O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Azlarova yengil sanoat texnologiyasi


 Texnologik jarayonlarga ta’sir qiluvchi asosiy omillar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/190
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#231099
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190
Bog'liq
585-Текст статьи-1350-1-10-20191228

14.3. Texnologik jarayonlarga ta’sir qiluvchi asosiy omillar 
Asosiy parametrlarga quyidagilar kiradi: 
1. Suyuqlik koeffitsiyenti. 
2. Harorat. 
3. Reagentlar konsentratsiyasi. 
4. Jarayonning davomiyligi. 
5. Ishlov beradigan suyuqlikning yoshi. 
Suyuqlik  koeffitsiyenti  (S.K.)  1  kg  Xomashyoga  necha  litr  suyuqlik  to‗g‗ri 
kelishi bilan ifodalanadi. 
Charm  ishlab chiqarishda S.K.  asosan  toza  so‗yilgan  mol  terisining og‗irligiga 
nisbatan olinsa, mo‗ynada esa quritilgan terilarning og‗irligiga nisbatan olinadi. 
Suyuqlik bilan ishlov berishda reaktorlar va apparatlar hajmi asosiy rolo‗ynaydi. 
Apparatning  foydali  hajmini  umumiy  hajmga  nisbatiga,  to‗ldirish  koeffitsiyenti 
deyiladi.  


189 
 
L  -  to‗ldirish  koeffitsiyenti.  Bu  to‗ldirish  koeffitsiyenti  0,3-0,9  gacha  bo‗lishi 
mumkin.
69
 
умум
фой
V
V
L

 
Ivitish-kullash  tsexi  uchun  ishlab  chiqarish  partiyasining  massasi,  apparatning 
sig‗imi,  uning  to‗ldirish  samaradorligiga  qarab  suyuqlik  koeffitsiyentini  hisobga 
olgan holda quyidagi formula orqali aniqlanadi. 
1
.
.



К
С
L
V
Р
умум
 (kg.) 
Oshlash  va  bo‗yash-moylash  tsexlari  uchun  ishlab  chiqarish  partiyasining 
massasi  jihozlarning  sig‗imini  hisobga  olib,  partiyalar  butunlab  olinadi  yoki  ular 
qayta g‗aramlanadi.  
Poyabzalning  ostki  va  ustki  qismi  uchun  charm  ishlab  chiqarishda  ivitish-
kullash  tsexi  uchun  ishlab  chiqarish  partiyasi  toza  so‗yilgan  teri  massasiga  qarab, 
oshlash  tsexi  uchun  teri  to‗qimasining  massasiga  qarab  terilar  g‗aramlanadi. 
Pardozlash  tsexi  uchun  tag  charmlar  siqilgan  charm  massasiga,  xrom  charmlari 
qirtishlangan charm massasiga qarab g‗aramlanadi. 
1. Partiyalab suyuqlikda ishlov berishda suyuqlik koeffitsiyentini to‗g‗ri tanlash 
muhim  ahamiyatga  ega.  Suyuqlik  koeffitsiyenti  qancha  katta  bo‗lsa,  jarayon  bir 
maromda  boradi  va  sifat  shuncha  yaxshi  bo‗ladi.  Lekin  bunda,  iqtisodiy 
samaradorlikka  erishilmaydi.  Chunki  suyuqlik  qancha  ko‗p  bo‗lsa,  kimyoviy 
reagentlar  sarfi  ham  shuncha  ko‗p  bo‗ladi.  Shunga  asosan  suyuqlik  koeffitsiyentini 
to‗g‗ri  tanlash  muhim  hisoblanadi.  Iqtisod  jihatdan  suyuqlik  koeffitsiyentini  kam 
bo‗lishi yaxshi.  
Charm  ishlab  chiqarishda  S.K.  ni  kam  olish  mumkin,  lekin  mo‗yna  ishlab 
chiqarishda  bunga  yul  qo‗yib  bo‗lmaydi.  Sababi,  mo‗yna  junlari  bir-biri  bilan 
ishqalanib  kigizsimon  holatga  kelib  qolishi  mumkin.  Shuning  uchun  mo‗yna  ishlab 
chiqarishda suyuqlik koefffitsiyentini kattaroq olishga to‗g‗ri keladi. Bundan tashqari 
suyuqlik  koeffitsiyenti  ishlov  beradigan  apparatlarga  bog‗liq.  Apparatlarda  xom 
                                                 
69
 A.A.Xayitov, M.I.Temirova, M.SH.Toirov. Charm ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari. –T.: Turon- iqbol,  
2006, 87-b. 


190 
 
ashyoga  bir  maromda  ishlov  berish  uchun,  ya‘ni  aylantirishni  osonlashtirish  uchun 
suyuqlik  koeffitsiyenti  katta  olinadi.  Barabanlarga  nisbatan  barkaslarga  ishlov 
berishni  olib  borishda  S.K.  katta  olinadi.  Professor  Kotov  tomonidan  shu  narsa 
aniqlanganki,  agar  apparat  va  jihozlarda  V
xom  ashyo
+V
cuyuk
>0,5V
appar  hajm
  katta  bo‗lsa, 
aralashtirish osonroq bo‗ladi va yarimmahsulot sifati yaxshiroq bo‗ladi. 
2.  Agar  harorat  yuqori  bo‗lsa,  jarayon  tezroq  boradi,  oqsillar  tezroq 
parchalanadi,  teri  to‗qimalari  po‗kak  holatga  aylanadi.  Haddan  tashqari  harorat 
oshirilganda,  tayyor  mahsulot  sifatiga  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Bunda  egiluvchanlik 
pasayadi. 
3.  Reagentlar  konsentratsiyasi  yuqori  bo‗lsa,  jarayon  tezroq  boradi. 
Diffuziyalanish tez boradi, lekin haddan tashqari konsentratsiyani oshirish reagentlar 
zarralarini kattalashtiradi va diffuziya sekinlashadi. Reagentlar ko‗proq teri yuzasiga 
qolib  ketadi,  natijada  terini  yuvganda  teri  yuzasi  qisqarib,  uning  yuzida  burmalar 
hosil bo‗ladi. Keyingi ishlov berishda teri yuzasida yorug‗lar paydo bo‗lishi mumkin. 
Shuning uchun ishlov berish reagentlari konsentratsiyasini katta olish yaramaydi. 
4.  Jarayon  davomiyligi  mexanik  ta‘sir  va  reagentlar  konsentratsiyasiga  bog‗liq 
bo‗ladi. Bundan tashqari ishlov berish haroratiga ham bog‗liq bo‗ladi. Konsentratsiya 
va harorat yuqori bo‗lsa, jarayon tez boradi va ishlov berish muddati qisqaradi.  
5.  Ishlov  beradigan  suyuqlikni  yoshi  deganda  jarayon  uchun  ishlatilgan 
suyuqlikning necha marta takror ishlatilganini tushunamiz. Charm ishlab chiqarishda 
ivitish-kullash  jarayonlari  suyuqligini  5-10  martagacha  ishlatish,  oshlash  jarayonlari 
suyuqligini  5  martagacha  ishlatish  mumkin.  Ishlatilgan  suyuqlik  qancha  ko‗p 
ishlatilsa, suv sarfi shuncha kamayadi. Lekin suyuqlik tarkibida qo‗shimcha moddalar 
ko‗payib borishi kimyoviy reagentlarni diffuziyasini pasaytiradi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish