9.5.
IoT - buyumlar interneti sohasida xavfsizlik masalalari.
Oxirgi paytlarda axborot xavfsizligi masalasiga tegishli boʻlgan barcha
tadbirlarda eng koʻp muhokama qilinayotgan asosiy masalalardan biri bu
“buyumlar interneti” hisoblanadi. Aynan ushbu texnologiya oʻtgan yili ham ushbu
soha mutaxassislar aqlini koʻproq egallab, turli ommaviy axborot vositalaridagi
yangiliklarda tez-tez uchrab turdi. Ekspertlarning fikricha ushbu tendensiya
kelgusida ham pastlamaydi. SHu sababli, ushbu maqolamizda “buyumlar interneti”
nomi ostida qoʻllaniladigan texnologiyalar tomonidan ayni paytda etkazilishi
mumkin boʻlgan dolzarb xavflar koʻrib chiqiladi.
Internetga chiqishi mavjud boʻlgan koʻp sonli qurilmalar buzilishdan etarli
darajada himoyalanmagan boʻladi. Ularning koʻpchiligiga bir xil parollar
oʻrnatilgan boʻlib, baʻzilarida koʻpchilikka maʻlum boʻlsada, biroq tuzatilmagan
zaifliklar mavjud. “Aqlli” buyumlarni ishlab chiqaruvchilar aksariyat holatlarda
xavfsizlik masalalariga befarqlik munosabatida boʻladi, foydalanuvchilarning esa,
uyidagi har bir buyum bilan shugʻullanishga vaqti boʻlmaydi. Bunday vaziyat esa
fojeaviy oqibatlarga olib keladi. Oʻtgan yili “narsalar interneti” bilan bogʻliq
hodisalar orasida eng ovoza boʻlgani Miraj botneti boʻldi. U deyarli butunlay
obroʻsizlantirilgan IoT-qurilmalardan tashkil topgan boʻlib, tarixdagi eng yirik
DDoS-hujumlarga sabab boʻldi. Qonunbuzarlar faoliyatining asosiy mazmuni, IoT-
qurilmalarni boshqarishda koʻp foydalanadigan soddalashtrilgan Linux versiyasi
219
boshqaruvidagi qurilmalarga kirib boradigan troyan dasturidan foydalanishdan
tashkil topgan. Bunda buzib kirish harakatining oʻzi unchalik murakkab emas
boʻlib chiqdi dastur bor-yoʻgʻi 61 ta defoltli loginlar va parollar kombinatsiyasini
toʻliq
terish
usuli
orqali
qurilmaga
kirishni
qoʻlga
kiritgan.
Biroq
obroʻsizlantirilgan qurilmalarning umumiy soni 493 mingdan oshgan edi. Ularning
orasida termoregulyatorlar, sovutgichlar va tosterlar kabi “aqlli buyumlar” ham
mavjud edi. Miraj botnetidan DDoS-hujumlar choʻqqiga chiqqan vaqtda ularning
tezligi bir soniyada bir terrabaytgacha etgan. DNS operatoriga uyushtirilgan
hujumda ushbu botnetdan foydalanish, hujumni qaytarish uchun qoʻllanilgan
tezkor tadbirlarga qaramasdan taniqli bir qator xizmatlarga kirishda muammolar
tugʻdirdi, bular jumlasiga Twitter, GitHub, Soundcloud va Spotify xizmatlari
kiradi.
Har kunlik hayotimizga yuksak texnologiyalarning kirib kelishi yangidan-
yangi xavflarni taqdim qiladi. YAqingacha qonunbuzarlarning faolligi axborot
xavfsizligi bilan cheklangan boʻlsa, hozirda xavf ostiga odamlarning hayoti va
sogʻligi qolmoqda. Hozircha bular havotirli tahmin hisoblanadi, biroq hayotiy
reallik IoT-qurilmalar bilan ishlashda jismoniy xavfsizlik haqida bugundan
qaygʻurishga majbur qilmoqda. Eng dolzarb masala – kun sayin “aqlli” boʻlib
borayotgan avtomobillar hisoblanadi. Bugungi kunda avtonom mashinalar
Gonkong, Dubay, AQSHning bir qator shtatlari va Evropaning baʻzi
mamlakatlarida koʻcha kezib yuribdi. Ammo bunday avtonom avtomobillar
baʻzida xalokatga uchraydi, masalan, Tesla avtopilotining ishidagi nosozliklar
bilan bogʻliq noxush hodisalar koʻp muhokamaga uchraydigan holat boʻldi. Ushbu
hodisalar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga avtomobil egasi olishi kerakmi yo
uning ishlab chiqaruvchisimi, buni hali aniqlash zarur. Avtopilot tizimini hisobga
olmagan holda ham, bilamizki, zamonaviy avtomobil turli yuqori texnologiyali
modullar bilan, boshqaruv datchiklari va vositalari bilan jihozlangan, ular, tabiiyki,
distansion boshqaruvga ega, shu jumladan internet orqali ham.
Borgan sari, avtomobillardagi muammolar haqida yangidan-yangi xabarlar
tarqalmoqda, ular mashinalarning mexanizmlari bilan emas, balki, aynan dasturiy
220
taʻminot bilan bogʻliq. Ushbu dasturiy taʻminotning xavfsizligi, huddi maishiy
IoT-qurilmalarining holatidagidek hali anchagina ish talab qiladigan ahvolda.
Ushbu muammo turli ishlab chiqaruvchilarga tegishli: masalan, oʻtgan yilning
kuzida General Motors kompaniyasi dasturiy taʻminotdagi xatoliklar tufayli 3
milliondan ortiq avtomobillarni qaytarib olishga majbur boʻldi, ushbu xatoliklar
xavfsizlik yostiqchasi va xavfsizlik kamarining nosozliklari bilan bogʻliq boʻlgan.
SHuningdek, Volkswagen konserni bilan sodir boʻlgan janjal haqidagi ovoza keng
tarqaldi,
bunda
avtomobillarga
zararli
moddalarni
chiqarishning
real
koʻrsatkichlarini pasaytirib koʻrsatuvchi dastur oʻrnatilgan. Bundan tashqari,
avtomobillarni “kompyuterlashtirish” sababli ularni masofali buzish imkoni
mavjud boʻldi. SHu yoʻl bilan tadqiqotchilar va xakerlar Chrysler, Tesla,
Mitsubishi kompaniyalariga tegishli va bir qancha boshqa rusumdagi
avtomobillarga avtorizatsiyalanmagan kirish huquqini qoʻlga kiritishdi. Agar
avtomobillarni buzish – unchalik qoʻrqinchli tuyulmasa, u holda tibbiyot
sohasidagi ishlar umuman oʻzgacha ahvolda. Yuksak texnologiyalar tibbiyot
xodimlariga katta imkoniyatlar taqdim etadi, telemeditsinadan tortib, to
diagnostika va davolashning zamonaviy usullarigacha. Biroq bu yerda ham
xavfsizlik masalasi hal qilinmagan. Tibbiyot texnikasini ishlab chiqaruvchi
mutaxassislar koʻpincha yovuz niyatlilarning aralashish ehtimolini eʻtibordan
chetda qoldiradilar. Axborot xavfsizligining ekspertlari telemeditsinaga oid
servislar va texnik vositalarni tahlil qilib, havotirli xulosaga keldilar – kasal va
shifokor orasidagi bogʻlanish aksariyat holatlarda zaif hisoblanadi. Ushbu
muammoni shifrlashni qoʻllagan holda bartaraf etsa boʻladi, biroq, telemeditsina
uchun allaqachon zaif shifrlanmagan protokolli asboblardan foydalanilmoqda.
Surunkali ogʻir kasalliklari boʻlgan odamlar egnida olib yuruvchi qurilmalar
ularning sogʻligi uchun alohida xavf tugʻdiradi, bular insulin pompalari va
kardiostimulyatorlar.
Zaif
simsiz
uzatkichlar
kardiostimulyatorlar
va
defibrillyatorlarga topshiriq yuborishi mumkin, qurilmalarning koʻpchiligi esa 830
voltgacha boʻlgan tokni generatsiya qila olishi mumkin. Koʻpchilik davlatlarda
221
bunday qurilmalarning sifati uchun toʻgʻridan-toʻgʻri javob beradigan mutasaddi
idoralar mavjud emas.
Kengayib borayotgan “buyumlar interneti”ga oid boʻlgan yana bir masala,
bu foydalanuvchilarning gʻayrirasmiyligi masalasidir. Gap shundaki, “aqlli”
qurilmalar oʻz egalari toʻgʻrisida anchagina miqdorda maʻlumot toʻplaydi.
Qurilmalar egalari haqida, ularning ishlab chiqaruvchilari ham aynan nimani
bilishlari ustidan deyarli nazorat qilib boʻlmay qoldi.
Noqulay, biroq optimistik ssenariyda ushbu maʻlumotlar reklama
beruvchilarga sotilishi mumkin. Ammo ushbu maʻlumotlar qonunbuzarlar qoʻliga
tushib qolsa vaziyat boshqa koʻrinish olishi turgan gap. Bunday qurilmalardan
olingan maʻlumotlar foydalanuvchining maksimal darajadagi toʻliq va batafsil
“portreti”ni shakllantirib berishi mumkin. Bugungi kunning oʻzida Shodan xizmati
yordamida ancha keng miqdordagi veb-kameralardan video tomosha qilish
mumkin. Foydalanuvchilar allaqachon ushbu xizmat orqali banklar, kollej va
maktablarni, politsiya xodimlarining buzilgan kameralaridan translyasiyalarni,
xususiy uylar va bebi-monitorlar “kuzatuvi” dagi uxlayotgan koʻp sonli yosh
bolalarni tomosha qilish yoʻllarini aniqlab topganlar.
Bundan tashqari, koʻpchilik foydalanuvchilar bu vaziyat bilan bogʻliq
boʻlgan davlatning oʻz fuqarolari ustidan kuzatib yurish holatlarining koʻpayib
ketishidan havotirdalar. Koʻp davlatlarning maxsus xizmatlari tahmin qilinayotgan
qonunbuzarlarni asossiz kuzatuvga olganliklari va raqamli sohadagi vakolatlaridan
haddan ortiq foydalanganliklari sababli tanqid ostida koʻp qolmoqdalar. Bu borada
uylarimizdagi “aqlli” qurilmalarimiz anchagina katta boʻlgan hajmdagi
maʻlumotlarni taqdim etmoqda. Misol tariqasida AQSHning Arkanzas shtatida
sodir boʻlgan voqeani keltirib oʻtamiz. Xonadon egasi tomonidan Amazon
kompaniyasidan sotib olingan aqlli kolonka mudxish qotillikning “guvohi”ga
aylandi. Tergov olib boruvchilar ushbu qotillikni xonadon sohibi sodir etgan deb
hisoblamoqdalar. Amazon Echo kolonkasi ovozli boshqaruvga ega va muvofiq
ravishda uyda roʻy berayotgan barcha narsalarni eshitadi va yozib oladi.
Kolonkadan tashqari politsiya ashyoviy dalil sifatida “aqlli uy”ning boshqa
222
qurilmalaridan ham foydalangan: termostat, signalizatsiya tizimi va suv
oʻlchagichdan.
“Internet buyumlar” bilan bogʻliq muammolar barchaga maʻlum, biroq
ularning yyechimini tezlik bilan topishga hozircha imkon mavjud emas. Bunga
qaramay, bu yoʻnalishda siljishlar kuzatilmoqda. Yaqindan boshlab davlatlar ushbu
mavzu bilan jiddiy shugʻullana boshladilar. Masalan, Rossiyada 2017 yilda
industrial internetga oid normativ-huquqiy bazani yaratish boʻyicha harakatlar
boshlab yuborildi. Jumladan, uskunalar va dasturiy taʻminot darajasida
maʻlumotlarni toʻplash infratuzilmasiga talablar ishlab chiqilgan va maʻlumotlarni
toʻplash, ishlov berish va saqlash tartiblari belgilangan. Amerika hukumati ham
borgan sari IoT-qurilmalariga tegishli muammolar bilan koʻproq shugʻullana
boshlagan. Xususan, AQSHning Ichki xavfsizliki vaziri va Ichki xavfsizlik
departamenti ishlab chiqaruvchilarni qurilmalarni xavfsizliklarini, yuqorida keltirib
oʻtilgan DNS-provayderga uyushtirilgan DDoS-hujumdan soʻng maksimal
darajada taʻminlashlariga chaqirdilar.
2017 yilda Toshkent shaxrida «ICTWEEK Uzbekistan – 2017» axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Xalqaro elektraloqalar
ittifoqining «IoT» buyumlar interneti sohasi kiber xavfsizligining muhim
masalalariga bagʻishlangan hududiy seminar oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish
vazirligi hamda Xalqaro elektraloqalar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan tadbirda
Oʻzbekiston, Moldova, Ukraina, Qozogʻiston, Rossiyadan olim va mutaxassislar,
«Cisco», «ZTE», «Huawei», «Microsoft», «Softline» kompaniyalari vakillari
ishtirok etdilar. Ilmiy-texnik taraqqiyot internet-texnologiyalaridan foydalanish
koʻlamini kengaytirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda elektr jihozlarining soʻnggi
modellariga internet tarmogʻiga ulanish imkonini beruvchi uskuna va moslamalar
oʻrnatilmoqda. Bu jihozlarni loyihalash va foydalanishda axborot xavfsizligini
taʻminlash majburiy talablardan biridir. SHu jihatdan Oʻzbekistonda elektron
uskuna va tizimlar kiber xavfsizligini oshirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga
oshirilmoqda. Seminarda kiber xavfsizlik masalalarida davlat va xalqaro
223
hamkorlikning ahamiyati xaqida soʻz yuritildi. Axborot xavfsizligi butun dunyoda
AKT barqaror rivojlanishining muhim tamoyillaridan biri ekani tan olingan. Har
bir davlatda kiber tahdidlarga qarshi kurashuvchi mexanizm va tashkilotlar
shakllantirilgan yoki shakllantirilmoqda.
Prezidentimizning 2017 yil 29 avgustdagi «Axborot-kommmunikatsiya
texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekistonda Axborot xavfsizligi va
jamoat tartibini taʻminlashga koʻmaklashish markazi tashkil etildi. Markazning
vazifasi axborot xavfsizligiga raxna solayotgan zamonaviy tahdidlar haqida
maʻlumot yigʻish, ularni tahlil qilish va saqlash, davlat tashkilotlarining axborot
tizimlari, maʻlumotlar zaxirasi va bazasiga noqonuniy kirishning oldini olishga
qaratilgan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni qabul qilish boʻyicha
taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdir. Zero, hech qanday chegara mavjud boʻlmagan
internet olamidagi kiberjinoyatlar tobora xalqaro tus olmoqda. Bu tahdidlarga
qarshi kurashish uchun Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi boʻlib
Oʻzbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro
xavfsizlik tizimiga qoʻshildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |