5. Qonuniylikka asoslanish.
6.O‘zaro itifoqlilik (2014 yil sentyabrda Ijtimoiy Sheriklik to‘risidagi qonun qabul qilinishi katta tarixiy voqeylikdir) va hokazo.
2. Kooperatsiya (lot.- hamkorlik)–bir yoki bir necha ijtimoiy guruh vakillari yagona maqsadga erishish uchun birgalikda va o‘zaro muvofiqlikda harakat qilish jarayoni. O‘zaro foyda kooperatsiyaning asosi hisoblanadi. Kooperatsiya:
1) jismoniy shaxslarning birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib boorish uchun ixtiyoriylik asosida birlashuvi;
2) ikki yoki bir necha mamlakatlarning xorijiy sheriklari ishtirokida qo‘shma yoki o‘zaro muvofiqlashtirilgan ishlab chiqarishni tashkil etishning universal shakli. Bunday kooperatsiya ishlab chiqarishni taqsimlashga, kommersiya hamkorligi, xatarlarni o‘zaro kafolatlash, investitsiyalarni va sanoat sirlarini umumiy himoya qilishga asoslanadi. O‘zbekistonda ishga tushirilgan “SamKochavto”, “Qabul-O‘zbek”, “O‘zdunrobita”, “O‘zKeysmash” va boshqa korxonalar kooperatsiya asosida faoliyat yuritmoqda2. Kooperatsiyaning turlari: mehnat kooperatsiyasi, matbuot kooperatsiyasi, uy-joy kooperatsiyasi, qishloq xo‘jalik kooperatsiyasi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |