O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


-Mavzu nomi: Korxonalarning moliyaviy



Download 290,57 Kb.
bet50/59
Sana20.04.2022
Hajmi290,57 Kb.
#567078
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59
Bog'liq
moliya

6-Mavzu nomi: Korxonalarning moliyaviy

natijalarining tahlili.

2 KORXONANING MOLIYAVIY NATIJALARINI TAXLILI Moliyaviy natijalarini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari Moliyaviy natijalarning shakllanishi va davolash turlari Mahsulot (ish, xizmat) larni sotishdan olingan natija va uning tartibiga ta'sir etuvchi omillar tahlili Rentabellik va unga ta'sir etuvchi omillar tahlili
3 Foyda(daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti maqsadi bo‘yicha qaraladi. Jahon amaliyotida foyda keltirishda bo‘lmagan biznesni rivojlantirish tadbirlari vositasida qaraladi. Daromadlar - bu hisobot davomiyligi iqtisodiy foydaning aktivlarning oqimi yoki ko 'payishi asos o 'sishi yoki passivlarning qatnashchilarning kapitaldagi omonatlaridan uzoqq etuvchi o 'sishiga olib keluvchi kamayishidir. Xarajatlar - hisobot jarayoni iqtisodiy foydaning aktivlarning chiqib ketishi yoki keng qamrovli foydalanish ostida kamayish, boshqarish, qatnashchilarni boshqarish kapitalning kamayishiga olib
O‘z navbatida boshqaruv tahlili quyidagi xususiyatlar bilan ifodalanadi: 1) korxona tijorat sirlarini saqlash maqsadida boshqaruvlik tahlilning yopiqligi; 2) boshqaruv tahlili o‘tkazilganda foydalanadigan ma’lumotlar tarkibi chegaralanmaydi. Bu tahlilda ochiq moliyaviy xisobot ma’lumotlaridan tashqari, birlamchi buxgalteriya xisobi ma’lumotlari, maxsus tashkil qilib yig‘ilgan ma’lumotlaridan foydalaniladi; 3) boshqaruv tahlilida tahlil yo‘nalishlari, foydalanilayotgan ko‘rsatkichlar, bajariladigan vazifalar chegaralanmaydi; 4) boshqaruv tahlilining yakunlari ichki maqsadlar xamda moliyaviy holatni yaxshilash uchun foydalaniladi. Ko‘rinib turibdiki, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish keng miqyosda va aniq vazifalarni bajarish uchun o‘tkaziladi. Korxonalarni ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish uchun an’anaviy, qadimdan qo‘llanib kelinayotgan usullar bilan birga, keng tarzda statistika usullari, moliyaviy holatni ifodalovchi ma’lumotlarni yig‘ish va umumlashtirish, statistik kuzatishlarni o‘tkazish, mutlaq, nisbiy, o‘rtacha, dinamik ko‘rsatkichlardan foydalanish, dinamik qatorlardan, iqtisodiy indekslar tizimidan, omillararo korrelyasiya aloqalarini aniqlash, jadval va chizma tizimidan foydalanish lozim. Umuman tahlil qilish usullari, ayniqsa, moliyaviy holatni tahlil qilish usullari bozor munosabatlariga o‘tish bilan yanada takomillashtirilishi, korxonalararo taqqoslash, raqobatchi va ilg‘or korxonalar bilan taqqoslash hamda korxonalarning istiqbol moliyaviy holatini tahlil qilish usullari katta ahamiyatga ega bo‘lib qoladi. Moliyaviy tahlil ko‘p qirrali murakkab ish bo‘lib, u o‘z ichiga korxonalarda shakllangan moliyaviy holatni, uning alohida yo‘nalish bo‘yicha moliyaviy holatini aniqlovchi shart-sharoit, omillarni, korxonalar moliyaviy holatini kelgusida ko‘tarish imkoniyatlarini, zaxiralarini, yo‘nalishlarini tahlil qilishni oladi. Demak, moliyaviy tahlilni xar tomonlama tayyorlab, so‘ng o‘tkazish lozim. Shu sababli moliyaviy tahlilni tayyorlash va o‘tkazish bir qancha bosqichlarni o‘ziga olib, ular quyidagilardan iborat: - moliyaviy tahlilni o‘tkazishning ishchi dasturini tuzish. Dasturda tahlilning maqsadi va vazifalari aniqlanadi; - tahlilni o‘tkazuvchilarning tarkibini aniqlash, ya’ni tahlil qiluvchilarning ro‘yxatini tuzish; - tahlil uchun foydalaniladigan iqtisodiy ma’lumotlarni to‘plash; - moliyaviy tahlilda foydalanadigan ko‘rsatkichlar tizimini aniqlash; - moliyaviy tahlil ko‘rsatkichlarini xisoblash usullarini aniqlash; - tahlilda foydalanadigan ko‘rsatkichlarni xisoblash va ularni umumlashtirish; - tahlil yakunlarini jadvallar va chizmalarda shakllantirish; - moliyaviy tahlil natijasida xotima tayyorlab, unda tahlil yakunlari bo‘yicha xulosalar chiqarib, kelgusida korxonaning moliyaviy holatini ko‘tarishga bag‘ishlangan tavsiyalar ishlab chiqish; - moliyaviy tahlil yakunlarini maxsus yig‘ilishda muhokama qilish; - tahlil yakunlari bo‘yicha muhokama natijalarini e’tiborga olib, korxonaning moliyaviy holatini ko‘tarish maqsadida boshqaruv tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan tadbirlar ishlab chiqib, ularni korxona raxbariyatining maxsus qarorida ifodalash. O‘tkazilayotgan moliyaviy tahlilning darajasi va mazmuni foydalanilayotgan ma’lumotlar bazasiga bog‘liй iqtisodiy fanlarning rivojlanishi, buxgalteriya xisobi va xisobotlarining takomillashtirilishi bilan ma’lumotlar bazasi ham takomillashib boradi. Demak, foydalaniladigan ma’lumotlar moliyaviy tahlilning manbalari bo‘lib xisoblanadi. Bunday manbalar sifatida korxonalarning yillik va boshqa xisobotlarini ko‘rish mumkin.
Тadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash yo‘llari
Moliya – pul mablag‘laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimi bo‘lib, uning vositasida turli darajada pul mablag‘lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takрoр ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya iqtisodiyot va tadbirkorlik doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradi. 1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko‘rsatish vazifasini bajaradi.
2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi qismini korxonalar, iqtisodiyot taрmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi.
3. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va saрflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Har ikki holda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning piрovaрd natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag‘ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Eng avvalo, korxonalar (taрmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan faрqlash lozim. Korxona va taрmoqlar moliyasi ulardagi takрoр ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo‘li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, soliqlarni, ijtimoiy sug‘uрta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug‘uрtasi fondini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy Markazlashgan fondi bo‘lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug‘uрta (ijtimoiy sug‘uрta, tibbiy sug‘uрta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, taрixiy yodgoрliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko‘mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati oрtib boradi. Umuman, tadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash manbalariga quyidagilar kiradi: 1) o‘z mablag‘lari; 2) davlat yoki mahalliy byudjet mablag‘lari; 3) qarz yoki kredit mablag‘lari; 4) xorijiy yoki mahalliy investoр mablag‘lari; 5) homiylik, beg‘aрaz yordam mablag‘lari xali ham ilmiy, ham amaliy nuqtai nazardan asoslangan uslub bilan ta’minlanmaganlar. Bu xolat, albatta, bozor munosabatlarini shakllantirish davrida korxona va tashkilotlarga samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy ro‘l o‘ynamoqda.
Boshqaruv samaradorligi va uni oshirish yo‘llari
Boshqaruv faoliyati omillarining barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Korxona xo‘jalik faoliyatining yakuniy natijasi (foyda)ni unga erishishga saрflangan resurslar bilan taqqoslash ishlab chiqarishning samaradorligini aks ettiradi.

Vertikal tahlilda natijaviy natijalarning shakllanishini bir qatorli va ko 'p qatorli usullarida o 'zaro farqlanishlarga va nisbiy o 'zgarishlar baho xizmat. Gorizontal tahlilida esa yakuniy natijalarning bo 'ylamasiga tarkiblanishi va boshqarish o 'zgarishlari o‘rganildi. Asosli yoki trend tahlilida operatsion natijalar va ularni boshqarish yo 'yicha o 'zgarishi, dinamikasi yoki asos yiliga ta'sir o 'zgarishdlariga baho xizmat.


5 KOrxonalarning natijalarini tahlil qilish va tahlil qilish bo‘yicha tahlilning asosiy vazifalari bo‘lib o‘tishi mumkin: 1.ishlab chiqarish foydalilik darajasiga baho berish; 2.korxonani boshqarish natijalarini tarkibi, tuzilishi va dinamik tartiblariga baho berish; 3.biznes rejada ishlash foydalilik darajasiga erishilganligi va unga ta'sir etgan omillarni o‘rganish hamda baho berish; 4.foydaning shakllanishi va ishlatilishining tartibligini tekshirish; 5.foydaning ko‘paygan yoki kamaytirilganligiga mahsulot (ish, xizmat) lar sotishdan va boshqa xizmatlardan erishilgan natijalarni ta'sir etishini aniqlash; 6.korxonaning yalpi foydasi va unga ta'sir etuvchi omillarga baho berish; 7.soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan foydaning shakllanishiga va unga ta'sir etuvchi omillarga baho berish;


Download 290,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish