O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Azlarova yengil sanoat texnologiyasi



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/190
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#231099
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   190
Bog'liq
585-Текст статьи-1350-1-10-20191228

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


179 
 
14-bob. CHARM VA MO’YNA KORXONALARIDA QO’LLANILADIGAN 
TEXNOLOGIYA, MASHINA VA APPARATLAR. TEXNOLOGIK 
JARAYONDAGI ASOSIY OMILLAR 
14.1.  Charm va mo‘yna korxonalari tarixi haqida umumiy ma’lumot 
Charm  ishlab  chiqarish  bu  insoniyat  tomonidan  o‗zlashtirilgan  ishlab 
chiqarishlardan birinchilari qatoriga kiritish mumkin. Inson uchun eng zarur bo‗lgan 
―Kiyim  va  poyabzal‖  tayyorlashda  ovchilik  jarayonida  otib  olingan  hayvonlarning 
terilari birinchi natural materiallar hisoblangan. Terilarni kuyosh nurlari ostida tabiiy 
quritish  yoki  shimoliy  kenglikdagi  sharoitlarda  yaxlatib  kuyish  insonga 
konservalashnio‗rgatdi,  tabiiy  ko‗zatuvchanligi  esa  tuzlangan  terilarni  uzoq 
muddatlarga  yumshoqlik  va  egiluvchanlik  xossalarini,  egilish  va  taranglik, 
chidamlikka  bardosh  bera  olishini  aniqladi.  Ibtidoiy  davrda,  odam  olovda  tutun 
ta‘sirida  quritilgan  terilar  (tutunga  to‗yg‗azish  bu  –  ―oshlash‖)  uzoq  muddatga 
saqlangan va chirimagan, ya‘ni terilarga surilgan yog‗li kullar ularni yumshoq va suv 
o‗tkazmaydigan bo‗lishiga olib kelgan. 
Terilarni achitqilar bilan oshlash kadimgi Yegipetlar davrida ma‘lum bo‗lib, ular 
kullardan olinadigan osh tuzlari va achitqilari va konservalash qobiliyatini bilganlar. 
Mumiyo  yordamida  bal‘zamlasho‗sha  davrni    o‗ziga  xos  zamonaviy 
mineralo‗simliklarda ―oshlash‖ hisoblangan. Chunkio‗lgan odam tanasiga osh tuzi va 
achitqi  aralashmasida  ishlov  berilgandan  sung,  oshqozon  usti  yuzaligi  o‗z  tarkibida 
oshlash  moddalariga  ega  bo‗lgan  har  xilo‗simlik  (evkalipt,  turvad  va  b.)  lar  bilan 
to‗ydirilgan.  
Charm bo‗yash ham  o‗zining ming yillik davriga egadir, bu – qizil, sariq, qora, 
jigarrang  bilan  bo‗yalgan  va  ichki  qismlari  mumiyolangan  echki  terilaridan 
eramizdan  avvalgi  IX  asrda  tayyorlangan  poyabzal  topilmalari  guvohdir.  Shu 
davrlarda  charm  ishlab  chiqarishda  oddiy  asboblar,  moslamalar  qo‗llanib  kelinib, 
hech qanday  mashina va jihozlarsiz o‗z taraqqiyotini boshdan kechirib keldi.  Teriga 
maxsus  ishlov  berish  mashinalari  keng  qo‗llanilishi  1730-1800  yillar  mobaynida 
boshlandi.  Terini  q  o‗zgalmas  pichoqli  ajratish  mashinasi  (teri-elka  qismini  ikki 


180 
 
bo‗lakka  ajratish)  1768-  yilda  Angliyada  birinchi  bor  ro‗yxatdan  o‗tgan  va  patent 
berilgan. 
XIX  asr  oxirlariga  kelib,  bir  qancha  maxsus  yangi  mashinalar  yaratildi:  terini 
xromli oshlash uchun rezinali, taranglash  mashinasi (Fransiya, 1875 y.), shu turdagi 
terilarnio‗lchash mashinasi (1977 y.), bir stolli taranglash-ajratish mashinasi (AQSh, 
1882-  y.),  kalandrli–silliqlash  va  o‗tkazish  mashinasi  (AQSh,  1897  y.)  XX  asr 
boshlarida  yumshoq  ostli  ―jun  haydovchi‖  va  tozalash  (1904  y.)  mashinalari, 
―Triumf‖  firmalarida  ishlab  chiqarilgan  oshlash  barabanlari  (Germaniya,  1911  y.), 
terini  mezdradan  tozalash  uchun  ―mezdra‖  mashinalari  (1912  y.),  keng  o‗tkazuvchi 
ishchi joyi pichoqli vali taranglash mashinasi (Fransiya, 1920 y.). 
Charm  ishlab  chiqarish  mashinalarida  gidroprivodlar  1935  yildan  boshlab 
qo‗llanila  boshlandi  va  hamma  teri  to‗la  o‗tkazmaydigan  valikli  mashinalarga 
gidroprivodlar tadbiq etildi. 
Shunday qilib, XX asr boshlarida chet el mamlakatlarda yetarli darajada har xil 
jihozlar bilan jihozlangan charm ishlab chiqarish korxonalari paydo bo‗la boshladi. 
1960-1985  yillar  davrida  MDH  mamlakatlari  ilmiy  loyihalash,  ilmiy-tadqiqot 
tekshirish,  maxsus  konstruktorlik  byurolarida  quyidagi  charm-mo‗yna  ishlab 
chiqarish  mashinalari  loyihalandi  va  tadbiq  etildi:  MMT-320-K,  MMP-1800-K, 
MMG-2200-K – OrelNIIlegmashda; ShDP-1500K, PK-P, apparatlar PSA va AUSh-
K, Leningrad SKBKOMda va boshqalar. 
O‘zbekistonda hozirgi davrda ―Toshkent charm‖ birlashmasi, ―Qo‗qon charm‖, 
Samarqand  charm  ishlab  chiqarish  zavodi  yukori  unumli  texnologik  jihozlar  va 
avtomatik boshqaruvli texnologik tizimlardan tashkil topgan. 
Charm  ishlab  chiqarishda  takomillashgan  yangi  turdagi  mashina  va  jihozlarni 
yaratish,  yuqori  sifatli  ta‘mir  va  texnik  xizmat  ko‗rsatish,  texnologik  jihozlarni 
chuquro‗rganib borishda charm texnologiyasining maxsusligiga, to‗plangan tajriba va 
bilimlarga  bog‗lik  bo‗ladi.  Bularga  quyidagilar  kiradi:  Xomashyo  va  tayyor 
mahsulotni  har  xil  tarkibiyligi,  mexanik  jarayonlarni  nazorat  qilishda  aniq  usullarni 
qo‗llashni  tavsiyasi  pastligi,  Xomashyo,  yarim  fabrikatlarni  donabay,  partiyalab 
ishlov  berishni  ketma-ketligi,  ishchi  aralashmalarni  jihozlarini  ishchi  organlari  va 


181 
 
elementlarni  tez  yemirilishini  jihozlarini  ishlariga  ta‘siri  va  boshqa  xossalari. 
Xomashyo  va  tayyor  mahsulot  tarkibining  bir  xil  bo‗lmasligi  -  charm  zavodlarining 
Xomashyosi  uy  va  yovvoyi  hayvonlarning  terisi  hisoblanadi,  kamroqlariga  dengiz 
hayvonlari  va  ayrim  yirik  baliqlar  terilari  kiradi.  Tirik  organizmning  yukori  qatlami 
bo‗lgan  teri  uni  tashqi  atmosfera  va  boshqa  hodisalardan  (issiq,  sovuq,  shamol, 
namlik)  mexanik  shikastlanishlardan  bakteriyalar  tushishidan  va  boshqalardan 
saqlaydi. Bundan tashqari bir qator quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:  
- tana temperaturasini boshqarib borish va uni doimiyligin ta‘minlash; 
- havo almashuv jarayoniga qisman ta‘sir etishi, terni kichik teshikchalar orqali 
chiqarib yuborish. 
Terilar  tuzilishi  va  kimyoviy  tarkibi  yaqino‗xshashligidan  qat‘iy  nazar,  ular 
quyidagilari bilan ancha farqlanadi: 
-  ko‗rinishi,  hayvonning  jinsi,  yoshi,  boqilishi  va  muhit  sharoiti,  xo‗jalik 
yo‗nalishi (sut yoki go‗sht beruvchi mollar, dehqonchilik ishlarini bajaruvchi kuch  - 
mollari)  hamda  inson  faoliyati  (molni  boqish,  so‗yish  vaqti,  terini  tanadan  ajratib 
olish uslubi va uni konservalash) ga bog‗lik bo‗ladi.  
Shuni  aytish  kerakki,  hech  qachon  ikki  xil  teri  absolyut  bir  xil  bo‗la  olmaydi, 
ularni  har  xil  bo‗lishiga  ishonch  hosil  qilishda,  asosiy  hamma  ko‗rsatkichlarga: 
qalinligi,  massasi,o‗lchamlari  va  topografik  qismlari  tuzilishlarini  farqlari  bilan 
ifodalanishidir. 
Terilar  o‗zining zichligi, jun qoplama xususiyatlari bilan ham ajralib turadi, uni 
topografik qismlar deb aytiladi. 
Yirik  shoxli  mollar,  ot,  tuya  terilarining  derma  tuzilishi  turlicha  bo‗ladi. 
Sigirning yopqich qismidagi tolalar bog‗lami, mustahkam chekka qismlaridagi tolalar 
yumshoq, bog‗lami bo‗sh bo‗ladi. Teri osti yog‗ to‗qimalari derma ostida joylashgan 
bo‗lib,  asosan  kollagen  qisman  elastik  tolalardan  iborat  bo‗lib,  ular  orasidan  qon 
tomiri  o‗tadi. Demak, hayvon terilari murakkab tuzilishga va tarkibi bilan bir-biridan 
juda katta farq qiladi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish