1.MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIKA RIVOJLANISHINING TARIXIY
ASOSLARI.
Darsning maqsadi: Talabalarga ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi va ijtimoiy
pedagogik g’oyalarning kelib chiqish tarixi haqida ma’lumot berish.
Tayanch so’z va iboralar: ijtimoiy, pedagogika, fan, tarixiy, rivojlanish, ijtimoiy
tarbiya, xorijiy va x.k.
Asosiy savollar:
1.
Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan.
2.
Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri
3.
Ijtimoiy pedagogika rivojining uchinchi davri
Asosiy o’quv matyeriali qisqacha bayoni
Ijtimoiy pedagogika–garchi u avvaldan yurtimizda pedagogik bilim sohasi
va fan sifatida mavjud bo’lgan bo’lsa ham, O’zbekiston uchun yangi xodisa va
tushunchadir. Uning mustaqil fanga aylanganligi va amaliy tajribalari
tizimlashtirilmaganligining sabablari O’zbekiston tarixiy rivojlanishining
murakkabliklari va qarama-qarshiliklari bilan izohlanadi. Ijtimoiy pedagogikaga
salbiy ta’sir ko’rsatgan hodisalarga XX asrning 30 yillarida boshlangan ijtimoiy
tarbiyaning diskreditasiyalashuvi milliy olimlar va pedagoglarni xorij tajribasi va
chet ellik hamkasblaridan ajratgan “temir parda”ning tushirilishi, umuminsoniy
qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi, ijtimoiy muammolar haqida jim
turish siyosati, rahmdillik, mehr-muruvvat an’analarining yo’q qilinishi kiradi.
Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaga qiziqish jamiyat taraqqiyotining
ehtiyojlari va davlatning ijtimoiy buyurtmasi asosida paydo bo’ldi.
Xozirda respublika siyosiy, iqtisodiy, ta’lim va ma’rifiy-madaniy
islohotlarni boshdan kechirmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning
yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy
tamoyillarning o’zgarishi ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning
nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, g’ayri ijtimoiy xodisalar-alkogolizm,
narkomaniya, jinoyatchilik, fohishalik kabi ijtimoiy muammolarni keskinlashuviga
sabab bo’lmoqda. Bu holatda birinchi navbatda bolalar, so’ngra esa kattalar
ijtimoiy yordamga muxtojdirlar. Bunday sharoitlarda jamiyatning ijtimoiy
muammolariga bog’liq bo’lgan pedagogik masalalarni hal qiluvchi, uning
ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsga yordam beruvchi mutaxassis sifatida ijtimoiy
pedagogga talab paydo bo’ladi.
Muhtojlarga ijtimoiy-pedagogik yordamni amalga oshirish, jamiyatda
insoniylik, fuqarolarning haq-huquqlarini amalga oshirishga asoslangan yangi
demokratik qadriyatlar paydo bo’lgani bilan ham izohlanadi. Bu masalaning
ahamiyatliligi davlatimizning boshqaruv tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk
kunlaridanoq anglangan. Quyidagilar bundan dalolat beradi:
1) kuchli ijtimoiy siyosatni respublika taraqqiyotining ustuvor yo’nalishi
sifatida e’lon qilinishi;
2) aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoya qilish yuzasidan bir
qator qonun va farmonlarning qabul qilinishi;
3) sobiq ijtimoiy himoya muassasalarining moddiy texnik bazasining
yaxshilanishi va yangilarining ta’sis etilishi;
4) “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning har tomonlama barkamol shaxsni
shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy pedagogik choralari majmuasi sifatida joriy
qilinishi.
O’zbekiston fuqarolari hayotida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalasi
prezident I.Karimov asarlari va chiqishlarida ham muhim o’rin tutmoqda. Ularda
insoniylik, mehribonlik o’zbek xalqining ajralmas xususiyati ekanligi ta’kidlanadi
va ijtimoiy xarakterdagi ko’pgina muammolar- sog’liqni saqlashni, maktab va
shifoxonalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yashash va sport
majmualarini qurish, ko’pbolali oilalarga yordam berish muhokama qilinadi.
Bundan tashqari ta’lim mazmuniga shaxsni ijtimoiylashuvi masalasi asosiy
g’oya sifatida kiritilayotgan hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogikani fan sifatida
o’qitishni taqozo etadi. Buning uchun mazkur fanning mazmun-mohiyatini
aksettriruvchi darslik hamda o’quv qo’llanmalarinihoyatda zarur. Yuqoridagi
birqatoromillarni hisobga olganholda ushbu kitob yaratildi.
Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi ancha qadimiylikka borib
tutashadi. Uning qadimiyligibuyuk mutafakkirlarning ilmiy qarashlarida o’z
tasdig’ini topgan.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining
Birinchi bosqich-qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo’lgan davrini o’z
ichiga oladi. Bu davrda faktlar to’planishi, tarbiya tajribasining anglanishi,
pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro’y bergan. Ijtimoiy
pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin
tan olinishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida turli tarbiya nazariyalari paydo
bo’lgan.
Birinchi bosqichningbu kabi davriy chegaralanishi avvalambor, insoniyat
tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud
bo’lganligi bilan izohlanadi. Chunki ibtidoiy jamoada to’plangan boy tarbiyaga oid
ijtimoiy pedagogik g’oyalar haqida gapirishga imkon beradi. Tarbiya ijtimoiy
hodisa sifatida insonning hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo bo’lgan..
Dastlab tarbiya faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo’lsa, keyinchalik esa o’ziga
o’ziga xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan shug’ullanuvchi odamlar-
tarbiyachilar paydo bo’lgan. Vaqt o’tgani sari tarbiya jarayoni ham
murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko’ra farqlana boshlagan, uning
axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiya ham
ommalasha boshlagan. Bundan tashqari, arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy jamoada
kasal va yaradorlarga yordam ko’rsatilganligini bolaligida olingan jarohatlar
tufayli vafot etganlarning skeletlari asosida to’la tasdiqlaydi.. Bu kabi qarashlar
etnografik ma’lumotlarda paydo bo’lish bilan ham o’z tasdig’ini topgan. Ibtidoiy
jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarida mehnatning jins va yoshga qarab
ajratish an’anasi bo’lgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-
xunarlarga o’rgatishgan.
Bularning hamasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk
ko’rinishlari mavjud bo’lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi.
Agar ibtidoiy davrni ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga
zamin yarangan bo’lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizasiyalarining paydo bo’lishi
ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ijtimoiy-pedagogik
fikrning shakllanishi yozuv hamda pedagogik g’oyalarning yozma manbalarda
ko’rsatilgan saqlanib qolish hodisasi bilan bog’liqdir.
Sharqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedogogik g’oyalar bir nechta
mualliflar tomonidan shakllantirilgan va odatda muqaddas kitoblar shaklida butun
xalq mulkiga aylangan (Xitoyda-Shukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi
kitoblari, O’rta Osiyoda-Avesto va boshqa).
Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning o’rtalari va ikkinchi yarmida
ijtimoiy pedogogik g’oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo’la boshlaydi.
Shubhasiz, ijtimoiypedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon
va rim) faylasuflari katta hissa qo’shishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y)
“O’z o’zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha
yovuzlikni yo’qotishi mumkinligini ta’kidlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |