«Aqliy hujum» metodining tuzilmasi
«Aqliy hujum» metodining bosqichlari:
Ta‘lim oluvchilarda savol tashlanadi va ulardan ushbu savol bo´yicha o‘z javoblari (fikr, goya va mulohaza) bildirishlari so‘raladi.
Ta‘lim oluvchilar savol bo´yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirishadi.
Ta‘lim oluvchilarning fikr- g´oyalari (magnitofondan, videotasmadan rangli qog‘ozlarda yoki doskada) to´planadi.
Fikr-g´oyalar ma‘lum belgilar bo´yicha guruhlanadi.
5. Yo‘qorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Ish o‘rnini jihozlashda maxsus moslamalarga nimalar kiradi?
2. Xavfsizlik texnikasi qoidalarini tushuntirib bering.
II dars: Amaliy-mustaqil ishlar:
Xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan va o‘quv ustaxonalarining tuzilishi bilan tanishish.
Jihozlar: Xavfsizlik texnikasi qoidalari plakati. O‘quv ustaxonalarining jihozlanishi va tuzilishga oid materiallar.
Ish bajarish tartibi:
1. Mehnat xavfsizligi va madaniyati qoidalari haqidagi plakatni o‘rganish.
2. Asboblarni ishlatish va saqlash qonun qoidalarini o‘rganing.
3. Birinchi tibbiy yordam berish yo‘llarini o‘zlashtiring.
4. O‘quv ustaxonalarida maxsus kiyimlar ro‘yxatini tuzib chiqing.
5. O‘quv ustaxonalarida o‘quvchilarning o‘zini tutish qoidalarini o‘rganib chiqing va amal qiling.
V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.
X U L O S A
Mehnat ta`limi vazifalari haqida gapirilganda, o’quvchilarda mehnatsevarlik, mashuliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashni tilga olmaslik mumkin emas. Respublikamizda yashaydigan 120 dan ziyod millat va elatlar vakillarining uzoq mehnati o’tmishini, sharqona tafakkurini, madaniyatini ifodalovchi vosita hisoblangan xalq hunarmandchiligini tizimli, mukamallashgan, tartibli, doimiy fan sifatida o’rganish davri yetib keldi. Respublikaning mustaqillikka erishishi, davlat sifatida shakllanish tariximizni, ma’naviyatimizni va milliy merosimiz hisoblangan hunarmandchiligimizni, o’zimiz uchun va boshqalar uchun, o’zimiz o’rganishimizga, talqin qilishimizga imkoniyatlar yaratdi.
Xalq hunarmandchiligining hozirda saqlanib qolgan 150 dan ziyod sohasi bevosita o’rganish va yoshlarga o’rgatish obyekti hisoblansa-da, yo’qolib ketgan, hozirgi davrda nomlari adabiy manbalardagina saqlanib qolgan yana 100 dan ziyod turi esa turli tadqiqotlar, izlanishlar manbai bo’lishi mumkin. Biz o’z tadqiqotimizni xalq hunarmandchiligining mazmuni, tarixi, tuzilishi, xususiyatlari, bajarilish texnologiyasini aniq bir umumta’lim o’quv fani predmeti hisoblangan mehnat ta’limi asosida amaliyotga qo’llanilishining asoslarini ishlab chiqishga qaratdik.
Xalq hunarmandchiligini mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirish asosida o’rganish va o’rgatishda qo’yidagi holatlarga e’tiborni qaratish lozim bo’ladi:
Hozirgi davrda hukum surayotgan mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirish
ishlarining an’anaviy tuzilmasi asosida yangi zamon kishisini shakllantirish bo’lmaydi, shuning uchun, ushbu sohaning yangi tizimi loyihasi ishlab chiqildi.
Mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirish ishlarining yangi tizimi loyixasida xalq hunarmandchiligi nazariy, ma’naviy, metodologik, tarixiy poydevor sifatida tanlab olindi.
Ushbu ta’lim tizimida xalq hunarmandchiligini o’rganish va o’rgatishning didaktik asoslarini yaratishda: a) Ta’lim mazmunini tanlab olish (nimani o’rgatish); b) Shakl va uslublarini, vositalarini aniqlash-o’qituvchi vazifasini belgilash (qanday qilib o’rgatish?); v) O’rganilgan va o’rgatilgan ta’lim mazmunining o’zlashtirish darajasini aniqlash (qanday darajada o’rgatildi?) kabi asosiy tamoyillarga diqqat e’tibor qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |