1.Tashkiliy bоsqich. Talabalar bilan salom-alik qilinadi. O‘qituvchi auditoriyada zarur jihozlar bor-yo‘qligini ko‘zdan kechirib chiqadi. Davomat tekshiriladi. So‘ngra o‘qituvchi kirish so‘zini аytаdi. Undа o‘qituvchi o‘tgan seminar darsida o‘tilgan mavzuini o‘quvchi-talabalar bilan birgalikda qisqacha takrorlab, yangi mavzu bilаn bоg‘lаydi. Darsning qisqacha maqsadi, sеminаrni o‘tkаzish tаrtibi, o‘quvchi-tаlаbаlаr nimаlаrgа diqqаt qаrаtishlаri lоzimligi ko‘rsаtilаdi. O‘tgan seminar darsida biz iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va uslubi mavzusini yakunladik. Shu mavzuda biz iqtisodiy g‘oyalarning vujudga kelishi, iktisodiy nazariyaning fan sifatida shakllanish jarayoni, asosiy iqtisodiy maktablarni ko‘rib o‘tdik. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar, hodisalar va ularni o‘rganishning uslublarini birgalashib muhokama qildik. Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisodiy fanlarning poydevori ekanligi, davlatning iqtisodiy siyosatining ilmiy asoslarini ishlab chiqishdagi tutgan o‘rni, normativ va pozitiv iktisodiy nazariyaning farqini o‘rgandik. Ijtimoiy – iktisodiy rivojlanish va uning muammolarini aniqlashda iqtisodiyot nazariyasi fanining ahamiyatini bilib oldik. Bugun biz yangi mavzu: «Iqtisodiy resurslar va jamiyat ehtiyojlari» mavzusini muhokama qilamiz. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini o‘rganishni aynan mana shu mavzudan boshlashimiz bejiz emas, chunki insonning butun hayoti turli-tuman ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir. Bugungi mavzuda biz ana shu ehtiyojlarning tarkibi, ularning cheksizligi, ehtiyojlarni qondirish uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish uchun resurslarni cheklanganligi, bundan kelib chiqadigan iqtisodiyotning bosh muammosi, tanlov va qaror qabul qilishni zarurati va boshqa masalalarni o‘rganamiz. Darsga seminar mashg‘uloti rejasi bo‘yicha tayyorlanib kelish kerak edi. Darsga hamma tayyormi? - deya so‘rab, tayyorlanmay kelganlarni sababini aniqlaydi. Bugungi mavzu muhokamasini boshlaymiz deb, o‘qituvchi kirish so‘zini tugatadi. 2. Dаrsning аsоsiy bоsqichi: uzviy sаvоllаr muhоkаmаsi bоshlаnаdi. Savollar muhokamasi. Bugungi mavzu muhokamasini «Ehtiyojlarning mazmuni. Ehtiyojlarning tarkibi. Individual, guruhiy va umumjamiyat ehtiyojlari» uzviy savolini muhokama qilishdan boshlaymiz, deya o‘qituvchi nimalarga alohida ahamiyat berish kerakligini tushuntiradi. Bu savolni an'anaviy uslub suhbat va savol-javob bilan muhokama qilish mumkin. Bunda, avvalo, ehtiyojlar deganda nimani tushunamiz? degan savol qo‘yamiz. Savolnimuhokamaqilishjarayonidatalabalardiqqatinikelajakdagitaraqqiyotanashutanlovvaqabulqilinganqarorlargabog‘liqbo‘lishiga, uiqtisodiyotningregressiv, doiraviy, progressivtarzdarivojlanishgaolibkelishigadiqqatnitortishzarur. Oqituvchi iloji boricha har bir uzviy savol muhokamasini uning xususiyatiga mos tushadigan metodlarni qo‘llab o‘tkazgani ma‘qul. Muho-kama jarayonida biz odatda vaqt byudjetini qo‘yilgan uzviy savollar miqdoriga qarab proportsional sarflashga harakat qilamiz. Lekin o‘qituvchi savol muho-kamasi jarayonida uning murakkabligi, muammolik darajasiga, o‘quvchi-talaba-larning o‘zlashtirisi va boshqalarga ko‘ra bir muncha o‘zgartirishi mumkin. 3. Yakuniy bosqich. Darsgayakunyasaladi.O‘qituvchidarsniyakunlarekan, talabalarga «Kimdaqandaysavolbor?» - deyamurojaatqiladi. Talabalarningsavolibo‘lsa, o‘qituvchijavobberadi. So‘ngraguruhningseminardarsigatayyorgarliginibaho-laydihamdaengfaolqatnashganlarnialohidaqo‘rsatib, ularto‘plaganballnie’lonqiladi. Uzviy sаоllаr muhоkаmаsi bo‘yichа o‘z fikrini bildirаdi, kаmchiliklаrni, to‘g‘ri jаvоblаrni bаyon qilаdi. Tаlаbаlаr qаysi mаsаlаlаr, sаvоllаr bo‘yichа qo‘shimchа ishlаshlаri zаrurligini ko‘rsаtаdi. Kelgusiseminardarsimavzusini, unda qanday metodlar asosida olib borilisini e’lоn qilаdi, tayyorlanibkelish uchun tоpshiriqlаr bеrаdi. Seminar darsi mavzuning xususiyatdan kelib chiqib, turli metodlarni qo‘llab tashkil etiladi. Darsni samarali o‘tishi uchun avval to‘xtab o‘tganimizdek, uning loyihasi, ya‘ni texnologik xaritasini ishlab chiqishimiz zarur. Unda seminar darsi- da muhokama qilinishi zarur bo‘lgan barcha savollar qanday tartibda olib borilishi rejalashtiriladi. O‘qituvchi va talabalarning qanaday vazifalarni bajarishi ko‘rsa-tiladi. Darsning maqsadi, o‘quv faoliyatining natijasi belgilanadi. O‘qitishning metodlari va o‘rganish texnikasi, o‘qitish vositalari aniqlanadi. Mazkur darsni o‘tgungacha talabalar bilishi lozim bo‘lgan bilim va malakalar ko‘rsatiladi. Har bir savolning muhokamasi qanday tartibda o‘tilishi, qanday topshiriqlar berilishi ko‘rsatiladi. Seminar (amaliyot) darsi texnologik xaritasi qo‘llash ko‘zda tutilgan metod va tayyorlangan topshiqlarga ko‘ra farqlanadi. Ma‘ruza darsining texnologik xaritasida uzviy savol muhokamasidagi da‘vat. tushunish, tafakkur fazalarini ajratilmaydi. Bunga hojat yo‘q. Chunki, darsning bu shaklida o‘quvchi-talabalar unga qanday tayyorgarlik ko‘rganlari, egallagan bilimlarini yfmjyish etishadi va muvofiq ravishda baholanishadi. O‘qituvchi esa darsni tashkil etuvchi va unda qatnashganlarni reytibg mezjonlariga ko‘ra baholashni amalga oshiruvchi, qarjr qabul qiluvchi hakam sifatida qatnashadi. Ko‘rinib turibdi, bu yerda dars o‘tish uchun metod tanlash, topshiriqlar tayyorlash, ularni bajarilganini baholashning mezonlarini ishlab chiqish nihoyatda katta ahamiyatga ega. Tanlangan metod va topshiriqlarga ko‘ra texnologik xarita ham farqlanadi. Savollar muhokamasi individual, kichik guruhlarda ishlash, ilmiy doklad, referat muhokamasi va bochqalardagi farqlar aks etishini quyidagi texnologik xarnalar yfvunasi orqali ko‘rish mumkin: Xulosa * Amaliy mashg‘ulot, jumladan uning asosiy shakli bo‘lgan seminar darsi talabalarga professional ta‘lim berish va tarbiyalash, mustaqil ishlash malakasini o‘stirish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, nutqni o‘stirish, taxliliy va tanqidiy fikrlashga o‘rgatish, nazariy bilimni amaliyot bilan bog‘lash va bilimni nazorat qilish va baholash imkoniyatlari kengligi--bilan ta‘limning boshqa shakllaridan ajralib turadi. * Seminar darslarida fan dasturi bo‘yicha belgilangan uzviy savollarni muxokama qilinar ekan, iloji boricha har biri uchun alohida metod qo‘llagan ma‘qul. U barcha talabalar faolligini ta‘minlaydi. Buning uchun har bir darsga o‘qituvchi har tomonlama puxta tayyorlanishi dars jarayonida foydalanadigan topshiriqlar, dars o‘tishning texnologik xaritasini ishlab chiqishi zarur. Nazorat savollari:
1. Seminar darsi talabalarning bilim olishida qanday o‘rin tutadi?
2. Seminar darsi qanday funksiyalarni bajaradi?
3. Nima sababdan olingan bilimni vaqti-vaqti bilan takrorlab turish lozim?
Seminar darsi muvaffaqiyatli o‘tishi uchun, sizningcha, nima qilish kerak? 5. Seminar darsi o‘tsangiz, qanday maqsadlarni ko‘zlagan bo‘lar edingiz?
6. Seminar darsini texnologik yondashuv nuqtai nazaridan loyihasini ishlab chiqa olasizmi?
7. Sizningcha, seminar darsining qanlay afzalliklari bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |