O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Azlarova yengil sanoat texnologiyasi


 Ishlab chiqarish oqim turini tanlash va asosiy parametrlarini hisoblash



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/190
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#231099
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   190
Bog'liq
585-Текст статьи-1350-1-10-20191228

9.2. Ishlab chiqarish oqim turini tanlash va asosiy parametrlarini hisoblash 
Ishlab chiqarish oqimlari dastlabki ma‘lumotlarini tahlil   qilgan holda ularning 
tashkiliy  strukturasi  tanlanadi. Ishlab  chiqarish oqimlarni  tashkil qilishning  shakllari 
asosan to‗rtta belgisi bilan farqlanadi: 
- bir ma‘romda ishlash darajasi bo‗yicha; 
- tikuv buyumlarni ishlab chiqarish oqimiga tushirish bo‗yicha; 
- mahsulotni tashish usullari bo‗yicha; 
- tashkiliy operatsiyani vaqtini moslash  usuli bo‗yicha. 
Ishlab chiqarish oqim shakli unda ishlab chiqariladigan maxsulot turiga va  tikuv 
tsexini imkoniyatiga qarab tanlanadi. 
Ishlab chiqarishda oqimlar  ko‗pincha seksiyalardan iborat bo‗ladi. Ularda ishlab 
chiqiladigan maxsulot turiga qarab quyidagi oqimlarni qo‗llash tavsiya etiladi. 


124 
 
Pidjak, shim, erkaklar, ayollar va bolalar paltosini ishlab chiqarishda tayyorlash 
seksiyasida-guruhli  agregat  oqimlar,  bunda  kiyimning  har  bir  detali  yoki  ma‘lum 
detallarni tayyorlash alohida guruhlarga ajratiladi, ishlab chiqarish oqimiga detallarni 
tushirish  bog‗lamli  ketma-ket  yoki  siklli,  ish  joydan  keyingi  ish  joyiga  detallar 
aravachalar yoki mexanizatsiyalashtirilmagan vositalar yordamida uzatiladi. 
Yig‗ish seksiyasida - konveyerli yoki agregat oqimlar, konveyerlar bitta yoki bir 
nechta  chiziqli  bo‗lishi  mumkin,  ishlab  chiqarishga  mehnat  predmetlari  ketma-ket 
donalab tushiriladi. 
Pardozlash seksiyasida – konveyerli yoki agregat oqimlar qo‗llanilishi mumkin. 
Buyumlarni  ish  joydan  keyingi  ish  joyga  uzatish  uchun  osma  konveyerlardan 
foydalanish  maqsadga  muvofiq  bo‗ladi.  Bunda  buyumni  tashqi  q  o‗rinishi,  sifati, 
unda  hosil  qilingan  shakllar  o‗z  q  o‗rinishini  yo‗qotmaydi.  Buyumlar  ketma-ket 
donalab uzatiladi. 
Oqimning barcha seksiyalari bo‗yicha ishlab chiqariladigan mahsulot soni, ya‘ni 
quvvati bir xil bo‗lish kerak. 
Erkaklar va ayollar ko‗ylagi, bluzkalarni ishlab chiqarishda oqimning tayyorlash 
seksiyasida  -  aylana,  agregat  yoki  guruhli  agregat  oqimlar  qo‗llaniladi.  Ishlab 
chiqarish  oqimiga  detal  va  yarimfabrikatlar  pachkalab  ketma-ket  yoki  siklli 
tushiriladi. 
Yig‗ish  va  pardozlash  seksiyalarida  aylana  va  agregat  oqimlar  qo‗llaniladi. 
Ishlab chiqarish oqimiga mehnat predmetlari donalab ketma-ket tushiriladi. 
Erkaklar  ko‗ylagini  tikishda  oqimning  tayyorlash  seksiyasida    guruhli  agregat 
oqimlar  qo‗llaniladi.  Ishlab  chiqarish  oqimiga  detallar  ketma-ket  pachkalab 
tushiriladi.  Yig‗ish  seksiyasida  -  agregat  oqimlar,  detal  va  yarimfabrikatlar  donalab 
yoki  pachkalab  ketma-ket  tushiriladi.  Pardozlash  seksiyasida  -  agregat  yoki  osma 
konveyerlar qo‗llaniladi. Oqimga buyumlar donalab yoki pachkalab tushiriladi. 
Yuqorida  qayd  etilgandek,  ishlab  chiqarish  oqimini  asosiy  parametrlari  yoki 
quvvat ko‗rsatkichlari kuyidagilaridan iborat: 
- ishlab  chiqarish  oqimining  quvvati,  ya‘ni  bir  smenada  ishlab  chiqariladigan 
maxsulot soni- M ( dona); 


125 
 
- ishlab chiqarish oqimidagi ishchilar soni- N ( ishchi); 
- tikuv tsexini satxi -  S 
ts
  ( m
2
). 
Ishlab  chiqarish  oqimini    quvvat  ko‗rsatkichlaridan  biri  ma‘lum  bo‗lgan  xolda 
oqimni ma‘romi hisoblanadi. 
M
R


                   yoki              
N
Т
б


 
bunda:  R-smena davomiyligi, s. 
N-ishlab chiqarish oqimining ishchilar soni, ishchi 
T
b
-buyum sermexnatliligi, s. 
Buyum sermehnatligi T
b
 =∑ t
 b..o. 
bunda:  ∑ t
 b..o.
- texnologik jixatdan bo‗linmas operatsiyalarning sarf vaqti,s. 
Ko‗p modelli ishlab chiqarish oqimida bitta buyumni sermehnatligi, ya‘ni bitta 
buyumni tikib bitqazishga o‗rtacha hisobda sarflanadigan vaqt  quyidagi formuladan 
aniqlanadi: 
С
Т
Т
б
ур
б


.
 
bunda:      T
b
-  bitta  tushirish  siklidagi  xar  bir  jarayondagi  xamma  modellarni 
tikib bitkazishga sarflanadigan vaqtning yig‗indisi. 
Ishlab  chiqarish  oqimidagi  ishchilar  soni      ma‘lum  bo‗lsa  uning    quvvati 
quyidagicha aniqlanadi: 
б
Т
R
N
М


 
 
Shunday qilib, oqimning parametrlaridan biri ma‘lum bo‗lsa, qolganlari hisoblab 
aniqlanadi.
46
 
Ish o‗rinlarining o‗rtacha soni ishlab chiqarish oqimidagi rezerv ish o‗rinlarining  
soniga,  bitta  ishchi  ikkita  ish  o‗rnida  (masalan  press  va  dazmol,  ikkita  press) 
bajariladigan  operatsiyalar  nechtaligiga  va  bitta  ish  o‗rnidan  ortiq  joy  oladigan 
uskunalar  borligiga  bog‗liq.  Tajriba  ma‘lumotlariga  asolanib  ishlab  chiqarish 
                                                 
46
 Azlarova M.M., Shanazarova G.B. Yengil sanoat texnologiyasi. O‘UM. –T.: TDIU, 2017, 105-b. 


126 
 
oqimidagi bitta ishchiga to‗g‗ri keladigan ish o‗rinlarining o‗rtacha soni quyidagicha 
qabul qilingan: 
- ich kiyimlar va ayollar ko‗ylagini tikishda- 1,1-1,15; 
- kostyum tikishda- 1,15-1,2; 
- palto tikishda-1,2-1,25. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish