Mahsulot sifatining tahlili
Ko‘rsat-kichlar
|
Mahsulot birligini bahosi, so‘m
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot, (dona)
|
Reja-ning bajarilishi, %
|
Jami mahsulotdagi ulushi, (%)
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati (ming so‘m)
|
biznes rejada
|
haqi-qatda
|
biznes rejada
|
haqi-qatda
|
biznes rejada
|
haqi-qatda
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
Oliy sifatdagi mahsulot
|
10000
|
5000
|
6000
|
120
|
45,4
|
43,0
|
50000
|
60000
|
Birinchi sifatdagimahsulot
|
6000
|
10000
|
15000
|
150
|
54,6
|
57,0
|
60000
|
80000
|
Jami
|
X
|
15000
|
21000
|
140
|
100,0
|
100,0
|
110000
|
140000
|
O‘rtacha nav (sort)lilik koeffitsiyenti:
rejada
|
haqiqatda
|
10000/(15000*10000/1000)=0,733
|
140000/(21000*10000/1000)=0,666
|
Mahsulot biriligining o‘rtacha sotish bahosi
rejada
|
haqiqatda
|
110000/15000=7333 sum
|
140000/21000=6666 sum
|
Mahsulot sifatiga odatda quyidagi omillar ta’sir qiladi: foydalanilayotgan xomashyo va materiallar sifati; xodimlarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi; ishlab chiqarishda ishtirok etadigan texnika va texnologiyani holati va uning progressivligi; ishchi va xodimlarning mahsulot sifatiga javobgarligi hamda ularning moddiy rag‘batlantirilishi va hokazo.
Mahsulot ishlab chiqarishda eng muhim masala bu innovatsion, yangidan yaratilgan mahsulotlar hajmining, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilganligiga baho berishdan iboratdir.
Innovatsion mahsulot – yangi, takomillashtirilgan, texnologik o‘zgarishlar tufayli yaratilgan mahsulotdir. Oldingi mahsulotlardan sezilarli yoki tubdan farq etuvchi mahsulotlardir.
Eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning jami mahsulotlar tarkibidagi salmog‘iga baho berish orqali korxonaning joriy va istiqboldagi taktik strategiyalari ishlab chiqiladi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni dinamik tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
Bazaviy bahoda qiymati
|
Mutlaq o‘zgarishi (+,-)
|
2015 y.
|
2016 y.
|
2017 y.
|
2016 y.
2015
yilga nisbatan
|
2017 y.
2016 yilga nisbatan
|
2017 y.
2015 yilga nisbatan
|
Jami mahsulot hajmi, ming so‘m
|
282792
|
442606
|
532036
|
+159814
|
+89430
|
+249244
|
Innovatsion mahsulot hajmi, ming so‘m
|
52300
|
85602
|
120400
|
+33302
|
+34798
|
+68100
|
Innovatsion mahsulotlar soni
|
3
|
5
|
8
|
+2
|
+3
|
+5
|
Innovatsion mahsulotlarning jami mahsulot tarkibidagi salmog‘i,%
|
18.4
|
19.3
|
22.6
|
+0.9
|
+3.3
|
+4.2
|
Korxonada innovatsion mahsulotlarning hajmi 2016-yilda 2015- yilga qiyosan 33302.0 ming so‘mga, 2017-yil 2016-yilga qiyosan 34798 ming so‘mga, 2017-yil 2015-yilga qiyosan 68100 ming so‘mga ortgan. Shu bilan birga jami mahsulotlar tarkibida innovatsion mahsulotlar hajmi 2015-yilda 18.4 %ni, 2016-yilda 19.3 %ni, 2017-yilda 22.6 % ni tashkil etganligini ijobiy baholash mumkin. Innovatsion mahsulotlarning soni ham mos ravishda 2, 3 va 5 taga ko‘paygan.
MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI TAHLILI
8.1. Ishlab chiqarishni tashkil etishning nazariy va
uslubiy jihatlari
Ishlab chiqarishni tashkillashtirish mavjud mehnat, moddiy va pul resurslaridan unumli foydalanishni o‘zida aks etgan kompleks tadbiriy choralar yig‘indisidan iborat. Ishlab chiqarishni tashkillashtirish mahsulot ishlab chiqarish hajmi, shartnoma, majburiyatlarni bajarilishi, xarajatlarni kamaytirish, ijtimoiy va iqtisodiy muammolar yechimini o‘z ichiga oladi. Kompleks tahlil orqali korxonaning ishlab chiqarishini tashkil etish darajasi, haqiqiy va bazis davridagi ko‘rsatkichlarini taqqoslash tufayli ko‘rilgan tadbiriy choralar rejasining bajarilishini baholaydi; ishlab chiqarishni tashkil etishning takomillashtirishni xo‘jalik faoliyati natijalariga bo‘lgan ta'sirini aniqlaydi; rezervlar hisoblanadi va ulardan foydalanish yo‘llarini belgilaydi. Qimmatli uskuna, mexa- nizm, mehnat resurslaridan to‘liq foydalanmaslik ishlab chiqarish xarajatlarini ortib ketishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish darajasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi (25-chizma):
Ishlab chiqarishni ixtisoslashuv va kooperatsiya darajasi.
Ishlab chiqarish jarayonining davom etish muddati va strukturasi.
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi.
Ishlab chiqarishni maromiyligi.
Ishlab chiqarishning faollik darajasi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish darajasini kompleks baholash tizimida ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi, tig‘izligi va ixchamlik ko‘rsatkichlari hamda ishlab chiqarishning ta'minlanish va xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlari muhim o‘rin egallaydi. Bozor munosabatlari sharoitida korxonalarni ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi mahsulot tannarxini pasaytirish, unumdorlik darajasini oshirishda asosiy omil hisoblanadi. Ishning natijasi ishlab chiqarish maromi, ishlab chiqarishning faolligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ixtisoslashuv darajasini yuqori bo‘lishi texnika, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkillashtirishning takomillashuviga va korxonani mavjud resurslardan unumli foydalanishga olib keladi. Ishlab chiqarishni ixtisoslashuv darajasini kompleks tahlili bir necha ko‘rsatkichlar orqali amalga oshiriladi. Ixtisoslashuv darajasi sexda ishlab chiqarilgan mahsulot tipi, o‘lchami, jami mahsulotdagi maxsus bo‘linmalarning tutgan ulushlari orqali aniqlanadi va baholanadi. Ehtiyot qism va detallarni yetkazib berish bo‘yicha tutgan ulushlari baholashning asosiy ko‘rsatkichlari sifatida qabul qilinishi mumkin.
Ishlab chiqarishni tashkillashtirishning kompleks tahlilini asosiy maqsadi ishlab chiqarishni mutanosibligi, uzluksizligi, maromiyligi ko‘rsatkichlari bajarilishini baholashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |