Orfoepik me‟yor. Orfoepik me‘yor, ya‘ni talaffuz me‘yori til birliklarining
og‗zaki nutq jarayonida adabiy til me‘yoriga muvofiq kelishi masalasi bilan ish
ko‗radi. Adabiy tilning bu me‘yori ishlab chiqilgan bo‗lsa-da, orfoepik lug‗atlar
tuzilganligiga qaramay,
8
nutqiy jarayonda hanuzgacha ayrim til birliklarining
talaffuzida xatolik ko‗zga tashlanadi. Masalan, ruscha yoki rus tili orqali
o‗zlashgan so‗zlarning talaffuzidagi nomuvofiqliklar, so‗zni yozilgandek talaffuz
etish, qabul qilingan so‗zni o‗zbekcha aksent bilan talaffuz etish kabi masalalar
bo‗yicha kamchiliklar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |