100
LHTning asosiy ikki turi mavjud:
kliyent-server va piring.
Kliyent-server tipidagi LHT
.
Bu tipdagi LHT talab qiluvchi mikrokompyuter
– kliyentlar va xizmat koʻrsatuvchi qurilmalar-serverlardan iborat.
Server
taqsimlangan maʻlumot va qurilmalarni (masala, printer) boshqarib turadi. Tarmoq
operatsion sistemasining bir qismi esa serverlarda joylashadi.
Tarmoq operatsion
sistemasi uzoqdagi disklarni “yaqinlashtiradi”. Server odatda kuchliroq kompyuter
boʻlib, katta operativ xotira va katta sigʻimli qattiq diskka ega boʻladi.
Yaqin
oʻtmishda Novell Netware tarmoq operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlovchi
LHTlar eng koʻp tarqalgan edi. Kliyent-server texnologiyasi Internet tarmogʻiga
ulanishda ham amal qiladi. Kliyent mashina GUI asosidagi
operatsion sistema va
brouzerga ega boʻlishi yetarli.
Bitta LHTda turli vazifalar uchun turli serverlar ajratilishi mumkin (fayl-
server, maʻlumotlar
bazasi serveri, bosmaga chiqarish serveri va hokazo).
Do'stlaringiz bilan baham: