Masalan: (Oila kechki ovqatga yig‗ilgan. Ota va o‗g‗il yangi mashina haqida
qizg‗in suhbatlashishyapti. Ona ularga yuzlanadi)
Ona: Stolni tortinglar, ovqat kutib qoldi.
(Erkaklar e‘tibor berishmaydi. Ona qaytaradi.)
Ona: Eshitmayapsizlarmi?
O„g„il: Axir, biz gaplashayapmiz-ku.
Har bir rivojlangan til har xil sotsial rolga xizmat qiluvchi o‗ziga xos
vositalarga ega. Bunga kasbiy rolni bajarish chog‗ida umumiste‘mol nutqiy
vositaning qo‗llanishi chegaralangan vositaga almashinuvi misol. Erkak nutqida,
ayol nutqiga nisbatan, «professiya» faktorining kuchi ko‗proq kuzatiladi. Bu,
ayniqsa, professional leksikani ehtiyojdan ko‗proq qo‗llashida ko‗zga tashlanadi.
Bunda to‗liq bo‗lmasa-da, ma‘lum darajada nutqiy vositalar almashinuvini
kuzatish mumkin. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |