1. Axborot xarakteridagi savollar.
|
Qo‘yilgan muammo bo‘yicha dalillarni, sanalarni aniqlashga qaratiladi. Bu guruhga kiradigan savollar ikki xil bo‘ladi: ular ochiq va yopiq savollardir. Ochiq savollar - turli so‘roq gaplar orqali ifodalanib, turli-tuman javob berilishi ko‘zda tutiladi. Masalan: Siz daromadlarga belgilangan progressiv soliq stavkalariga qanday qaraysiz? Yopiq savollar - bu savollarga javob «ha», «yo‘q», «ehtimol to‘g‘ri» tarzida olinishi mumkin bo‘lgan savollar bo‘lib, odatda ular fe’lga «mi» qo‘shimchasi qo‘shilib hosil etiladi. Masalan: Talab egri chizig‘ini siljishiga modaning o‘zgarishi ta‘sir kiladimi? Yoki yalpi ichki mahsulot hisoblaganda transfert to‘lovlarini qo‘shamizmi?
|