4.5- rasm. Aloqa vaqtida paketlarni almashishiga misol.
Tarmoqdan aniq almashuv olib borilganda koʻp bosqichli paketlar ishlatiladi,
ularning har birida kadr tuzilishi mavjud (oʻz manzillashi, oʻz boshqarish axboroti,
oʻz axborotlar formati va h.k). Yuqori bosqich protokollari fayl-server yoki
ilovalar kabi tushunchalar bilan ish olib boradi. Boshqa ilovadan soʻralayotgan
axborotlar tarmoq qurilma turi haqida va aloqani boshqarish usuli haqida
tushunchaga ham ega boʻlmasligi mumkin. Yuqoriroq bosqich kadrlari
uzatilayotgan paketning axborot maydoniga ketma-ket joylashadilar. (4.6-rasm).
4.6-rasm. Kadrlar qoʻyilishini koʻp bosqichliligi.
74
Har bir keyingi joylashtirilayotgan kadr oʻzining shaxsiy xizmatchi
axborotiga bogʻlanishi mumkin, axborotgacha (sarlavha) joylashgan va axborotdan
keyin joylashgan (treyler), aytgancha uning vazifasi turlicha boʻlishi mumkin.
Tabiiyki har bir bosqichdan soʻng paketdagi xizmatchi axborotlar nisbati oshib
boradi. Bu esa maʻlumki axborot uzatishning unumli tezligini kamaytiradi.
Yaxshisi bu tezlikni oshirish uchun axborot almashinuv protokollari iloji boricha
oddiy boʻlishi lozim va bu protokollar bosqichi esa iloji boricha kam boʻlishi
kerak. Aks holda hech qanday bitlar uzatish tezligiga yordam bera olmaydi va tez
uzatish tarmogʻi, misol uchun, tarmoq oddiy protokoldan foydalansa qandaydir
faylni sekin ishlovchi tarmoqdan ham sekinroq uzatishi mumkin.
4.5. Marshrutlash protokollari
Marshrutlash masalalari hamma marshrutizatorlarda va tarmoqning oxirgi
tugunlarida joylashtirilgan marshrutlash jadvalini tahlil qilish asosida yechiladi.
Marshrutlash jadvalini tuzish boʻyicha asosiy ish avtomatik tarzda bajariladi, lekin
qoʻl yordamida tuzatish va qoʻshish imkoni nazarda tutilgan.
Marshrutlash jadvali avtomatik tarzda qurish uchun marshrutizatorlar
maxsus xizmat protokoliga muvofiq tarkibiy tarmoq topologiyasi toʻgʻrisida
axborot almashib turishadi. Bunday turdagi protokollar marshrutlash protokollari
(yoki marshrutlovchi protokollar) deyiladi. Marshrutlash protokollarini (Masalan
RIP, OSPF, NLSP), tarmoq protokollaridan (masalan: IP, IPX) farqlash kerak.
Ikkalasi ham OSI modelining tarmoqli daraja vazifalarini bajarishadi. Ularni
paketni har xil turdagi tarkibiy tarmoq manzili egasiga yetkazib berishadi. Lekin
shu vaqtdan birinchilari ichida faqat xizmat axborotini yigʻib uzatishadi,
ikkinchilari esa kanal darajasi protokollari kabi foydalanuvchilar axborotini uzatish
uchun moʻljallangan. Marshrutlash protokollari tarmoq prtokollarini transport
vositasi sifatida ishlatishadi. Marshrutlash protokollari paketlari yoʻnalish
axborotlari bilan almashganda, tarmoq darajasi hattoki transport darajasi
paketlarining maʻlumotlar maydonida joylashtiriladi. Shuning uchun, paketlarni
75
joylashtirish nuqtaiy nazaridan marshrutlash protokollarini rasmiy tarmoq darajaga
nisbatan yuqoriroq darajada deb qaralishi kerak.
Marshrutizatorlar paketlarning borishi toʻgʻrisida qaror qilishi uchun manzil
jadvallariga murojaat qilishida, ularning koʻpriklar va kommutatorlar bilan
oʻxshashligini koʻrish mumkin. Ammo ular ishlatadigan manzil jadvallarining
tabiati juda farq qiladi. MAS manzillar oʻrniga marshrutlash jadvalida intertarmoq
ulanadigan tarmoq nomeri koʻrsatiladi. Marshrutlash jadvalining koʻpriklar manzil
jadvalidan boshqa farqi boʻlib, ularni tuzish usuli hisoblanadi. Koʻprik jadvalini
qurish paytida, u orqali oʻtayotgan tarmoqning oxirgi tugunlari bir-biriga
yuborayotgan axborot kadrlarini passiv kuzatib turganda, marshrutizatorlar oʻz
tashabbuskorligi bilan maxsus xizmat paketlari bilan almashadi va intertarmoqdagi
tarmoqlar, marshrutizatorlar va ushbu tarmoq larning marshrutizatorlar bilan
aloqasi toʻgʻrisida qoʻshnilariga xabar beradi. Odatda, aloqaning nafaqat
topologiyasi hamda oʻtkazish qobiliyati va holati hisobga olinadi. Bu
marshrutizatorlarga
tarmoq
konfiguratsiyasining
oʻzgarishlariga
tezroq
moslashishga hamda, oʻz holli topologiyali tarmoqlarda paketlarni toʻgʻri uzatishga
imkon beradi.
Marshrutlash protokollari yordamida marshrutizatorlar u yoki bu darajadagi
tavsilotli tarmoq aloqalarining haritasini tuzadilar. Ushbu axborot asosida
tarmoqning har bir nomeri uchun yoʻnalish maʻqul boʻlishi maqsadida, ushbu
tarmoqqa yoʻnaltirilayotgan paketlar keyingi marshrutizatorning qaysi biriga
uzatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Ushbu qaror natijalari marshrutlash
jadvaliga kiritiladi. Tarmoq konfiguratsiyasi oʻzgarganda jadvaldagi ayrim
yozuvlar bekor qilingan boʻlib qoladi. Bunday hollarda xatto yoʻnalish boʻyicha
yuborilgan paketlar yoʻlda toʻxtab qolishi yoki yoʻqolishi mumkin.
Marshrutlash protokoli qanchalik jadval ichidagilarini tarmoqning real
holatiga moslashtira olishiga butun tarmoqning ishlash sifatiga bogʻliq boʻladi.
Marshrutlash protokollari marshrutlash jadvalini qurish usullari. Eng yaxshi
yoʻnalishni tanlash usuli va oʻz ishining boshqa xususiyatlari bilan farqlanib
turuvchi xar xil algoritmlar asosida qurilishi mumkin.
76
Maʻqul yoʻnalish tanlashning yuqorida aytib oʻtilgan misolida, boshlanish
tugunidan to oxirgi tugungacha boʻlgan marshrutizatorlarning butun ketma-ketligi
emas, faqat keyingi (yaqinidagi) marshrutizator aniqlangan. Ushbu yondoshishga
muvofiq marshrutlash taqsimlangan sxema boʻyicha bajariladi, xar bir
marshrutizator yoʻnalishining faqat bitta qadamini tanlash mumkin, butun
yoʻnalish esa, ushbu paket oʻtgan xamma marshrutizator ishining natijasidan kelib
chiqadi. Marshrutlashning bunday algoritmlari bir qadamli deyiladi.
Bunga qarama-qarshi koʻp qadamli yondoshish xam mavjud. Bu manbadan
(Source Routing) marshrutlash deyiladi. Bunga muvofiq, tugun - manba tarmoqqa
yuborilayotgan paketda, u orqali oʻtadigan xamma oraliq marshrutizatorlari haqida
toʻla yoʻnalish berilgan. Koʻp qadamli marshrutlash ishlatilganda marshrutlash
jadvalini qurish va taxlil qilish zaruriyati qolmaydi. Bu tarmoqdan paketning
oʻtishini tezlashtiradi, marshrutizatorlarni yuklanishdan toʻldiriladi, lekin bunda
oxirgi tugunlarga katta yuklanish tushadi. Bu sxema xisoblash tarmoqlarida bugun
taqsimlangan bir qadamli marshrutlashga nisbatan juda kam qoʻllaniladi. Lekin IP
protokolining yangi versiyasida klassik bir qadamli marshrutlash bilan bir qatorda,
manbadan marshrutlashga xam ruhsat beriladi.
Bir qadamli algoritmlar marshrutlash jadvalini tuzish usuliga qarab uchta
sinfga boʻlinadi:
-
fiksatsiya qilingan (yoki statik) marshrutlash algoritmi;
-
oddiy marshrutlash algoritmi;
- adaptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |