Porshen.Silindr ichida sodir bo'ladigan ish siklining barcha jarayonlari porshen yordamida bajariladi. Porshen yuqori bosim va temperatura sharoitida ishlaydi, bundan tashqari unga o'zgaruvchan inersiya kuchlari ta'sir etadi. Shuning uchun porshen quyidagi talablarga javob berish kerak: issiqlik o'tkazuvchan, yedirilishga chidamli va yengil bo'lishi. Aluminiyli qotishmadan tayyorlangan porshen bunday talablarga to'laroq javob beradi. Lekin aluminiyli qotishmadan tayyorganlan porshen cho'yanga nisbatan issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti 1,5 – 2 marta ko'p. Bu kamchilikni porshenning ma'lum konstruksiyasiga binoan yo'qotiladi. Ya'ni porshen yubkasining oval formada bo'lishi, yubkada «T» yoki «P» forma shaklidagi kesiklarni bo'lishi xisobiga uni silindr ichida qiziganda qadalib qolmasdan xarakatlanishini ta'minlanadi. Porshen yubkasi bilan silindr orasidagi zazor 0,05 – 0,10 mm bo'ladi (2-rasm, a).
Porshen barmog'i. Porshen barmog'i porshen bilan shatunni o'zaro sharnirli holda biriktirib turadi. Porshen barmog'ini nisbatan yengil bo'lishligi uchun uni kavakli qilib tayyorlanadi.
Shatun va shatun podshipniklar.Shatun porshenni tirsakli valning shatun bo'yni bilan birlashtiradi. Shatun, shuningdek porshenning tug'ri chiziqli ilgarilama-qaytma xarkatini tirsakli valning aylanma xarkatiga o'zgartirib berishda ham xizmat qiladi. Shatun asosan kuyidagi elementlardan iborat (2-rasm, b).
Shatunning pastki golovkasiga yupka, ishqalanishni kamaytiradigan antifriksion qotishma quyilgan vkladishlar o'rnatiladi. Vkladishlar po'lat lenta (karburatorli dvigatellarda 1,3…1,8 mm, dizel dvigatellarida 2…3,6 mm kalinlikda) yuzasiga yupqa antifriksion qatlam (karburatorlida-0,25…0,40 mm, dizelda – 0,3…0,7 mm) qoplaniladi. Antifriksion, qatlam sifatida karburatorli dvigatellarda qalay-aluminiyli qotishma (30 % qalay) va dizellarda qo'rg'oshinli bronza (30 % bronza) ishlatiladi. Vkladishlarni shatunning pastki golovkasiga aniq o'rnatish uchun chiqiq yasalgan.
Tirsakli val va o'zak podshipniklar.Tirsakli val porshen orqali shatundan berilayotgan kuchni qabul qilib aylanma xarakat qiladi. Tirsakli val quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan (2-rasm, v): tayanch vazifasini bajaruvchi o'zak bo'yinlar, shatunning pastki kallagi birikadigan shatun bo'yinlar, o'zak va shatun bo'yinlarni birlashtiruvchi jag'lar, tirsakli valning posongilari, maxovik o'rnatish uchun flanes.
Tirsakli valni bolg'alash (kovanniy) usuli bilan legirlangan po'latdan tayyorlanadi. Ayrim dvigatellarda (GAZ-53A, GAZ-24 VAZ avtomobillari ) maxsus yuqori sifatli cho'yandan quyiladi. Bo'yinlariga termik ishlov beriladi, keyin jilvirlanadi va sayqal beriladi.
Maxovik. Maxovik dvigatelning ishlashi jarayonida tirsakli valning bir tekis aylanishini ta'minlaydi. Ish yo'li taktida maxovik energiya yig'ib qo'shimcha taktlarni bajarilishida va porshenni, chekka nuqtalardan o'tishida tirsakli valni aylanishiga yordam beradi. Yig'ilgan energiya xisobiga dvigatelni o't olishini osonlashtiradi va avtomobilni o'rnidan qo'zg'alishini yengillashtiradi. Maxovikka dvigatelni starter bilan o't oldirish uchun tishli gardish tig'izlab o'rnatilgan.
Maxovik tirsakli val bilan birgalikda nixoyatda yaxshi (tщatelno) muvozanatlashtiriladi.
Dvigatelni ramaga maxkamlash. Dvigatel o'ziga o'rnatilgan barcha asbob-uskunalar bilan ramaga puxta va shu bilan birga avtomobil tebranganda uning kronshteynlariga zo'riqish kelmasligi uchun elastik ravishda biriktiriladi. Avtomobil dvigatellari ramaga uch, (barcha yengil va ZIL-130, MAZ-500 avtomobil dvigatellari) to'rt (GAZ-53 A) va besh (KamAZ) joydan maxkamlanadi. Maxkamlanadigan joylarida rezina yostiqchalar o'rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |