5-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Respublika olimlarini sohaga oid ishlarining tahlili
Abdurasulova Amina Rahimovna - birinchi o‘zbek ayollari orasida kimyo fanlari doktori (1965), professor (1966). O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1939), organik kimyo kafedrasi assistenti (1943-1948), dotsenti (1948-1966), O‘zbekiston Milliy universiteti organik kimyo kafedarsi mudiri (1969 yildan). Ilmiy ishlari fenollar va ularning efirlarini alkillashga bag‘ishlangan bo‘lib, nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan. Ortosiklogeksilfenolni sintezi sanoatda qo‘llanilgan. 120 ta ilmiy maqola va 8 ta mualliflik guvohnomasi bor. Bir qator davlat mukofotlari sohibasi.
Saidnosirova Zarifa - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1968), professor (1970), kimyo fanlari nomzodi (1945). Birinchi o‘zbek ayol rassomi. Toshkentda “Pestolozzi” maktabi (1922-1926), Navoiy nomidagi ta’lim - tarbiya texnikumi (1924-1926) da o‘qigan. So‘ng O‘rta Osiyo universiteti fizika - matematika fkultetining kimyo bo‘limini tugatib (1926-1930), o‘rta maktablar, xotin - qizlar bilim yurti va ishchilar fakultetida fizika, matematika va kimyo fanlaridan dars bergan. Qishloq xo‘jalik institutida o‘qituvchi, dotsent va kafedra mudiri (1930-1986), Toshkent tibbiyot institutida o‘qituvchi (1932-1937). O‘quv - pedagogika nashriyotida muharrir (1934-1935). O‘rta maktablar va texnikumlar uchun “Kimyo” darsligi (1933) muallifi. Z.Saidnosirova pedagogik faoliyatdan tashqari, volfram kompleks birikmalari va kimyo terminlarining ruscha- o‘zbekcha lug‘ati ustida ilmiy ish olib brogan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). Tasviriy san’atga oid ishlari Oybek uy-muzeyida saqlanadi.
Rashidova Sayyora Sharopovna - O‘zbekiston FA akademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1993), Kimyo fanlari doktori (1983), professor (1984). Moskva universitetini bitirgan (1965), O‘zbekiston FA Kimyo institutida laboratoriya mudiri (1972-1979), polimerlar kimyosi bo‘limi rahbari (1979-1981), O‘zbekiston FA polimerlar kimyosi va fizikasi institute direktori (1981 yildan). Asosiy ilmiy ishlari yuqori molekulyar birikmalar kimyosi - polimerlar zanjirida kechadigan kimyoviy reaksiyalarga oid. S.Rashidova rahbarligida yo‘naltirilgan kimyoviy modifikatsiyali biologik faol polimerlar, dorivor preparatlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalarini olish uchun yuqori molekulali moddalarni tanlashning nazariy asoslari, qishloq xo‘jaligi ekinlari, urug‘larini ekishga tayyorlashda biologic faol polimerlarni qo‘llab kapsulalashning ekologik zarasiz texnologiyalarini ishlab chiqildi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Oliy Majlisning “Inson huquqlari” bo‘yicha vakili (1995 yildan). “Do‘stlik” (1999), “El - yurt hurmati” (2003) ordenlari bilan mukofotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |