O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Azlarova yengil sanoat texnologiyasi



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/190
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#231099
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   190
Bog'liq
585-Текст статьи-1350-1-10-20191228

Tolaning  uzunligi  ham  paxtaning  sifatini  belgilaydigan  juda  muhim 
xarakteristikadir.  Tola  qancha  uzun  bo‗lsa,  u  kalava  ipdagi  boshqa  tolalar  bilan 
shuncha ko‗proq tutashadi va ularni ajratib olish shuncha qiyinlashadi. Demak, uzun 
tolalardan  chiziqli  zichligi  bir  xil  bo‗lgan  pishiq  kalava  ip  olish  mumkin,  boshqa 
tomondan,  ancha  uzun  tolalardan  normal  pishiqlikdagi  ingichka  kalava  ip  olish 
mumkin. Bu holda gap ixtiyoriy uzunlikdagi tola haqida ketyapti. 
Tolaning  pishiqligi    deb,  uning  ch  o‗zuvchi  kuchlarga  qarshilik  qilish 
xususiyatiga  aytiladi.  Pishiqlikni  baholash  uchun  uzilish  nagruzkasn  kattaligidan, 
ya‘ni tola uzilguncha chidaydigan eng katta kuchdan foydalaniladi.  
Cho‗zilish  va  qayishqoqlik  ham  tolalarning  muhim  xossalaridir.  Tolaga  ch 
o‗zuvchi kuch qo‗yilganda u uzayadi, ya‘ni deformatsiyalanadi. 


48 
 
Deformatsiyalar  ikki  xil:  qaytar  va  qaytmas  yoki  plastik  bo‗ladi.  Qaytar 
deformatsiya o‗z navbatida, qayishqoq va elastik deformatsiyalarga bo‗linadi. 
Qayishqoq uzayish (qayishqoqlik) tolani tashkil qilgan polimerlarning zarralari 
orasidagi  masofaning  bir  oz  o‗zgarishi  bilan  bog‗liq  bo‗lib,  nagruzka  olingandan 
keyin  darhol  yo‗qoladi.  Elastik  uzayish  shunday  uzayishki,  bunda  deformatsiya 
nagruzka  olingandan  so‗ng  darhol  emas,  balki  ma‘lum  vaqt  o‗tgandan  keyin 
yo‗qoladi. 
Plastik  (qoldiq) uzayish  nagruzka olingandan keyin ham  yo‗qolmaydi.  Elastik 
uzayish  tolalar  polimerlari  makromolekulalarining  qayta  gruppalanishi  va 
konfiguratsiyasining  o‗zgarishi  bilan  bog‗liq.  Plastik  uzayishga  sabab  shuki, 
makromolekulalar zvenolari orasida ancha katta masofalarga qaytmas siljishlar ro‗y 
beradi. 
Tolalarning  uzayishi  va  ayniqsa,  qayishqoq  uzayishi  juda  qimmatli  xossasi 
hisoblanadi.  Ma‘lum  nagruzkada  tola  qancha  ko‗p  uzaysa,  u  tasodifiy  zarbli 
ta‘sirlarga  shuncha  yaxshi  chidaydi.  Tolaning  qayishqoq  uzayishi  qancha  katta 
bo‗lsa,  ko‗p  marta  tushadigan  nagruzkalarga  tola  shuncha  yaxshi  chidaydi  va  o‗z 
ko‗rinishini  hamda  undan  tayyorlangan  buyumlarning  xossalarini  shuncha  uzoq 
saqlaydi. 
Paxta  tolasining  uzilishdagi  umumiy  uzayishi  sortiga  qarab  4...8%  ga  yetadi. 
Shundan  yarmi  qayishqoq  va  elastik  uzayishlar  ulushiga  to‗g‗ri  keladi.  Qayishqoq 
uzilish  uzayishi  kattaligiga  ko‗ra  paxta  lub  tolalaridan  ustun  turadi,  lekin  jun  va 
ipakdan keyin turadi. 
Tolalarning  sirpanishga  qarshiligi  ularning  sirti  va  shakli  bilan  belgilanadi. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  sirpanishga  qarshiligi  tolalarning  ishqalanish 
koeffitsiyentiga  va  ilashuvchanligiga  bog‗liq  bo‗ladi.  Bu  kattaliklar  qancha  katta 
bo‗lsa,  kalava  ipdagi  tolalarni  sug‗urish  shuncha  qiyinlashadi.  Demak,  tolalar 
uzilgandan keyingina kalava ip uziladi. Agar tolalar juda silliq bo‗lganda edi, ya‘ni 
ular orasida ishqalanish kuchi paydo bo‗lmaganda edi, ulardan kalava ip tayyorlab 
bo‗lmas edi. 


49 
 
Tolalarning fizik xossalari ichida eng muhimi gigroskopikligi, rangi, issiqlik va 
elektr  o‗tkazuvchanligidir. 
Gigroskopiklik  —  atrof-muhitning  namligi  va  temperaturasiga  qarab 
materialning  namlik  miqdorini  o‗zgartirish  xossasi.  Tolada  ma‘lum  miqdorda  nam 
bo‗ladi.  Havoning  namligi  oshganda  yoki  temperaturasi  ko‗tarilganda  tolalarning 
namligi oshadi yoki aksincha. Agar tola shunday xossaga ega bo‗lsa, u gigroskopik 
hisoblanadi.  Tolalarning  bu  ajoyib  xossasi  ko‗p  jihatdan  gazlamalarning  gigiyenik 
va ekspluatatsion xossalarini belgilaydi. 
Tolalardagi  namlik  miqdori,  bir  tomondan,  uning  kalava  ipga  qayta  ishlanish 
xususiyatini  belgilaydi.  Ikkinchi  tomondan,  u  tolalarning  massasiga  ta‘sir  qiladi. 
Shu  sababli  paxtani  qabul  qilib  olish  uchun  konditsion  namlik  tushunchasidan 
foydalaniladi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish