МГ–22–А vereten moyi. Gidrotizimlarda nisbatan ko‘proq ishlatiladi,
undan minus 35°C dan 90°C gacha bo‘lgan haroratlarda
foydalanish mumkin. Ushbu moyga zanglashga va oksidlanishga
qarshi qo‘shilmalar qo‘shish yo‘li bilan МГ–22–Б vereten moyi
olinadi. МГ–22–Б moyining yuqori ish harorati 125°C gacha.
МГ–30 gidravlik moyi. И–30А sanoat moyiga oksidlanishga
qarshi, depressorli va ko‘pirishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shib
olinadi. Bu moy ishchi bosimi 20 MPa gacha bo‘lgan yo‘l qurilish
va ko‘tarish mashinalarining gidrotizimlarida ishlatiladi.
МГЕ–10А moyi. Yagona gidravlik moy sifatida ishlatiladi. Uni
ishlatish doirasi –60°C dan 90°C gacha. –60°C dagi qovushoqligi
10 mm2/s ga teng, qotish harorati –70°C.
Do'stlaringiz bilan baham: |