Internet ma‟lumotlari:
23. www.ziyo.net
24.
www.thinsan.com
25.www. uforum.uz
26.
www.literature.uz
77
Ixtisoslik nutqi madaniyati
Reja:
1. Til madaniyati va nutq madaniyati.
2. Muomala madaniyatini o‗rganish.
3. Salomlashish va so‗zlashish odobi.
Tayanch tushunchalar
Til madaniyati, nutq madaniyati, muomala madaniyati, salomlashish odobi,
so‗zlashishsh odobi
Tilshunoslikda ko‗pincha ―til madaniyati‖ va ―nutq madaniyati‖
tushunchalari ma‘nodosh tushunchalar sifatida qo‗lanadi. Holbuki, nutq bilan tilga
alohida-alohida hodisalar sifatida qaralar ekan, til madaniyati va nutq
madaniyatini ham farqlash maqsadga muvofiq bo‗ladi. Til madaniyati tilning
―madaniylashganlik‖, adabiylashganlik, normalashganlik darajasini, lag‗at tarkibi,
grammatik, semantik, stilistik jihatlardan rivojlanganlik, boylik darajasini, ifoda
ikoniyatlarining ko‗lamdorligini ifoda etadi. Nutq madaniyati esa tildan bemalol,
maqsadga o‗ta muvofiq va ta‘sirchan bir tarzda foydalana olishni ta‘minlaydigan
ko‗nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir. Boshqacharoq aytganda, nutq
madaniyati tilda potensial mavjud bo‗lgan xilma-xil shakllardan fikr uchun eng
zaruriylarini, uyg‗unlarini tanlay bilish va shu asosda raso nutq tuza olish
mahoratidir. Demak, bu mahorat tilni estetik jihatdan shakllantirishga xizmat
qiladi, chunki til nafaqat kommunikativ (odamlar o‗rtasida aloqa vositasi bo‗lish)
vazifani, balki estetik (tilning go‗zal jihatlarini ifodalash, atrofdagilarga ta‘sir
o‗tkazish) vazifasini ham bajaradi. Tilning estetik vazifasi, albatta, kommunikativ
vazifa bilan birgalikda adabiy me‘yorlar asosida amalga oshiriladi.
Adabiy til me‘yorlari so‗zlovchi va tinglovchi o‗rtasidagi axborot jarayonida
tildagi barcha so‗z, ibora va jumlalarni, tilning barcha ifoda vositalarini to‗liq
anglash imkonini beradi. Shunday ekan, adabiy til masalasi nutq madaniyatiga
bag‗ishlangan ushbu ma‘ruzamizda alohida ahamiyatga molikdir.
Tabiiyki, umumxalq o‗zbek tili – bu uzoq tarixiy taraqqiyot yo‗lini bosib
o‗tgan, ammo ―andavalanmagan‖, me‘yorlashtirilmagan tildir. Adabiy til esa ana
shu xalq tilining ma‘lum me‘yorlarga solingan, ―oro berilgan‖, sayqallangan
shaklidir. O‗zbek adabiy tili xalq tili asosida shakllangan. Manbalarda o‗zbek
adabiy tili fonetik jihatdan Toshkent shevasi asosida, leksik morfologik jihatdan
Farg‗ona vodiysi shevalari, ya‘ni qarluq-chigil lahjalari asosida tashkil topgan
deyiladi. Biroq shuni ham e‘tirof etish lozimki, adabiy tilimizning tarkib topishida
qipchoq va o‗g‗uz lahjalarining ham xizmati katta. Bu lahjalarga xos bo‗lgan
ko‗plab so‗zlar, shuningdek -ning qo‗shimchasi (qipchoq), -yotir qo‗shimchasi
(o‗g‗uz) fikrimizga yorqin misoldir.
Odatda biz ommaviy axborot vositalari, ya‘ni televidenie va radio xodimlari
faqat adabiy tilda so‗zlashishlari kerak, degan e‘tirofni ko‗p eshitamiz. Bu gap,
albatta, to‗g‗ri, ammo to‗liq emas. Uning to‗g‗riligi shundaki, darhaqiqat televizor
78
yoki radio rqali chiqish qilayotgan suhandon va muxbirlar o‗zbek adabiy tilida
so‗zlashlari kerak. To‗liq emas, deganda esa shuni nazarda tutganmizki, nafaqat
OAV vakillari, balki ko‗pchilik o‗rtasida nutq so‗zlayotgan har qanday kishi
albatta adabiy til me‘yorlariga amal qilib gapirishi kerak. Bundan kelib chiqadiki,
adabiy tilda gapirish quyida keltirilgan guruh vakillari uchun majburiydir:
suhandonlar;
radio yoki telemuxbirlar;
o‗qituvchilar;
murabbiylar:
aktyorlar;
artistlar;
notiqlar;
rasmiy majlisda nutq so‗zlovchilar;
Adabiy til me‘yorlarining mustahkamlanishida, jamiyat a‘zolarining unga
amal qilishlarini targ‗ib etishda avvalo, bog‗cha va maktab, qolaversa, litsey,
kollej, oliy ta‘lim muassasalari, televidenie, radio, gazeta va jurnallarning alohida
o‗rni bor. Albatta, madaniy nutq tarbiyasini shakllantiruvchi vosita sifatida
dastlabki o‗rinda bolalar bog‗chasini tilga olishimizning ham o‗ziga yarasha
sabablari bor. Binobarin, bola tilning ma‘lum qonuniyatlarini, undagi unli va
undoshlar talaffuzini, so‗zlarni go‗daklik paytidanoq o‗rganib, o‗zlashtira
boshlaydi. Bizga ma‘lumki, til ijtimoiy hodisa bo‗lib, insonda til va nutqning
shakllanishida uning atrofini o‗rab turgan muhit yetakchi o‗rinni egallaydi. Demak,
bolani o‗rab turganlar qaysi til yoki qanday shevada so‗zlashsa, bolaning tili ham,
tabiiyki, o‗sha sheva doirasida chiqib, rivojlana boshlaydi. Keyinchalik o‗sha bola
xoh o‗qituvchi bo‗lib yetishsin, xoh artist bo‗lsin, baribir uning tilida o‗zi mansub
bo‗lgan sheva elementlari saqlanib qoladi. Hatto adabiy tilni o‗rganish va
mukammal o‗zlashtirishgan qasd qilgan odamni ham sof adabiy tilda so‗zlashga
o‗rgatish ancha qiyin kechadi. Masalan, Xorazm shevasida o‗zbek tilidagi chuqur
til orqa ―q‖ tovushi rus tilidagi ―k‖ tovushiga yaqin talaffuz qilinadi. Xorazmliklar
tilidagi bu nuqson hatto taniqli xonanda va aktyorlar, filolog olimlar va shoirlar
nutqida ham sezilib turadi. Qipchoq shevalarida esa ―a‖ o‗rnida ―o‖ va aksincha,
―o‖ o‗rnida ―a‖ ni talaffuz qilinishiga ko‗p bora guvoh bo‗lganmiz. Quyidagi
so‗zlar fikrimizga dalil bo‗la oladi: ―qochan (qachon)‖, ―oraq (aroq)‖, ―toraq
(taroq)‖ va hokazo. Bu holat hatto ismlar talaffuzida ham kuzatiladi: ―Loyla
(Laylo)‖, ―Shohla (Shahlo)‖, ―Ro‗na (Ra‘no)‖ kabi. Demak, bolada to‗g‗ri talaffuz
ko‗nikmalarini, go‗dakligidan boshlab shakllantirib borish zarur.
―Muomala‖ – asli arabcha so‗z bo‗lib, ―o‗zaro munosabat‖, ―aloqa‖
ma‘nolarini ifodalaydi. Kishilar muloqotida nutq odobi mezonlari sifatida
quyidagilarni alohida ajratib ko‗rsatish mumkin:
Salomlashish;
Xayrlashuv;
Uzr so‗rash
Iltimos;
Minnatdorchilik.
79
Bizga ma‘lumki, musulmon sharqida muomala madaniyati, avvalo,
salomlashishdan boshlanadi. Buning yorqin misolini o‗zbek xalq ertaklaridagi
devlar, yalmog‗iz kampirlar huzuriga kelgan kishiga: ―Gar saloming bo‗lmasa, ikki
yamlab bir yutardim‖ – degan misollarda ham ko‗rishimiz mumkin. Shu bois
musulmonchilikda ―So‗z boshi - salom‖ yoki ―Avval salom, bad az kalom‖ kabi
maqollar paydo bo‗lgan. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi
mazmunli suhbatga debocha vazifasini o‗taydi, tinglovchida yaxshi kayfiyat
uyg‗otadi. Agar salomlashish quruq, iltifotsiz bo‗lsa, keyin yuzaga keladigan
suhbatga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Ma‘lumki, salomlashish turli xalq va millat
vakillari tomonidan turlicha amalga oshiriladi. Ko‗plab Yevropa millatlari kunning
o‗tishiga qarab salomlashadilar. Masalan: inglizlarda: Good morning! Good
afternoon! Good evening! Ruslarda: Dobroe utro! Dobriy den! Dobriy vecher! v
hokazo. Albatta bu tillarda aytiganlardan tashqari, yana inglizcha Hello! Hi! yoki
ruscha privet, zdravstvuyte kabi so‗zlar ham ishlatiladi. Bizda ko‗p asrlik odatiy
an‘analarimizga ko‗ra ―Assalomu-alaykum‖ deb salom berish va unga javoban
―Vaalaykum-assalom‖ deyin odat tusiga kirgan. Islom olamida ―Salom farz – alik
qarz‖ degan purma‘no maqol bor. Demak, o‗zidan kattaga salom berish
musulmonchilik farzlaridan biri sanaladi. Salomni javobsiz qoldirish esa qarzdorlik
bilan barobar. Biroq salomlashishning ham o‗ziga yarasha qonun-qoidalari bor.
Madaniyatli insonlarga xos fazilatlardan yana biri xayrlashuv odobidir.
Tilimizda xayrlashganda ishlatiladigan ―Xayr!‖, ―Sog‗ bo‗ling!‖, ―Xayr, omon
bo‗ling!‖ ―Ko‗rishguncha xayr!‖ ―Yaxshi qoling!‖ ―Yaxshi kunlarda ko‗rishaylik‖
kabi ta‘sirchan so‗z va iboralar mavjud. Bu jumlalardan ham o‗rinli foydalanish
maqsadga muvofiq. Mustaqillikdan keyin xalqimiz, millatimizning azaliy urf-
odatlari, qadriyatlari o‗z o‗rnini topib, ―rusiylashish‖ majburiyatidan xalos bo‗ldik.
Shahar va qishloqlarimizdagi ko‗chalar, maktab va boshqa muassasalar
mamlakatimiz va millatimizning tarixiy an‘analari, sharafli voqealari va shaxslari
nomi bilan ataladigan bo‗ldi. Hozirgi kunda metroning oxirgi bekatida: ―Buyuk
Ipak yo‗li – oxirgi bekat. Xayr, salomat bo‗ling!‖ – degan ovoz jaranglaydi.
Haqiqiy o‗zbekona xayrlashish mana shunday bo‗lishi kerak.
Muomala madaniyati qamrovida iltimosning ham o‗ziga xos alohida o‗rni
bor. Birovga biron ishni buyurgandan ko‗ra, iltimos qilib so‗ragan ma‘qul. Buni
pedagogik amaliyot yoki bevosita pegagogik faoliyat jarayonida tajribada sinab
ko‗rish ham mumkin.
Insonlarga minnatdorchilik bildirish odobini ham bolalik davridanoq
o‗rgatib borish zarur. Chunki yaxshilik qilgan, aytilgan yumushni, iltimosni
bajargan kishiga minnatdorchilik izhor etish shart. Tilimizda rag‗batlantirishni,
minnatdorchilikni, rozilikni ifodalaydigan bir qator chiroyli so‗z va iboralar bor.
Masalan: rahmat, ofarin, barakalla, otangga rahmat, shukur, minnatdorman va
hokazo. Topshiriqni, vazifani, aytilgan ishni yaxshi o‗tagan bolani, albatta
murabbiyi, o‗qituvchisi, ota-onasi minnatdorchilik so‗zlari bilan rag‗batlantirib
turishi kerak. Bu esa, tabiiyki, bolada ham minnatdorchilik bildirish
ko‗nikmalarining shakllanib borishiga omil bo‗ladi. Demak, bog‗cha bolasi,
o‗quvchi va talabaning nutq madaniyati va muomala odobi tadrijiylik asosida
kichik yoshidan boshlab rivojlantirib borilishi kerak. Shundagina talabalik
80
davridan muvaffaqiyatli o‗tgan bo‗lg‗usi pedagog, filolog yoki boshqa soha vakili
ning nutqi adabiy til normalariga sodiq qoladi, adabiy tilning go‗zal va
ta‘sirchanligini o‗zida saqlaydi Adabiy til ma‘lum qo‗shimchalar, grammatik
kategoriyalarning qo‗llanilishidagi bir xilligi, barqarorligi bilan umumo‗zbek
xarakterida bo‗ladi va sheva, jargon, aksent kabi har qanday nuqsonlardan xoli
bo‗ladi.
Til aloqa materiali, nutq esa aloqa shaklidir.
Tilni xalq yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.
Tilning xayoti uzoq-xalq hayoti bilan bog‗liqdir. Nutqning hayoti esa qisqa
bo‗lib, u aytilgan paytdagina mavjuddir.
Ayrim shaxsning ayni paytda bir necha tili bo‗lishi mumkin, chunki u vaqt
va joy bilan bog‗liq emas. Nutqi esa bir vaqtda faqat bitta bo‗ladi, chunki u
ma‘lum bir vaqtda va ma‘lum o‗rinda yuz beradi.
Tilning hajmi noaniqdir, nutqning hajmi esa aniq: u manolog, dialog, matn,
kitob shaklida bo‗ladi.
Til turg‗un satistik hodisadir. Nutq esa harakatda bo‗lishi mumkin bo‗lgan
dinamik hodisadir.
Til xatosida so‗z ma‘nosi buziladi, masalan: sof-sop, tif-top, dil-til va
hokazo. Til xatosi faqat akustik tomonidan o‗rganadi. Masalan: fikr-pikr, fabrika-
pabrika, safar-sapar.
Tilning madaniyati uning so‗z boyligi, sintaksisning taraqqiyoti va boyish
darajasi, so‗z ma‘nolarining o‗tkirligi, nutqiy ohangning rang-barangligi
tushuniladi. Nutqning madaniyati esa, uning aloqaviy fazilatlari yig‗indisi va tizimi
bo‗lib, ular til madaniyati, faoliyatida qiynalmaslik, matnning mazmuniy vazifasi
va imkoniyati kabi har-xil sharoitlarga bog‗liq.
Insonning nutqiy faoliyati uch ko‗rinishda amal qiladi. Bular-so‗zlash,
muomala va eshitish.
Jamiyatning yangi ijtimoiy kuchlarini yetishtirishda o‗qituvchi mas‘ul
hisoblanadi. Jamiyat o‗qituvchining qo‗liga yosh avlodni, o‗z kelajagini – ishonib
topshiradi. Uning kamol topishida o‗qituvchining dunyo qarashi, ongi, madaniyati,
nutqi belgilovchi vositalar sanaladi.
O‗qituvchining nutqi imkoni boricha sintaktik, jihatdan sodda, jozibador
ta‘sirchan tuzilishi lozim. Har qanday bilim va tarbiq, asosan o‗qituvchining dars
hamda darsdan tashqari kundalik nutqi orqali berib boriladi. Uning nutqi ilmiy-
pedagogik mazmun kasb etishi lozim. Qoida va nazariyalar hayotiy, o‗quvchiga
yaqin misollar bilan tushuntiriladi.
Tilning lisoniy imkoniyatlarini egallash ikki bosqichda amalga oshadi.
Birinchi bosqich til vositalarini bilishdan iborat. Bu nutqni tinglaganda unda
ishlatilgan til vositalarining ma‘nosi va vazifasini anglashda ko‗rinadi. Ya‘ni,
tinglovchi tinglagan va o‗qigan narsalarini tushunadi.
Yetuk kishiga xos fazilatlar, ya‘ni nutq odobiga yana quyidagilar kiradi:
xayrlashish, murojaat, rag‗batlantirishi, minnatdorchilik, mehmondorchilik,
mezbondorchilik va boshqa odob turlari.
Har bir kishining madaniylik darajasi, o‗qib qanchalik tarbiya ko‗rganligi
uning yozma va og‗zaki nutqidan bilinadi.
81
Ona tilida aniq, to‗g‗ri, mantiqli va ifodali nutq tuza olish malakasi va
mahorati barcha fan o‗qituvchilari uchun birday zaruriy fazilatdir. O‗qituvchi
ifodali, ravon, aniq va ta‘sirchan nutqi bilangina o‗quvchilarning diqqatini tortadi,
ularni ham madaniy nutq egasi qilib tartiyalaydi.
Ta‘lim jarayonida har bir o‗qituvchi nutqiga muayyan talablar qo‗yiladi.
O‗qituvchi o‗quvchilar bilan shunday muomalada bo‗lishi lozimki, o‗quvchilar bu
muomalada o‗zlarining ahamiyatliroq ekanini his qilishsin. Boshqalarning ko‗z
o‗ngida ahamiyatli bo‗lish xohishi inson tabiatining eng asosiy belgilaridan biridir.
Chunki kattalarning o‗z suhbat mavzusi bo‗lgani kabi, bolalarning ham to‗lib-
toshib gapiradigan mavzulari bo‗ladi. Shuning uchun ko‗pni ko‗rgan kishilar
bolalar bilan bola bo‗lib, keksalar bilan keksa bo‗lib suhbat qurishga harakat
qiladilar. Tajribali o‗qituvchilar suhbat chog‗ida inson ko‗nglini asrashga, unga
muloyimlik bilan yo‗l topishga harakat qiladilar. Biror jiddiyroq fikrni aytishdan
oldin o‗quvchini suhbat mavzuiga tayyorlab olishga intiladilar. Shunday qilinganda
eshituvchi har qanday hayajonli yoki qayg‗uli xabarlarni ham yengil qabul qiladi
va to‗g‗ri munosabatda bo‗ladi. Inson qalbini zabt etish, uning muhabbatini
qozonish uchun shirin so‗z, samimiy muomalaning o‗zi kifoya qiladi. O‗qituvchi
bu hayotiy haqiqatni doimo yodda tutishi lozim bo‗ladi.
O‗qituvchi butun umri davomida o‗z nutqini takomillashtirib borishi lozim.
U tilimizning boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali nutqining go‗zal,
ravon, ifodali, ta‘sirchan bo‗lishiga intiladi. Zero, go‗zal va ta‘sirchan so‗zlay
bilish ham san‘at. Lekin, bu san‘atdan bebahra insonlar ham hayotimizda uchrab
turadi. Agar boshqa kasb egalaridan farqli o‗laroq o‗qituvchi bu san‘atdan bebahra
bo‗lsa-chi? Qaysi fanni o‗qitishdan qat‘iy nazar, o‗qituvchining asosiy quroli uning
nutqidir. O‗qituvchining nutqi nochor bo‗lsa, uning bilimi qanchalik chuqur va
tugal bo‗lmasin, uning ta‘sir etish kuchi ham past darajada bo‗ladi.
Har bir o‗qituvchi o‗z nutqining ta‘sirchan va namunali bo‗lishini
ta‘minlashda quyidagi holatlarga alohida e‘tibor berishi lozim:
1. O‗zi to‗xtalmoqchi bo‗lgan masala yoki mavzuni chuqur o‗rganish,
undagi masalaga o‗z munosabatini aniq belgilab olish.
2. O‗z dunyoqarashiga ega bo‗lish, so‗z bilan ish birligi, nazariya bilan
tajribaning dialektik birligiga erishish, fikrlarni ilmiy asoslash.
3. Mavzuga mas‘uliyat bilan yondashish, uni omma oldida to‗liq ochib
berishga, yoritishga diqqat qilish.
Har bir nutqqa jiddiy tayyorgarlik ko‗rish, jumladan, ma‘ruzani nimadan
boshlashdan tortib, nima bilan tugatishgacha jiddiy o‗ylab olish, masalalarni
o‗rtaga tashlash, ularning ketma-ketligini yaxshi bilish, o‗zaro bog‗lanishini
ta‘minlash, ma‘lum rejalar tuzib olish, alohida to‗xtalish zarur bo‗lgan o‗rinlarni
belgilash va boshqalar.
Xullas, hozirgi ta‘lim jarayonining har bir o‗qituvchisi o‗z nutqiga e‘tiborli
bo‗lishi, nutqini aniq, to‗g‗ri, ta‘sirchan, maqsadga muvofiq tarzda tuzish
malakasiga ega bo‗lishi lozim, zotan, «ona tili milliy madaniyatimizning, dunyoni
teran idrok etishimizning zamini» ekan, uni yosh avlodga o‗rgatishda
o‗qituvchilarning roli beqiyosdir.
82
Do'stlaringiz bilan baham: |