Konstruktiv qism
Loyixalanadigan bino karkassiz konstruktiv sxema asosida loyihalangan bo‘lib, binoning asosiy yuk ko‘taruv konstruksiyalari, yani yuk ko‘taruvchi devorlari mayda o‘lchamli g‘isht-tosh elementlardan tashkil topgan. Binoning bo‘ylama yo‘nalishdagi yuk ko‘taruv devorlari A, B, V va G bo‘ylama o‘qlar bo‘yicha, ko‘ndalang o‘zining og‘irligini qabul qiluvchi devorlari esa 1,2,3,4 va h.k. ko‘ndalang o‘qlar bo‘yicha joylashtirilgan. Binoning bikrligi poydevorlarning ustki qismidan to‘lig‘icha 300 mm qalinlikda aylantirib quyib chiqilgan yaxlit temirbeton zilzila belbog‘lari, binoning poydevoridan oxirgi qavat orayopmasi balandligida 150-200 mm qalinlikda quyilgan tik yo‘nalishdagi temir beton zilzila belbog‘lari, qavatlararo balandlikda bo‘ylama yo‘nalishda joylashtirilgan orayopma plitalari va ularni bir-biri bilan bog‘lovchi 220-250 mm qalinlikda quyilgan temir beton zilzila belbog‘lari yordamida saqlanadi.
Loyihalanayotgan binoning asosiy konstruktiv elementlari kuyidagilardan tashkil topadi:
a) Poydevorlar
Loyihalanayotgan binoda tasmali temirbeton konstruksiyalardan loyihalangan bo‘lib, bazi bir qismlarda ularni kuchlantirish va mustahkamligini oshirish maqsadida temirbeton yaxlit tarzda ishlangan. Umuman olganda poydevor konstruksiyasi yig‘ma va yaxlit, yani aralash tarzda loyihalangan.
Poydevor konstruksiyasi uchun seriya I.II2-I bo‘yicha tasmali poydevorlarning F6, F8, F10, F12, F14, F16, F18 va F20 markali, uzunligi 1180-2380 mm, eni 600-2000 mm, balandligi 3000 mm bo‘lgan to‘shama plitalari, poydevor bloki sifatida esa FS 5 va FS 5-8 markali, eni 500 mm uzunligi 2380 mm va 780 mm balandligi 600 mm li bloklar qo‘llanilgan. Poydevor tushamalari va poydevor bloklari o‘zaro kesishmagan choklar usuli bilan terilgan. Poydevor to‘shamalarini o‘rniga o‘rnatishdan oldin poydevor to‘shamalari o‘rnatiladigan grunt tarkibi mayda qum toshli mahsulotlarni kiritib shibbalash yo‘li bilan mustahkamlangan. Bloklar to‘shamalariga va o‘zaro bir biriga terish uchun bo‘ylama va ko‘ndalang choklar 200 markali sement kumli qorishmadan ishlangan.
b) Devorlar
O‘z vazifasiga va joylashishiga ko‘ra ichki va tashqi to‘siq, ya’ni xonani tashqi muhit ta’siridan himoyalovchi yoki xonalarni bir-biridan ajratib turuvchi konstruksiyalar sifatida loyihalanib, ular yuk ko‘taruvchi, o‘zining og‘irligini qabul qiluvchi va o‘zining og‘irligini uzatuvchi sifatida loyihalanadi. Loyihalanadigan binoda ichki devorlar uchun qalinligi 120 mm bo‘lgan va tashqi devorlar uchun qalinligi 380 mm bo‘lgan g‘isht-tosh konstruksiyalaridan foydalanmiz.
Loyihalanayotgan bino bo‘ylama devorli konstruktiv sxemaga ega bo‘lib, yuk ko‘taruvchi bo‘ylama devorlar A, B, V va G o‘qlar bo‘yicha joylashtirilgan. Binoning zinapoya xonasi 8-9 o‘klar bo‘yicha ko‘ndalang ravishda joylashtirilgan. Ishlash xarakteri bo‘yicha A, B, V, G hamda 2-3, 5-6, 8-9 o‘klar bo‘yicha joylashgan devorlar yuk ko‘taruvchi 1, 4, 7 va 10 ko‘ndalang o‘klar bo‘yicha joylashtirilgan devorlar o‘zining og‘irligini qabul qiluvchi, xonalarni bo‘luvchi 120 mm li qalinlikda ishlangan devorlar o‘zining og‘irligini uzatuvchi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |