9.2.
LPWAN texnologiyasi
Cisco IBSG - tarmoq jihozlarini va dasturlarini ishlab chiqaruvchi jahonda
etakchi AQSH kompaniyasining hisobotiga koʻra 2008-2009 yillarda internetga
ulangan buyumlar soni er yuzidagi odamlar sonidan oshib ketgan, 2015 yilda 25
milliardga etgan boʻlsa, 2020 yilga borib esa bunday buyumlar soni 50 milliardga
yetishi kutilmoqda.[27]
Bulardan koʻrinib turibdiki, bugungi kunda “Buyumlar interneti” inson
faoliyatining koʻplab sohalarida qoʻllanilmoqda. «Aqlli muzlatkichlar», «Uyni
aqlli yoritish» va boshqa «aqlli» sifati bilan ataluvchi maishiy texnikalar
hayotimizni yanada engillashtirib, tashvishlarimizning bir qismini ular zimmasiga
yuklashga imkoniyat yaratadi. Hozir bunday qurilmalarda telefondagidek oddiy
sim-kartadan foydalaniladi. Mikroelektronikani rivojlantirish, mikrokon-trollerlar
yuqori ish faoliyatini taʻminlash va energiya sarfini kamaytirish, mikrosxema
narxini pasaytirish – bularning barchasi yangi yyechimlar va texnologiyalarni
ishlab chiqish va joriy qilish imkonini beradi. Biroq endilikda
LPWAN
(Low-
power Wide-area Network- inglizcha Low-power Wide-area Network, kam
quvvatli keng polosali tarmoq deb atalgan soʻzning qisqartmasi.) — bazaviy
stansiya bilan doimiy aloqada boʻlib turish uchun qimmatli amper-soatlarni
sarflamaydigan, kichikroq hajmdagi maʻlumotlarni uzoq masofalarga uzata
oladigan olis radiusda taʻsir kuchiga ega energiyadan samarali foydalanadigan
tarmoq ustida faol ish olib borilmoqda. LPWAN - «Uzoq radiusli xarakatdagi
energoeffektli tarmoq» - hisoblagich, oʻlchash va sensor qurilmalar oʻrtasida
maʻlumotlar yigʻish hamda tarqatish amallarini bajaruvchi olis radiusli simsiz
tarmoq texnologiyasi. [17]
Uning koʻpgina avzalliklari mavjud:
202
- Kam quvvat sarfi va buning natijasida manba uzoq muddat xizmat qiladi;
- Oxirgi qurilmalar (terminal) tarmoq texnologiyasini xarid qilishning narxi
arzonligi;
- Katta hududga xizmat qilishi;
- Uzatilayotgan axborotning yuqori darajada himoyalanganligi.
Butun dunyoda LPWAN ning bir nechta tijorat tarmoqlari mavjud: Sigfox,
«STRIJ», LoRaWAN asosida qurilgan tarmoqlar. Rivojlanishning turli
bosqichlarida yangi texnologiya va standartlar ishlab chiqilgan va tadbiq qilingan.
Ular: eMTC, NB-IoT, EC-GSM-IoT, Weightless. LPWAN ning asosiy
texnologiyalari tarkibiga kiruvchi LoRaWAN texnologiyasini tahlil qilamiz.
LoRaWAN standarti texnik xususiyatlari ochiq hisoblanib, tarmoqni
kengaytirish uchun ishlab chiqaruvchi va hamkorlar tomonidan hech qanday
cheklovlar va qandaydir shartnomalarni tuzishni talab qilmaydi. Shu va boshqa
omillar LoRaWAN texnologiyasini tanlashga boʻlgan ehtiyojni oshirdi.
LoRaWAN (Long Range Wide-Area Networks) – bu katta radiusli keng
polosali tarmoqlar deb tarjima qilinib, OSI ning kanal darajasidagi MAC protokoli
hisoblanadi. LoRaWAN tarmogʻi oddiy arxitekturali «yulduz» topologiyasida
qurilgan boʻlib, tarmoq bogʻlamalar kam quvvat sarf qiluvchi (10 yilgacha xizmat
qiluvchi oddiy batareyka), maʻlumot almashish uchun katta boʻlmagan tezlikda
lekin uzoq masofalarga (qishloq hududlarda 15 km gacha, zich qurilgan shahar
hududida 5 km gacha) aloqa va kam sarf xarajatli oxirgi qurilmalar (terminallar)
bilan xarakterlanadi.
LoRa texnologiyasi past chastotali litsenziyasiz chastota diapozonida,
spektorni kengaytirishga asoslangan (Spread Spectrum Modulation, SSM) va
toʻgʻridan toʻgʻri xatolarni tuzatish (Forward Error Correction, FEC) orqali
chiziqli chastota oʻzgarishiga (Chirp Spread Spectrum, CSS) asoslangan
modulyasiyalardan foydalanadi. Padiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasi
qaroriga muvofiq, texnologiyalar xususiyatini hisobga olgan holda va LoRaWAN
uskunasida amalga oshirish imkoniyatidan kelib chiqib chastotalar rejasi ishlab
chiqildi.
203
LoRaWAN tarmogʻi uchun 125 kGs kenglikdagi 864-865 MGs chastota
diapazoni (ishchi sikl 0,1% gacha) va 868,7-869,2 MGs ga teng ettita chastota
kanali aniqlandi. LoRaWAN tarmogʻi tuzilishi quyidagi 1-rasmda keltirilgan:
Oxirgi qurilmalar (end-node), baza stansiyasi (shlyuzlar), tarmoq serveri, (MQTT-
serveri), ilovalar serverlardan (ORS serveri, SCADA-tizimi, GIS serveri) iborat
boʻladi.
1.1 – rasm. LoRaWAN tarmogʻining tuzilishi
Maʻlumotlarni qayta ishlash va foydalanuvchi interfeysini tashkil qilishda
maʻlumotlar oqimi darajasida SCADA-tizimini va geoinformatsion tizimlarni
integratsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
LoRaWAN tarmogʻi kvartira va umumiy yashash uylari suv
hisoblagichlaridan, elektr energiyasidan, gaz hisoblagichlaridan maʻlumotlarni
yigʻish va uzatish jarayonini samarali avtomatlashtiradi.
LoRaWAN asosida yaratilgan yechimlar hayotimizning turli sohalarida
qoʻllanilishi mumkin, yangi xizmatlarni yaratish, yaʻni avvaliroq, mos keluvchi
texnologiyalarning qimmatligi yoki mavjud emasligi tufayli umuman koʻrib
chiqilmagan xizmatlarni yaratish mumkin boʻldi. Agrosanoat kompleksi, uy-joy
kommunal xoʻjaligi, ishlab chiqarish sektori, logistika va omborxona, ekologik
xavfsizlik xizmati, sogʻliqni saqlash - bularning barchasi LPWAN ning potensial
isteʻmolchilari hisoblanadi.
204
SHu bilan birga LoRaWAN texnologiyasi lokal yyechimlarni joylashtirish
uchun muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin. Yyechimlarni amalga oshirishning
iqtisodiy samarasi aniq - bu tezkor joylashtirish, oʻrnatishning soddaligi, tashqi
elektr taʻminoti tarmoqlariga ulanmasdan qurilma toʻliq ajralganligi, axborotning
yuqori xavfsizligi va arzon narxlar hisoblanadi. Bu texnologiyalarni ta’lim tizimiga
bir qator rivojlangan mamlakatlarda keng joriy etilmoqda.
Barselonadagi Mobile World Congress 2019 - Butunjahon mobil kongressda
Xitoyning mashhur Huawei kompaniyasi Huawei Enterprise yoʻnalishi «Raqamli
platforma», «har qanday nuqtadan foydalanish imkoniyati» va «hamma yerda
ishlatiladigan intellektual toʻplam va maʻlumotlarga qayta ishlash» kabi uchta
koʻrgazma maydonida toʻrtta flagman mahsulotni namoyish qildi. Sun’iy intellekt
texnologiyasi asosidagi yechimlar va mahsulotlar singari oʻzining ilgʻor
texnologiyalari hamda manfaatli va ishonchli ekotizimlardan tashqari, Huawei
Enterprise shahar transport tizimida va chakana savdoda sun’iy intellektdan
foydalanish variantlarini taqdim etdi.
9.1- rasm. Azure bulutli xizmati tizimi
Raqamli platforma: Ushbu maydonda bulut, Internet buyumlari va
maʻlumotlarni tarmoqda saqlashga oid all-flash kabi ilgʻor raqamli yechimlar,
205
maʻlumotlar, biznesdagi oʻzaro aloqa va oxir oqibatda raqamli oʻzgarishini
tezlashtiruvchi yangi texnologiyalarni adaptiv tatbiq etish jarayonini yoʻlga qoʻyish
uchun qay tarzda Huawei Digital Platform raqamli platformasiga integratsiya
qilinishi koʻrsatildi. Bu yerda dunyodagi eng tezkor All Flash MTS OceanStore
Dorado seriyasi, jumladan moliya, sanoat va neft sohalarida raqamli oʻzgarishlarni
tezlashtirish imkonini beruvchi oʻrta va yuqori narx diapazonlaridagi qurilmalar,
shuningdek OceanStore Dorado3000 V3 yangi bazaviy yechimi tanishtirildi.
Bundan tashqari, Huawei Enterprise yoʻnalishi shaharni yanada intellektual
boshqarish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va sohani rivojlantirish uchun
internet buyumlar, katta hajmli maʻlumotlar, geografik maʻlumotlar, video va
konvergent aloqalarni birlashtiruvchi aqlli shaharning raqamli platformasini
koʻrsatib beradi.
Har
qanday
nuqtadan
foydalanish
va
uning
imkoniyatlari
CloudEngine16800 sun’iy intellekt asosidagi MTM (maʻlumotlarni tahlil qilish
markazi) uchun jahondagi ilk kommutator ekanligini koʻrsatib beradi. U sun’iy
intellektning (SI) hisoblash quvvatini 50 % dan 100 % ga, IPOS (soniyasiga kirish-
chiqish operatsiyalari soni) maʻlumotlar omborini 30 % ga oshiradi va soha
boʻyicha
oʻrtacha
kattalikni
besh
marta
oshiruvchi
kommutatorning
samaradorligini taʻminlaydi. Stendda 2019-yilda barcha ssenariylar uchun
yangilangan LAN Wi-Fi 6 yangi yyechimi taqdim etildi. Wi-Fi sohasida eng
samarali yechim jahonda ilk tijoriy kira olish nuqtasi Wi-Fi 6 va uning eng keng
qamrovli portfoliosi Wi-Fi 6 larni oʻz ichiga oladi, ularga ofislar uchun AP7650
(aqlli antenna), chakana savdo uchun AP7060DN (IoT-karta) va ta’lim uchun
AP8660(uchtalik radiochastotalar) kiradi. U Pudun, SHanxay (Shanghai Pudong
Education Bureau) ta’lim byurolarida va Xitoydagi Fudan universiteti «simsiz aqlli
kampus»da (Wireless Smart Campus) yoʻlga qoʻyilgan.
206
Do'stlaringiz bilan baham: |