80
ICMP, OSPF va RIP kabi boshqaruvchi axborotlarni almashish protokollarini
ishlatishi kerak boʻladi.
Bu protokollar ishning keyingi boʻlimida koʻrib chiqiladi.
Marshrutlash
algoritmlarida koʻrsatkich sifatida yoʻnalish uzunligi, mustaxkamlik, toʻxtalish,
oʻtkazish yoʻlining kengligi va yuklanishni ishlatish mumkin.
IP tarmoqlarida
manzillash negizi paketlarni marshrutlashga imkon beradi. Bir qadamli
marshrutlash oxirgi tugunlarda va marshrutizatorlarda default qatorini ishlatish
xisobiga marshrutlash jadvali hajmini kamaytirishga imkon beradi.
IP protokoli
paketlarni uzatishning toʻgʻri yoʻnalishini tanlashga imkon bermaydi. Paketlarni
uzatishning toʻgʻri yoʻnalishini tanlash boshqaruv axborotlari bilan almashish
protokollari asosida bajariladi.
Marshrutlashning har xil usullarida IP tarmoq ishini tahlil qilish.
ICMP boshqarish xabarlari bilan almashish protokoli
Boshqarish xabarlari bilan almashinuv protokoli ICMP (Internet Control
Message Protocol). Marshrutizator oxirgi tuguncha. Marshrutizator ushbu
tugundan kelgan bironta IP paketini uzatishda duch kelgan xatolar toʻgʻrisida xabar
berishiga imkon beradi.
Shuni aytish kerakki, ICMP protokoli – bu xatolar
toʻgʻrisida xabar beruvchi, lekin xatolarni tuzatuvchi protokol emas. Oxirgi tugun,
xato boshqa takrorlanmasligi uchun ayrim xarakatlar qoʻllashi mumkin, lekin bu
xarakatlar ICMP protokoli tomonidan belgilanmagan. ICMP protokolining xar bir
xabari tarmoq boʻyicha IP paket ichida uzatiladi. ICMP
xabarlari bilan IP paketlari,
boshqa xar qanday paketlar singari imtiyozsiz marshrutlanadi, shuning uchun ular
xam yoʻqolishi mumkin. Bundan tashqari, yuklangan tarmoqda, ular
marshrutizatorlarning qoʻshimcha yuklanishini keltirib chiqarishi mumkin. Xatolar
toʻgʻrisida juda koʻp xabarlar keltirib chiqarmasligi uchun xatolar toʻgʻrisidagi
ICMP xabarlarni tashuvchi IP paketlarning yoʻqolishi,
ICMP ning yangi
xabarlarini tugʻdirib chiqarmasligi kerak.
ICMP xabarlarining bir nechta turi mavjud. Xabarning xar bir turi oʻz
formatiga ega va ularning xammasi uchta umumiy maydondan boshlanadi: xabar
81
turini (TYPE), u xabarni belgilanishini aniqlab beradi, belgilovchi 8 bitli toʻla son,
8 bitli kod maydoni (CODE), u xabarning belgilanishini aniqlab beradi,
nazorat
yigʻindisini 16 bitli maydoni, (CHECKSUM). Bundan tashqari,
ICMP xabari xar
doim sarlavxa va xatoni keltirib chiqargan IP paketining birinchi 64 bit
maʻlumotlarga ega. Bu tugun-yuboruvchi xato sababini aniqroq taxlil qilishi uchun
bajariladi, chunki TCP/IP steki –qoʻshma darajasidagi xamma protokollar oʻz
xabarlarining birinchi 64 bitda taxlil qilish uchun eng muhim axborotga egalar.
Maydon turi quyidagi belgilanishga ega:
4.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: