to’qnashuvida o’tgan. 1917 yilgi oktyabr inqilobi natijasida bolsheviklarning yangi
hokimiyati tomonidan xayriya faoliyatiga chek qo’yilgan va uning manbalarini
yo’q qilgan-moddiy (shaxsiy mulk) va ma’naviy (din). Katta hajmdagi ijtimoiy
bo’limlari tuzila boshlandi. Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy huquqiy himoyasi
bo’yicha muassasalar tuzildi, Moskva va Leningrad oliy o’quv yurtlarida ijtimoiy
tarbiya tizimi uchun kadrlar tayyorlash boshlandi. XX asrning 20-yillarda
tashkilotlar faoliyat yuritgan. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni moddiy
faoliyatida ijtimoiy pedagogik tamoyillar yorqin joy oldi. Karl Libxnet nomidagi
tajriba maktab-kommunasi Toshkent yaqinidagi 600 ta yetim bolalar tarbiya
Nikolskoye qishlog’i yonidagi yangi binoni berdi. 1919/20 yil qish fasli juda og’ir
keldi. Isitilmagan xonalarda yashashdi, na chiroq, na kerosin bor edi.
qiyinchiliklarga qaramay maktab pedagogik jamoasi ijod bilan mashg’ul bo’lishni
davom ettirdi.. Maktab bayramlarida yosh iqtidorli bolalar chiqish qilishardi.
O’quvchilar aksariyat vaqtlarini toza havoda, sport bilan shug’ullanish, turli
rasmlar chizish bilan o’tkazishardi. O’quvchilar kontingentining o’ziga xos
xususiyatlarini inobatga olibmaktab pedagoglari tarbiya ishini qattiqqo’llik
tamoyillari asosida olib borishardi. Maktabning o’quv va mehnat faoliyati yorqin
ijtimoiy yo’nalishga ega bo’lgan. Masalan, “Nihol” to’garagi eng kambag’al
aholiga 6000 dona nihol hadya etdi, 30 dehqonga qishloq xo’jaligi ko’rgazmasida
ishtirok etishga ko’maklashdi. “Tozalik” to’garagi oziq-ovqatlanishni nazorat
qilardi. Suvdan foydalanish, maishiy va qishloqdagi sanitar-gigenik sharoitlar.
O’quvchilar o’zlari turli fanlardan o’quv qo’llanmalari tuzishdi. Jismoniy mehnat
o’quv va fakultativ mashg’ulotlar bilan bir vaqtda o’tkazilardi. Bahor, yoz va
kuzda asosiy tarbiya ishi dala, bog’larda o’tardi. Ular bug’doy, paxta, guruch,
jo’xori, olma, sabzavotlar yetishtirishardi. Ipakchilik, asalarichilik bilan ham
shug’ullanishardi. Bunaqa turli xil mashg’ulotlar o’quvchilarda agrotexnik va
zootexnik ko’nikmalar paydo bo’lishiga olib keldi.
Bolalarning mustaqilligi va mas’uliyatliligini rivojlantirishning yana bir
metodi o’z o’zini boshqarish tizimi bo’lib, u jamoada muomala qilish
ko’nikmalarini to’ldirardi.
1924 yil maktabda Volga bo’yidagi och bolalar uchun Go’daklar uyi tashkil
qilindi. Maktab jamoasi barcha moddiy qiyinchiliklarni bartaraf etdi va 1971 yil
maktab tajriba maktabiga aylandi. Qisqa vaqt mobaynida iqtidorli va qiziquvchan
pedagoglar jamoasi xizmatlari bilan maktab o’qituvchi kadrlar malakasini oshirish
bilan shug’ullanuvchi, shahar va qishloq maktablari uchun metodik qo’llanmalar,
dasturlar chiqaruvchi respublika ilmiy-metodika markaziga aylandi.
Maktab jamoasi ilk marta “qishloq o’qituvchisining kutubxonasi” nomli
metodik darsliklar yaratdi. Shuningdek, 1925 yilda V.Lubensovning “Boshlang’ich
maktabda dars berish metodlari” (o’zbek tilida) nomli kitobi, 1928 yilda
V.F.Lubensov va N.P.Arxongelov taxriri ostida “Bilim” nomli o’zbek maktabi
boshlang’ich sinflari uchun ilk xrestomatiya chop etildi.
1924 yilda O’zSSR tashkil topishi munosabati bilan maktab qoshida o’zbek
bolalari uchun boshlang’ich maktablar tuzildi. Unda Inoyatov, Mansurov,
Usmonov, Rustamov, Safarov kabi ajoyib o’qituvchilar dasr berishgan.
Bu maktab tajribasi nihoyatda qiziqarli bo’lgan va xozirgi ijtimoiy holatda
ham qo’llash uchun o’rganilishini talab qiladi. 20-30 yillarda ijtimoiy pedagogik
tarbiyaning asosiy yo’nalishlari quyidagilar bo’lgan:
-savodsizlikni bartaraf etish (ayniqsa ayollarda);
-mehnat tarbiyasi va ta’limni yo’lga qo’yish;
-maktab-internatlarni yaratish;
-ta’limni ishlab chiqarish mehnati bilan birlashtirish.
O’rganilayotgan davrda nafaqat o’quv yilida balki ta’tillarda ham “yozgi
maktab” nomi ostida o’tkaziladigan darsdan tashqari o’qish ham rivojlana
boshladi. Ilk maktabdan tashqari bolalar muassasalari-kutubxona-qiroatxonalar,
maktab-teatr jamoalari paydo bo’la boshladi. XX asrning 30-yillarda maktabdan
tashqari bolalar texnik va qishloq xo’jaligi stansiyalari, klublari, kutubxona va
teatrlari faoliyat yuritdi. Turli maktab to’garaklari yoshlarning ijodini rivojlantirish
vositasi sifatida bo’sh vaqtlarini maroqli o’tkazishi uchun tashkil qilindi. Aynan
shu davrda pedagogik faoliyatini boshlagan o’zbek shoiri /./ulomni (1903-1966)
tilga olmay iloj yo’q. 1918 yildan /./ulom ilk o’zbek maktab-internatlarining
ochilishida faol ishtirok etgan va 1943 yilgacha bu maktablarda dars bergan. Uning
faoliyati bir qator ijtimoiy pedagogik vazifalardan-savodsizlikka qarshi kurash,
kattalar uchun kechki kurslarni tashkil qilish, ta’lim berishning ilg’or usullarining
qo’llanishi, o’quvchilarning mustaqil badiiy faoliyatiga rahbarlik, o’quvchilarda
kasb, mehnatga qiziqish uyg’otishdan iborat edi. /./ulom oilaviy tarbiyaga katta
e’tibor bergan va bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy yuksalishi ota-onaga bog’liq
ekanligini dalillar bilanasoslangan..
Do'stlaringiz bilan baham: