BEGONALASHUV VA TANAZZULGA OID NAZARIYA VA KONSEPSIYALAR:
1. E.Dyurkgeymning anomiya (qonunsizlik) konsepsiyasi. E.Dyurkgeym fikricha, zamonaviy olamdagi o‘zgarishlar shunchalik tez va jadal sur’atlarda ro‘y bermoqdaki, bu sezilarli ijtimoiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Buni u anomiya hodisasi bilan bog‘laydi. Anomiya (fran. qonunning, tashkilotning yo‘qligi) – xususiy va ijtimoiy ongning ma’naviy-ruhiy holatini ifodalaydi.
Har qanday jamiyat, deydi E.Dyurkgeym, - ijtimoiy hamjihatlik bilan xarakterlanadi. Masalan, ibtidoiy jamiyatda hamjihatlik qon-qardoshlikka asoslanadi. Hozirgi jamiyatda hamjihatlik mehnat taqsimotiga, ya’ni tirikchilik vositalarini yaratishga, sinfiy hamdo‘stlikka asoslanadi.9
Do'stlaringiz bilan baham: |