'lum – gepatit, OIV-infeksiya, psixik buzilishlar. 
Ijtimoiy degradatsiya, o`z navbatida, kriminalizatsiyada, mehnatga layoqatning 
yo`qolishida, yakkalanishda, turar-joy va oilani yo`qotishda ifodalanadi.
Shunday qilib, deviant axloqda psixologik aralashuvning yetakchi vazifalari 
quyidagi tarzda ifodalash mumkin:

ijtimoiy moslashuv yoki sog’ayishga motivatsiyaning shakllanishi;

shaxsiy o`zgarishlarni rag’batlantirish; 

og`ishgan xulq aniq shaklining korrektsiyasi;

shaxsiy o`zgarishlar yoki sog’ayish uchun yoqimli ijtimoiy-psixologik 
sharoitlarni yaratish.
Ishning samaradorligi istalmagan axloq (masalan, giyohvand moddalarni 
iste'mol qilish holati) ni kamaytirishning ob'ektiv belgilari bo`yicha bo`lganiday, 
sub'ektiv o`zgarishlar (masalan, sog’lom turmush tarzini kechirishga istakning 
kuchayishi) bo`yicha ham baholanadi. Ijobiy o`zgarishlarning bir muncha muhim 
mezonlaridan biri shaxsning ijtimoiy moslashganlik darajasini ko`tarish bo`lib 
chiqadi.
Og`ishgan xulqning psixologik interventsiyasi holatida psixologik ta'sirning 
ko`pincha psixoprofilaktik ishdagi barcha ma'lum usullaridan foydalaniladi. 
Psixologik interventsiyaning yetakchi usullari psixoterapiya, psixologik maslahat 
berish, psixologik trening, organizatsiya terapevtik yoki sanogenli muhitlar 
hisoblanadi. 
Shaxs bilan psixologik ish olib borishning bir muncha ommaviy shakli 
psixoterapiya bilan uyg’unlikda maslahat berish hisoblanadi. Deviant axloq holatida 
yordamning ajratilgan ikki shakli o`rtasidagi chegaralarni farqlash amaliy jihatdan 


229 
juda qiyin. “Maslahat berish” atamasi sog’lom odamlar bilan ishlash uchun 
anchagina maqbul. Axloqiy deviatsiyaning murakkab xarakteri, uning og’riqli 
buzilishga o`tishga moyilligini inobatga olib, kelgusida psixoterapiya yoki maslahat 
berish haqida gapirganda biz aynan ularning munosib birkmasini nazarda tutamiz. 
Shaxsning yagona nazariyasi yo`qligida maslahat berish (psixoterapiya) ning 
turlicha kontseptsiya va shakllari mavjud. Uchta yetakchi yo`nalish bir muncha 
rivojlanish va tan olinishni oldi olinadi: psixoanalitik, kognitiv-axloqiy, gumanistik. 
Bu tarixiy modellar hayotga yuzlab modifikatsiyani berdi, buning oqibatida turlicha 
tasniflar paydo bo`ldi. Interventsiya maqsadiga bog’liq holatda psixoterapiyaning 
uch turi ajratiladi: 
– qo`llab-quvvatlovchi psixoterapiya – mavjud himoya kuchi va ancha yangi 
samarali axloq usullarini ishlab chiqishni qo`llab-quvvatlashni ta'minlash;
– qayta o`rganuvchi psixoterapiya – axloqni o`zgartirishga intilish; 
– shaxsiy-rekonstruktiv – intrapsixik janjallarni anglash orqali ichki shaxsiy 
o`zgarishlarga yo`naltirilgan.
Klinik amaliyotda psixoterapiya usullarini simptom-markazlashgan, shaxsiy-
markazlashgan va ijtimoiy markazlashganga bo`lish qabul qilingan. Psixoterapiya 
turlicha shakllarda amalga oshirilishi mumkin, masalan: guruhli, oilaviy yoki 
individual, uzoq muddatli yoki qisqa muddatli, muammolarni yechish yoki shaxsiy 
o`zgarishlarga mo`ljallangan direktiv yoki nodirektiv. Amaliyotda ko`pincha 
kombinatsiyalangan 
usullardan 
foydalaniladi. 
Bundan 
tashqari, 
asosiy 
psixoterapevtik usullarning ko`plab modifikatsiyasi mavjud.
B. D. Karvasarskiy tahriri ostidagi “Psixoterapevtik entsiklopediya”da
yuzga yaqin psixoterapevtik usullar yoritilgan, ularning real miqdori esa yanada 
ko`proq. Ko`pgina mualliflar ayni vaqtda mutaxassis shaxsining ahamiyatiga 
diqqatni tortgan holatda psixoterapiyaning taxminan teng ta'sir qiluvchi xilma-xil 
turlarini ta'kidlaydi.

Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish