O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti


Foydalanish va servis xizmatini ko‘rsatish faoliyatida



Download 5,75 Mb.
bet9/114
Sana01.04.2022
Hajmi5,75 Mb.
#523180
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114
Bog'liq
MAJMUA Ixtisoslikka kirish KT Elektrokimyo 2021-2022

Foydalanish va servis xizmatini ko‘rsatish faoliyatida:
- yog‘och va yog‘och asosidagi kompozision materiallar, mebel va duradgorlik buyumlari, ularning qismlari, detallari va yig‘ma birikmalarining loyihasini tizimli yondoshuv asosida avtomatlashtirilgan ravishda ishlab chiqishni takomillashtirish;
- bajarilayotgan tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, axborot va imitasion modellarni ishlab chiqish va tadqiq qilish;
- asbob-uskunalar, qurilmalar, mexanizmlar va jihozlar, ularning ishchi qismlari parametrlari va ish holatini tashxis sinovlaridan o‘tkazish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak.
Pedagogik faoliyatida (umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida):
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimining ta’lim muassasalarida tayyorgarlik yo‘nalishida nazarda tutilgan o‘quv fanlari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarni olib borish;
- o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazilishiga ko‘maklashish, ilmiy izlanishlarda ishtirok etish, ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil etish;
- o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-metodik hujjatlarni shakllantirish, tuzish va ularni tadbiq etish;
- o‘z ustida ishlab o‘qitilayotgan fanga tegishli metodlar va vositalarni muntazam takomillashtirib borish qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim.
Pedagogik texnologiyalar va ularning talabalar bilimini oshirishdagi ahamiyati
Ilmiy-texnik taraqqiѐt nafaqat aksariyat ishlab chiqarish sohasini texnologizasiyalashtiradi, talki u madaniyat, ta’lim sohalariga ham kirib bormoqda. Bugungi kunda informasion tibbiѐt, ta’lim va boshqa texnologiyalar to‘g‘risida fikr yuritish mumkin.
Texnologiya – grekcha so‘z bo‘lib, texnos-san’at, mahorat; logos – ta’limot degan ma’nolarni bildiradi.
Quyida pedagogik texnologiyaning ba’zi bir ta’riflarini keltiramiz.
B.Lixachev ta’rifi bo‘yicha «Pedagogik texnologiya – psixologik va pedagogik o‘gitlar yig‘indisi bo‘lib, shakllar, metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus to‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jaraѐnning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi».
YUNESKO tashkiloti ta’rifi bo‘yicha «Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning barcha jaraѐnlarini texnika va inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etish va belgilashning izchil metodidir».
«Pedagogik texnologiya – talaba va o‘qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali o‘quv jaraѐnini loyihalashtirish, tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha pedagogik faoliyatining har tomonlama o‘ylangan modalidir».
Pedagogik texnologiyaning turlarini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
a) insonparvarlik va demokratik pedagogik munosabatga asoslangan pedagogik texnologiya;
b) ta’lim oluvchilarni faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik texnologiya;
c) o‘qitish jaraѐnini samarali tashkil etish va boshqarishga asoslangan pedagogik texnologiya;
d) o‘quv materialini metodik takomillashtirish va didaktik rekonstruksiya qilishda pedagogik texnologiya;
e) xalq pedagogikasiga asoslangan texnologiya;
f) muqobil texnologiya;
g) umumiy politexnologiya.

Umuman olganda pedagogik texnologiya ta’lim maqsadlariga erishish va shaxsning rivojlanishiga qaratilgan pedagogik faoliyatni muttasil ravishda rivojlantirish tizimi loyihasidir.


Eng ommaviy interfaol metodlar quyidagilar sanaladi:


1. Interfaol metodlar: ―Keys-stadi (ѐki ―O‘quv keyslari), ―Blis-so‘rov, ―Modellashtirish, ―Ijodiy ish, ―Munosabat, ―Reja, ―Suhbat va b.
2. Strategiyalar: ―Aqliy hujum, ―Bumerang, ―Galereya, ―Zig-zag, ―Zinama-zina, ―Muzyorar, ―Rotasiya, ―T-jadval, ―Yumaloqlangan qor va h.k.
3. Grafik organayzerlar: ―Baliq skeleti, ―BBB, ―Konseptual jadval, ―Venn diagrammasi, ―Insert, ―Klaster, ―Nima uchun?, ―Qanday? va b.
Interfaol ta’lim metodlari va ularni qo‘llash tartibi. Ayni o‘rinda bir guruh interfaol ta’lim metodlari va ularni ta’lim amaliѐtida qo‘llash tartibi to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
“Aqliy hujum” strategiyasi
Strategiya talabalarni mavzu xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, o‘z tasavvurlari, g‘oyalaridan ijobiy foydalanishga doir ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi. U ѐrdamida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda ixtiѐriy muammolar yuzasidan bir necha orginal (o‘ziga xos) yechimlarni topish imkoniyati tug‘iladi. Strategiya mavzu doirasida ma’lum qarashlarni aniqlash, ularga muqobil g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
“Baliq skeleti” grafik organayzeri (GO)
GO talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va yechish qobiliyatini shakllantiradi. Uni qo‘llashda talabalarda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini ѐrituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga keltirish, ularni tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlanadi.
“Bilaman. bilishni xohlayman. bilib oldim” (BBB) GO
GO talabalarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Uni qo‘llashda talabalar guruh ѐki jamoada ishlashlari mumkin. Guruhda ishlashda mashg‘ulot yakunida guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilinadi.
O‘quv faoliyati bevosita ѐzuv taxtasi ѐki ish qog‘ozida o‘z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi:


Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish