32
Kabellarni qirqish, ishlov berish va konnektorga mahkamlashda maxsus
asbob – “Siquuvchi ombur” dan foydalaniladi. (3.3-rasm.)
3.3-rasm. Siquvchi asbob RJ-45
Patch-cord kabellarni tayyorlash uchun juftli oʻrama
kabellarida qanday
bajarilishini koʻrib chiqamiz. Dastlab bu turdagi kabellarning ulanish qoidalarini
bilishimiz zarur.
1.
Internet uchun kompyutyerdan HUB ga RJ-45 (8P8C) juftli oʻrama
kabelining mos keluvchi rangli simlar sxemasi (lan): (3.4-rasm. A, B)
3.4-rasm. A variant – lan kabel
3.4-rasm. B variant – utp kabel
2.
Kompyutyerda kompyuterga boʻlsa: (3.5-rasm.)
33
3.5-rasm.
CAT5 kategoriyali (100 Mbit/s gacha tezlikda) oʻrama juftli kabellarda
signallarning uzatilishida faqat ikki juft simlargina ishlatiladi. Bir jufti signal qabul
qilish uchun, ikkinchisi esa kompyuter tarmoq kartasiga RJ-45 razyomli oʻrama
juftli kabellar orqali Hub, swich yoki router qurilmalariga signal joʻnatish uchun
foydalaniladi. (3.6-rasm.)
3.6-rasm. Kompyuterning tarmoqqa
ulanish tuzilmasi
WINDOWS OT lokal tarmoqni sozlash va ishlatish uchun juda qulay.
Tarmoq bilan ishlashdan avval, agar Sizning kompyuteringiz lokal tarmoqqa
ulanmagan boʻlsa, sozlash ishlari olib boriladi. Kompyuter tarmoqda ishlashi
uchun uni sozlash jarayoni quyidagicha:
Avvalo kompyutyerda tarmoq plata (karta) borligiga ishonch hosil qilish
darkor. RJ-45 razʻyomiga maxsus konnektor orqali kabellar ulanadi.(3.7-rasm).
Boot Rom mikrosxemasi tarmoqdagi boshqa
kompyutyerdan foydalanib,
operatsion sistemani yuklash imkonini beradi. Simlar HUBlarga ulanib tarmoq
hosil qilinadi.
34
3.7-rasm. Tarmoq plata (karta) va konnektor
3.
Optik (Shisha) tolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu
bilan birga juda qimmat kabel turi. Oraligʻi 100 km masofadagi tarmoq uchun
qoʻllaniladi. Oʻtkazish tezligi: 2 Gbit/sek. (3.8-rasm.)
Shisha tolali kabel — bu yuqorida koʻrib chiqilgan
ikki kabel turlaridan
tubdan farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali koʻrinishda emas,
yorigʻlik koʻrinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi — shaffof
shisha tola boʻlib, u orqali yorugʻlik juda katta masofalarga (oʻnlab kilometrgacha)
kam (sezilarsiz) soʻnish bilan uzatiladi. Shisha tolaning tuzilishi juda oddiy boʻlib,
u koaksial elektr kabel tuzilishiga oʻxshash. Faqat markaziy mis sim oʻrniga bu
kabel turida ingichka (diametri 1—10 mkm atrofida) shisha tola ishlatilgan, ichki
himoya qoplama oʻmiga esa, yorugʻlikni shisha tola tashqarisiga tarqatmaydigan
shisha yoki plastik qoplamadan foydalanilgan.
Shisha tolali kabel toʻsiqlardan himoyalanish va uzatilayotgau axborotni sir
boʻlib qolish koʻrsatgichlari yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Hech
qanday tashqi elektromagnit toʻsiq nurli signalni oʻzgartira olmaydi, signalni oʻzi
esa, hech qanday elektromagnit nurlanish hosil qilmaydi.
Tarmoqdan ruhsat etilmagan axborotni olish uchun kabelga mexanik ulanish
amalda
mumkin emas, chunki bunday ulanish tufayli kabelni butunligi buzilib,
ishga yaroqsiz boʻlib qoladi. Nazariy jihatdan bunday kabelni signal oʻtkazish
yoʻlagi 10
12
Gs.gacha yetadi, boshqa turdagi elektr kabellarga qaraganda, bu juda
35
ham yuqori koʻrsatgich. Shisha tolali kabel narxi yil sayin arzonlashib, hozirgi
vaqtda taxminan ingichka koaksial kabel narxi bilan tenglashib qolgan. Biroq, bu
holda maxsus qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalardan foydalanish kerak. Bu
qurilmalar yorugʻlik signalini elektr signaliga va teskariga oʻzgartirib berishi uchun
xizmat qiladi. Bunday qurilmalar tarmoq narxini sezilarli darajada oshirib
yuboradi.
Mahalliy tarmoqlarda foydalaniladigan chastotada
shisha toladagi signalning
soʻnishi, odatda, taxminan 5 dB/km tashkil qiladi, past chastotali elektr kabel
koʻrsatgichiga toʻgʻri keladi. Shisha tolali kabelda signalni kabel orqali uzatish
chastotasi oshishi bilan signalni soʻnishi juda kam boʻladi. Yuqori chastotada
(ayniqsa, 200 MGs. dan yuqori) uning ustunligi shubhasiz
va hech qaysi elektr
kabel turi raqobat qila olmaydi. Lekin shisha tolali kabelning ham baʻzi bir
kamchiligi mavjud. Ulardan eng asosiysi — yigʻish (montaj) ishlarining
murakkabligi. Razyomlarni oʻmatishni mikron aniqlikda amalga oshirish lozim,
shisha tolani uzish aniqligi va uzilgan yuzani shaffoflash aniqligidan razyomdagi
signalning soʻnish koʻrsatgichiga oʻta bogʻliq. Razyomlarni oʻmatish uchun
kavsharlanadi (сварка) yoki maxsus gel yordamida yopishtiriladi.
Gelning
yorigʻlik sinish koeffitsiyenti shisha tolaning yorigʻlik sinish koeffitsiyentiga teng
boʻladi. Har qanday holatda ham bu ishlami amalga oshirish uchun maxsus
Do'stlaringiz bilan baham: