3.4. Kompyuter tarmoq qurilmalari
Konsentratorlar. Xab (HUB)
HUB
qurilmalari xonadagi kompyuterlarni bir-biri bilan bogʻlash yaʻni
tarmoq hosil qilish uchun kerak boʻladi. (3.12-rasm.) Shuningdek xabni
konsentrator va taqsimlovchi deb atashadi. Yulduz shaklida qurilgan tarmoqlarda u
markaziy punkt boʻladi. Xabning har bir portidan ishchi stansiyalariga kabel olib
boriladi, natijada yulduzga oʻxshash tizim hosil boʻladi.
3.12-rasm. Hub qurilmasi
Kompyuter oʻrniga xabga qoʻshimcha xab ulash mumkin, bu esa tarmoq
imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Ethernet oʻrama juftlik kabel uchun
5-24 portli xablar mavjud. Ular 10 yoki 100 Mbps uzatish tezligiga ega boʻladi.
Yana Dual-Speed-Hubs (10 yoki 100 Mbps) ishlatilishi mumkin, ular, kommutator
koʻrinishida ulanib ikki xablardan iborat boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |