O‘quv metodlarini tanlashga ta‘sir etuvchi omillar
jadval
Omillar
|
Omillar ta‘siri
|
O‘rni
|
O‘qitishning maqsadi va unga erishish zarurligi
|
0.90
|
1
|
O‘qitishning motivatsiya darajasi
|
0.86
|
2
|
O‘qitishning qonuniyatlari tamoyillarini amalga oshirish
|
0.84
|
3
|
Mavzu mazmuni va qo‘yilgan talablar
|
0.80
|
4
|
O‘quv axborotlarini murakkabligi va me’yori
|
0.78
|
5
|
O‘qitilayotganlarning tayyorgarlik daralasi
|
0.65
|
6
|
O‘qitilayotganlarning qiziqishi, faolligi
|
0.65
|
7
|
O‘qitilayotganlarning yoshi, ishchanligi
|
0.62
|
8
|
Mashq qilish, sabr-toqat, bardoshlilik va ko‘nikmalarni shakllantirish,
|
0.60
|
9
|
Talab etiladigan vaqt
|
0.55
|
10
|
Moddiy-texnik, tashkiliy sharoitlar
|
0.50
|
11
|
Metodniavvalqo‘llanilganmiyokiyo‘qligi
|
0.40
|
12
|
Mashg‘ulot tipi va tarkibi
|
0.38
|
13
|
O‘quv jarayoni qatnashchilarining o‘zaro munosabatlari
|
0.37
|
14
|
Guruhdagi o‘qitilayotganlar soni
|
0.36
|
15
|
Pedagogning kompitentlik darajasi
|
0.35
|
16
|
Turli-tuman omillarning dars o‘tish metodini tanlashdagi o‘rinlarini ierarxik tarzda joylashtiradigan bo‘lsak, ko‘pchilik psixologlar va pedagog olimlarning fikricha, birinchi o‘rinda ta‘limning maqsadi turadi. Aynan dars o‘tish maqsadida biz nimaga erishishimiz lozimligi ifodalanadi, erishishimiz zarur bo‘lgan natija belgilanadi. Ikkinchi o‘rinda ta‘limning motivatsiya darajasi turadi.
Mavzuni o‘rganish uchun merodlarni tanlashning asosiy qoudasi → ta‘lim berish maqsadi va o‘rganilayotgan fan hamda mavzuning xususiyatiga mos kelishi;
Tanlangan metodga qo‘yiladigan asosiy talab → ko‘zlangan natijani berishi;
Metodning natijaviyligi mezoni → belgilangan vazifani hal etish uchun uni qo‘llashning mosligi va tejamkorligi;
Mavzuni o‘rganish uchun metod tanlashda komterdan foydalanish katta imkoniyatlarga ega. Dars o‘tish metodini tanlashning asosi algoritmlar bo‘lib, o‘qituvchi belgilangan mezonlar orqali mavzu, uzviy savolni o‘rganish uchun kompyuter yordamida optimal metodlarni tanlaydi. Hozirgi paytda 60dan ortiq metodlarni 35ta shartlar asosida tanlaydigan «Metod» dasturlari bo‘lib, ular so‘zsiz o‘qituvchiga dars o‘tish metodini tanlashda katta yordam beradi.
* Hozirgi zamon talabiga ko‘ra maqsad tayyor bilimni o‘zlashtirish emas, balki asosiysi o‘quvchi-talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Shu bilan birga ularda mustaqil tanlash, qaror qabul qilish qo‘nikmasini hosil qilish bo‘lib, bunday xislatni tarbiyalash ko‘p jihatdan dars o‘tishda qo‘llaniladigan metodlarga bog‘liq.
Chunki avvalo insonning xislatlari bir-biridan farqlanadi, olingan axborotni eslab qolish qobiliyatlari ham. Dars o‘tish shakllari, ularda qo‘llangan turdi-tuman metodlar esa ana shu xislatlarga muvofiq ravishda ko‘proq axborot olish, uni tushunish, xotirada saqlash taqqoslash, to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi.
* Metod bu keng qamrovli, serqirra, murakkab tushuncha. Dars o‘tish uchun metod tanlash ko‘zlangan maqsad, qo‘yilgan vazifalarga, ma‘lum bir metodning imkoniyatlari va boshqa qator omillarga ko‘ra belgilangan mezonlar asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi barcha omillarni hisobga olgan holda mavjud mezonlar yordamida dars o‘tish metodini tanlashi lozim.
Xulosa
*Pedagogik texnologiya deganda «ishlab chiqarish» natijasi-mahsuloti» ma‘lum malakaga ega bo‘lgan mutaxassis tayyorlash uchun o‘qitish jarayonini qo‘yilgan maqsadga ko‘ra izchil ketma-ketlikda turli vosita va metodlarni qo‘llash o‘quvchi-talaba va o‘qituvchi hamkorligini amalga oshirish tufayli samarali va kafolatlangan ta‘lim natijasiga erishishni ta‘minlovchi pedagogik faoliyat tushuniladi.
*O‘qitish metodlarini pedagogik texnologiyaning nerv tomirlari deb atash mumkin, chunki qo‘yilgan maqsadni qanday amalga oshirish, qanday natijaga erishish dars o‘tish metodlarini tanlash va qay tareda qo‘llashga bog‘liq.
* Ta‘lim tizimiga, o‘qitishga qator yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular darsni o‘tkazishda o‘qituvchining qanday rol o‘ynashi, qo‘yilgan maqsad, o‘quvchi-talabalarning dars jarayonida faolligini ta‘minlash, qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish metodlari, mustaqil, tahliliy va tanqidiy fikrlashni shakllantirish, erishish mo‘ljallangan natija va boshqa jihatlari bilan farqlanadi. Ulardan keng tarqalganlari ko‘rgazmali-an'anaviy, texnologik, tadqiqiy-ijodiy yondashuvlvr bo‘lib, keyingi paytlarda integral va modulli yondashuvlvr asosida o‘quv jarayonini tashkil etish ham keng qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |