Dars ishlanma
Mavzu: Badiiy mehnat ta’limida turli materiallar bilan ishlash bo’yicha interfaol mashg’ulotlar o’tkazish
Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: Badiiy mehnat ta’limida turli materiallar bilan ishlash bo’yicha interfaol mashg’ulotlar o’tkazish turmushdа vа хаlq ho‘jаligidаgi аhаmiyati, tuzilishi, turlаri, ishlаtilish sоhаlаri.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka, tejamkorlikka o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad Badiiy mehnat ta’limida turli materiallar bilan ishlash bo’yicha interfaol mashg’ulotlar o’tkazish аhаmiyati, tuzilishi, turlаri, ishlаtilish sоhаlаri.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish
Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”
Darsda jihozi: mavzuga oid rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, mehnat qurollari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish
d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Mehnat ta`limi vazifalari haqida gapirilganda, o’quvchilarda mehnatsevarlik, mashuliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashni tilga olmaslik mumkin emas. SHu bilan birgalikda mehnat odamlar tirikchiligining moddiy va mahnaviy tahminotining vositasi, jamiyat taraqqiyotining eng muhim omilidir. Bolalarni aqliy o’stirishda ham mehnat tahlimining roli ko’p qirralidir. Mehnat o’quvchilarning bilim olishiga intilishlarini qo’zg’atuvchi vositagina emas, balki uning manbai hamdir. Mehnat tahlimi jarayonida o’quvchilarni aqliy o’stirishda jismoniy va aqliy mehnatni almashtirib turish muhim ahamiyatga egadir. Biroq har qanday mehnat ham aqliy o’sishga yordam bermasligini unutmasligimiz kerak.
Mehnat eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat tahlimida mehnatga psixologik tayyorgarlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanadi.
Darslarning jihozlanganligi o’z mehnati uchun shaxsiy mahsuliyatni, mehnat madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar yomon jihozlangan sinfda, qupol, og’ir va yoshlariga nomunosib asboblar bilan shug’ullansalar ish natijalari ko’ngildagidek bo’lmaydi.
Agarda bola har bir qadamda tartiblilikka, aniqlikka rioya qilish lozimligiga ishonch hosil qilinmasa, bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish haqida gapirish qiyin.
Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibga va harakat izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan birga bo’ladigan ko’p mashq qilishlar natijasida tarkib topadi.
O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Mehnat tahlimi dasturida o’quvchilar mehnat darslarida egallashi lozim bo’lgan ilmiy- texnik bilimlarining, mehnat ko’nkmalarini va malakalarini hajmi hamda mazmuni belgilab boriladi.
Dasturda jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlarga mehnat tahlimi berish, ularni tarbiyalash sohasida qo’yilgan maqsad va vazifalar o’z ifodasini topadi. Mehnat tahlimi dasturi o’quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. Mehnat tahlimi o’qituvchisi o’zining kundalik faoliyatida bu dasturga amal qiladi va uning bajarilishi majburiy hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda o’qituvchi o’quv dasturiga mahalliy sharoitni hisobga olib mahlum o’zgarishlar kiritishi mumkin. Bu boradi bir qancha talablar hisobga olinishi lozim. Dasturning mazmuni didaktik printsiplarga to’la – to’kis javob berishi, ilmiy va mafkuraviy jihatdan puxta bo’lishi, murakkabligi ortib borishi hisobga olingan holda va mehnat tahlimining tanlangan didaktik tizimiga muvofiq ravishda, muayyan izchillikda bayon qilinishi turmush tajribasi bilan bog’langan bo’lishi kerak. Unda mehnat o’rinlari politexnik xususiyatlariga ega bo’lishi, ularning tavsiya qilinadigan ro’yxati esa ijtimoiy ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |