1. Suhbatni ma‘no-mohiyati jihatidan quyidagi turlarga bo‘lishadi: evristik (yunoncha-heurikos - izlayman, topaman, kashf etaman) suhbat. O‘qituvchining mohirlik bilan qo‘ygan savollariga talabalarning javoblari orqali yangi bilimlarni jadal o‘zlashtirishlarini ta‘minlashga qaratiladi.
Katehyezik suhbat (yunoncha - katechesis – nasihat, o‘git), biron bir ta‘limot asoslarini savol, javob shaklidagi bayoni tarzida olib boriladi.
Germenevtik suhbat (yunoncha – hermeneutikos – tushuntiruvchi, talqin etuvchi), o‘qitilayotgan, o‘rganilayotgan uzviy savolni yozilgan matnni sharhlash va uni talqin qilish– demak nimanidir mazmunini, mohiyatini ochib berishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |