Қаранг. Н.А.Кондратов. Пражская лингвистическая школа// Русский язык в школе. 1968. №2. –С.5-13.
Қаранг. Тезисы пражского лингвистического кружка//Пражский лингвистический кружок. –М.: Прогресс. 1967.
43
tilshunos olimlaridan A. g‗ulomov, B.O‗rinboev, R. Qo‗ng‗urov, T. Qudratov, S.
Inomxo‗jaev, Yo. Tojiev, E.Begmatov, I. Ibrohimov, A. Ahmedov, A.Boboeva,
M.Asomiddinova, B. Umurqulov, H. Jalilov, N.Hasanovalarning bu yo‗nalishdagi
ishlari o‗zbek nutqi madaniyati masalalari bilan bog‗liq muammolarning
yechimiga muhim hissa bo‗lib qushildi.
Hozirda «Nutq madaniyati» fani o‗zbek tilshunosligining o‗ziga xos amaliy
sohasi sifatida o‗quv dasturlaridan o‗rin olgan. Bu fan tilshunoslikning nazariy
kurslaridan olingan bilimlarga suyangan holda to‗g‗ri, aniq, mantiqli, ifodali nutq
tuzish yo‗llarini o‗rganadi.
«Nutq madaniyati» kursi adabiy til me‘yorlari, nutq, nutqning kommunikativ
sifatlari, nutq uslublari, nutqda uchrashi mumkin bo‗lgan kamchilik va xatolar,
nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi.
«Nutq madaniyati» kursi fan sifatida o‗z tekshirish ob‘ekti, maqsad va
vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til
me‘yorlari va nutqning kommunikativ (aloqa uchun kerakli) fazilatlaridir. Nutq
madaniyatining asosiy tekshirish ob‘ekti adabiy til me‘yorlari, asosiy vazifasi esa
ushbu me‘yordagi ikkilanishlarni bartaraf etishdir.
«Nutq madaniyati» fani adabiy til me‘yorlarini, uning taraqqiy etib borishi,
undagi ba‘zi unsurlarning eskirishi, ular o‗rnida yangi me‘yoriy unsurlarning
paydo bo‗lishini kuzatib, qayd etib boradi. Biroq bu fan adabiy me‘yorlarni
yaratmaydi, ba‘zi hodisalarni me‘yor sifatida majburan kiritmaydi, balki o‗zbek
milliy adabiy tili faoliyatini, uning rivojlanishini kuzatib boradi, ob‘ektiv
qonunlarni kashf etadi, shular asosida tavsiyalar beradi.
«Nutq madaniyati» to‗g‗risida so‗zlashdan oldin, nutqning o‗zi nima, u tildan
qanday farqlanadi, til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalari nimani
anglatadi degan savollarga javob topishimiz kerak.
Til va nutq bir - biriga bog‗liq hodisalardir. Til nutq uchun moddiy material,
bu material asosida nutq tashkil topadi. Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun
umumiy bo‗ladi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud bo‗lib, so‗zning kishilar
xotirasidagi obrazlari ruhiy material, nutq yaratish jarayonida qo‗llaniladigan so‗z
shakllari, morfemalar, tovushlar moddiy material hisoblanadi. Tilning ruhiy hodisa
ekanligi uning ongda saqlanishi bo‗lsa, moddiy hodisaligi undagi til vositalari
orqali belgilanadi. Nutq - bu til deb ataluvchi, o„ta muhim vazifalarni
Do'stlaringiz bilan baham: