46
Nutq madaniyati va notiqlik san‟ati: tarixi va buguni
Reja
1. Afinada notiqlik san‘atining rivoj topishi.
2. Gorgiy va Litsiyning notiqlik faoliyati.
3. Aristotelning notiqlik taraqiyotiga qo‗shgan hissasi.
4. sezar va sitseronning ilhombaxsh nutqlari.
Tayanch tushunchalar
sud notiqligi, ritorika, nutq madaniyati, notiqlik san‘ati, poetika, logografiya,
psixologiya, da‘vogar, ritor, logograf, va‘z va voizlik
Ma‘lumki, jamiyat madaniy-ma‘rifiy taraqqiyotining, millat ma‘naviy
kamolotining muhim jihatlari xalq nutqi madaniyati hamda notiqlik san‘atiga
borib taqaladi. Shunday ekan, ushbu ma‘ruzamida dastlabki o‗rinda madaniy
nutqning va notiqlik san‘atining shakllanish tarixini o‗rganishga bel bog‗ladik.
Buning uchun qadimgi madaniyat va sivilizatsiya o‗choqlaridan bo‗lgan
Yunoniston hamda Rimdagi notiqlik tarixiga murojaat qildik. Chunki
notiqlikning nazariy asoslari ham aynan mana shu mamlakatlar nomi bilan
bog‗liq.
Qadim zamonlardan beri jamoat oldida so‗zga chiqib, odamlarga o‗z
fikrini tushuntirish, ular ongiga ta‘sir etib, o‗z ortidan ergashtirish, biror narsa,
voqea, hodisa haqida gapirganda ishontirish va isbotlab berishga intilish,
insonlar orasidan so‗zamol notiqlarning chiqishiga zarurat tug‗dirgan hamda
notiqlik san‘atining paydo bo‗lishiga sabab bo‗lgan. Buning uchun esa, avvalo,
ma‘lum ijtimoiy sharoit va muhit bo‗lishi zarur edi. Qadimgi Yunonistonda
demokratiya tuzumining o‗rnatilishi natijasida xalq yig‗inlarida, davlat ishlarida
mamlakatning har bir ozod kishisi erkin nutq so‗zlash huquqiga ega bo‗lgan.
Davlat ishlarini boshqarish va lashkarboshilikni xohlagan har bir shaxs uchun
chiroyli va ta‘sirchan nutq so‗zlash san‘atini egallash majburiy bir ehtiyojga
aylangan. Ular orasidan so‗zga chechanlari xalqni ishontira olganlar va obro‗-
martaba orttirganlar. Shu tariqa qadimgi Yunoniston va Rimda notiqlik san‘ati
degan alohida bir ilmiy-nazariy yo‗nalish paydo bo‗lgan
4
.
Afinada
notiqlik
san‘atining keng rivoj topishiga sud-tartibot
qoidalarining ham ta‘siri kuchli bo‗lgan. O‗sha davr sud majlislarida
sudlanuvchi yoki davogar o‗z fikrlarini ishonarli tarzda asoslab berishi uchun
to‗g‗ri va ravon gapira olishi lozim bo‗lgan. Biroq har bir sudlanayotgan yoki
guvohlik berayotgan shaxs ham notiqlik mahoratiga ega bo‗lavermagan.
Shuning uchun oddiy xalqda ularga maslahat berib ko‗maklashadigan, yo‗l-
yo‗riq ko‗rsatadigan, fikrlarini to‗g‗rilab qog‗ozga tushirib bera oladigan zukko
va bilimdon shaxslarga ehtiyoj paydo bo‗lgan. Natijada qadimgi yunon tilida
―logograf‖lar deb ataladigan, tajribali, qonunni yaxshi biladigan dastlabki notiq-
advokatlar vujudga kelgan. Logograflar sudda qatnashayotgan ayblanuvchi va
Do'stlaringiz bilan baham: