Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti begbutayev a. E., Yusupov r. M


IPv4 protokolini manzillashdagi umumiy tamoyillar



Download 4,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/117
Sana01.04.2022
Hajmi4,97 Mb.
#522635
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117
Bog'liq
fayl 1990 20211005

IPv4 protokolini manzillashdagi umumiy tamoyillar 
IP-manzillash asoslari. IP-manzil oʻnlik sonlarda ifoda etilgan, W.X.Y.Z 
shaklida nuqtalar bilan ajratilgan. Unda nuqtalar oktetlarni ajratish uchun 
foydalaniladigan (masalan, 10.0.0.1) noyob toʻrt oktetlik (32-bitlik) kattalikni 
oʻzida ifoda etadi. Manzilning 32 biti ikki qismdan iborat: tarmoq yoki aloqa 
manzili (oʻzida manzilning tarmoq qismini ifoda etuvchi) va host manzili (tarmoq 
segmentida hostni identifikatsiyalovchi). Tarmoqlarni ulardagi hostlar soni 
boʻyicha ajratish IP-manzillarni sinflarga ajratish asosida amalga oshiriladi. IP-
manzillarning 5 ta: A, B, C, D va E sinflari mavjud. Faqatgina A, V va S sinflari 
manzillari noyob sifatida foydalanilishi mumkin. D sinfiga oid manzillar tugunlar 
toʻplamiga murojaat qilish uchun qoʻllaniladi, «E» sinfiga oid manzillar esa 
tadqiqot olib borish maqsadida zahiralashtirilgan va hozirgi vaqtda ulardan 
foydalanilmaydi. Bundan tashqari, barcha sinflardagi bir necha manzillar maxsus 
maqsadlar uchun zahiralashtirilgan. 
«A» sinf manzillari. «A» sinf tarmoqlari manzildagi eng katta (chap) bitning 0 
qiymati bilan aniqlanadi. Birinchi oktet (0 dan 7 gacha bitlar) manzildagi chap 
bitdan boshlanadi. Ushbu oktet tarmoqdagi tarmoqosti (tarmoqning ichidagi kichik 
tarmoq)lar sonini belgilaydi, ayni vaqtda, qolgan uchta oktet (8 dan 31 ga qadar 
bitlar) tarmoqdagi hostlar sonini ifoda etadi. Misol uchun, tarmoqdagi A 124.0.0.1 
sinfi manzilini olaylik. Bunda 124. — tarmoq manzilini ifoda etadi, manzil 
oxiridagi 0.0.1 esa, ushbu tarmoqdagi birinchi hostni anglatadi. «A» sinfi 
manzillari yordamida, har bir tarmoqda faqatgina 16 777 214 (224-2) ta hostlarni 
ifoda etish mumkin. 
«B» sinf manzillari. «B» sinf tarmoqlari manzilning katta bitlarida 1 va 0 
qiymatlar bilan belgilanadi. Manzildagi birinchi ikkita oktet (0 dan 15 ga qadar 
bitlar) tarmoq manzillarini ifoda etish uchun xizmat qiladi, qolgan ikkita oktet esa, 
ushbu tarmoqlardagi hostlar raqamlarini ifoda etadi. Natijada biz 65534ta 
hostlarning har biridan 16384ta tarmoqlar manzillariga ega boʻlamiz. Misol uchun, 
«B» sinfi manzilidagi 172.16.0.1, tarmoq manzili — 172.16, host raqami — 0.1. 


148 
«C» sinf manzillari. «C» sinf tarmoqlari manzildagi katta bitlar 1, 1 va 0 
qiymatlari bilan aniqlanadi. Birinchi uchta oktet (bitlar 0 dan 23 ga qadar) 
tarmoqlar raqamlarini ifoda etish uchun foydalaniladi, soʻnggi oktet esa (bitlar 24 
dan 31 ga qadar) tarmoqdagi hostlar raqamini oʻzida ifoda etadi. Shunday qilib, 2 
097 152 ta tarmoqqa ega boʻlamiz, ularning har birida 254ta host boʻladi. Misol 
uchun, S 192.11.2.1 sinfi tarmogʻidagi manzilni olaylik, undagi 192.11.2 tarmoq 
manzilini oʻzida ifoda etadi, tarmoqdagi hostning raqami esa — 1. 
«D» sinf manzillari. «D» sinf tarmoqlari IP — manzilning birinchi toʻrtta 
bitlarida 1, 1, 1 va 0 qiymatlari bilan belgilanadi. «D» sinfining manzil kengligi 
tugunlar toʻplamini manzillash uchun foydalanuvchi, guruhiy IP — manzillarni 
ifoda etish uchun zahiralashtirilgan. Bu mazkur paketning manzil maydonida 
koʻrsatilgan raqam bilan guruhni tashkil etuvchi bir nechta tugunlarga darhol 
yetkazilish lozimligini anglatadi. 
«E» sinf manzillari. «E» sinf tarmoqlari IP — manzilning katta toʻrtta 
bitlarida 1, 1, 1 va 1 qiymatlari bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda ushbu diapazon 
manzillaridan foydalanilmaydi. Ular tajriba maqsadlari uchun zahiralashtirilgan. 
Tarmoqostilarni manzillash. «A» sinfi, «V» sinfi va «S» sinfi tarmoqlaridagi host-
mashinalari raqamlari singari, tarmoqosti manzillari lokal ravishda beriladi. 
Boshqa IP — manzillari singari, tarmoqostining har bir manzili noyobdir. 

Download 4,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish