O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi



Download 20,22 Kb.
Sana20.08.2021
Hajmi20,22 Kb.
#151970
Bog'liq
Milliy


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

OLMALIQ FILIALI IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI

MILLIY G’OYA:



ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLAR”

FANIDAN


Mustaqil ish


Guruh: 25-15 OKI

Bajardi: Mengilbayev J.

Tekshirdi: Zokirov Sh.



Mavzu: Mafkuraviy tarbiya yo’nalishlari va funksiyalari

Mafkuraviy tarbiya- inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g'oyaviy bilimlarbilan qurollantirishga yo'naltirilgan jarayon.

Mafkuraviy tarbiya -inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifodalaydigan g'oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo'naltirilgan jarayon.

Har qanday mafkuraviy tarbiyaning maqsadi- jamiyatning har bir a'zosi va ular timsolida har bir ijtimoiy qatlam, guruhning tarbiyaviy darajasini ta'minlashdir. Bu pirovard natijada o'sha jamiyat rivojiga turtki beruvchi ilg'or g'oyalarning harbir fuqaro tomonidan ongli ravishda o'zlashtirilishini, unnig tafakkur va fikrlash tarziga aylantirilishini ta'minlaydi. SHu ma'noda, milliy istiqlol mafkurasi O'zbekistonda yashab, ijod qilayotgan har bir fuqaro ongi va shuurida asriy milliy qadriyatlarimiz,xalqimizningbugungi va kelgusidagimanfaatlarini ifodalovchi eng sog'lom g'oyalar va fikrlartarzidao'z ifodasini topishi lozim. Bu jihat mafkuraviy tarbiyaning bosh xussuiyatlaridan biridir.

Jamiyatdagi har bir ijtimoiy kuch yoki aholi qatlamlari o'z manfaat va maqsad intilishlarini ifoda etuvchi g'oyalar tizimini yaratgach, boshqa guruhlarni ham o'z g'oyalar ta'siriga tortishga, o'z tarafdorlari safini kengaytirishga harakat qiladi.

G'oyalar adolatli va haqqoniy bo'lib, ko'pchilikning talab , ehtiyojlariga mos kelsa,bu sohadagi tarbiya vositalari ta'sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoiy bo'lsa ko'zlangan maqsadga erishiladi.

Jamiyat, xalq xali o'z manfaatlarini anglab etmagan, o'z mafkurasini shakllantirib, maqsadlari sari safarbar bo'lmagan hollarda begona va zararli g'oyalar ta'siriga tushish ehtimoli ortib boradi. Bu esa g'oyaviy tarbiyani yo'lga qo'yish, sog'lom mafkura tamoyillarini aholi qalbi va ongiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi.

O'zbekiston sharoitida Mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifasi - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo'lidagiasriy orzu istaklari, maqsadlarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish, va ayniqsa, yoshlar ongigasingdirishdan iboratdir. Mafkuraviy tarbiya jamiyatda, avvalombor, oila, maktabgachayoshdagibolalar muassasalari, maktablar, litsey,kollejlar, oliy o'quv yurtlari, ommaviy axborpot vositalari,jamoat tashkilotlarining birgalikdagifaoliyatini taqazo qiladi.

Uzluksiz ta'lim tizimi mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo'g'indir, zero mafkuraviy maqsadlarni kishilar, ayniqsa yoshlar ongiga singdirishvazifasi, asosan ta'lim tizimi orqaliamalga oshiriladi.

Mafkuraviy tarbiya samarali tashkil etish imkoniyatlari. Bugungi voqelik milliy istiqlol g’oyasi targ’iboti masalasiga alohida e‘tibor berishni talab qilmoqda. CHunki «Endilikda yadro maydonlarida emas, - degan edi I.A.Karimov, mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p narsani hal qiladi».
Hozirgi vaqtda qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar o’z maqsadlariga erishish uchun avvalo zabt etmoqchi, o’z ta‘sir doirasiga olmoqchi bo’lgan mamlakatlarning aholisi ongini o’ziga qaram qilishga intilayotganligini ham unutmaslik kerak. Shu boisdan mafkura dunyosida bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmasligini, shunday holat yuz bergan taqdirda bo’sh qolgan mafkura maydonida bizga begona, orzu-intilishlarimizga mutlaqo yot g’oyalar o’rin egallashga urinishi shubhasiz. Negaki hozirgi paytda ro’y berayotgan ayrim salbiy holatlar, nojo’ya xatti-harakatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo’shliq tufayli sodir bo’lmoqda.
SHu boisdan ham mafkuraviy tarbiyaning maqsadi haqida 1999 yil iyun oyida «Hushyorlikka da‘vat» mavzuidagi O’zbekiston milliy axborot agentligi muxbirining savollariga javoblarida,
YUrtboshimiz I.A.Karimov: «Hozirgi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz - jamiyatimiz a‘zolarini, avvalambor, voyaga etib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g’oya, milliy mafkura, o’z Vataniga mehr-sadoqat tuyg’usini uyg’otish, o’zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir», degan edi.
Har qanday yangi g’oya singari mafkura ham ommaning ongiga chuqur singsa, hayotda chuqur ildiz otsa, amaliyotda o’zini to’la oqlasagina real voqelikka, katta ijtimoiy kuchga aylanadi.
Milliy mafkuramizni hayotga tez va keng yoyish uchun, dastavval uning mohiyatini chuqur o’rganish, maqsadlari, asosiy yo’nalishlari, o’ziga xos xususiyatlarini bilib, o’zlashtirib olish, xalq o’rtasida keng targ’ib-tashviq etish, turli vosita va shakllardan foydalanish talab etiladi.
Endi ijtimoiy soha olimlari, mutaxassislar, ilg’or fikrli ziyolilar bu boradagi izlanishlarni chuqurlashtirib, umumlashgan nazariy xulosa-larni ishlab chiqishlari, qisqacha aytganda, mafkuramizning asosiy maqsad-larini xalqqa sodda, haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab berishlari lozim.
Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qo’shgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag’rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o’zga xalqlarning ilg’or tajribalari va madaniyatini o’rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassam. SHu bilan birga, milliy tabiatimizga xos bo’lgan mehr-oqibat, muruvvat, andisha, ornomus, sharmu hayo, ibo-iffat kabi betakror fazilatlar va xalqimizni ko’p jihatdan ajratib turadigan bag’rikenglik, mehmondo’stlik, oqko’ngillik xususiyatlari haqida ham uzoq gapirish mumkin.
Mana shu yuqoridagi holatlarni nazarda tutish, mamlakatimizdagi mafkuraviy jarayonlarga ham shu nuqtai nazardan yondashish, milliy istiqlol g’oyasi va milliy mafkuramizni targ’ib qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligini ko’rsatadi. Milliy istiqlol g’oyasini yosh avlod ongiga singdirish muayyan uslublar asosida olib borilgandagina yaxshi natija berishi mumkin.
Bu texnologik uslub tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va me’yori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlarini qamrab oladi. Bu masalaning muhimligi yana shunda ko’rinadiki, targ’ibotda me‘yorning buzilishi, miliy mafkura to’g’risida hadeb va noo’rin gapiraverish teskari samara berishi mumkin. Targ’ibot texnologiyasi milliy g’oya va milliy mafkura mazmun-mohiyatiga mos bo’lgan taqdirdagina kutilgan natijaga erishish mumkin.

Har qanday mafkuraviy tarbiyaning maqsadi - jamiyatning har bir a‘zosi va ular timsolida har bir ijtimoiy qatlam, guruhning tarbiyaviy darajasini ta‘minlashdir. Bu pirovard natijada o’sha jamiyat rivojiga turtki beruvchi ilg’or g’oyalarning har bir fuqaro tomonidan ongli ravishda o’zlashtirilishini, uning tafakkur va fikrlash tarziga aylantirilishini ta‘minlaydi. Shu ma‘noda, milliy istiqlol mafkurasi O’zbekistonda yashab, ijod qilayotgan har bir fuqaro bugungi va kelgusidagi manfaatlarini ifodalovchi eng sog’lom topishi lozim. Bu jihat mafkuraviy tarbiyaning bosh xususiyatlaridan biridir.
Mafkuraviy tarbiya eng avvalo yuksak e‘tiqod iymon, Vatan va xalq oldidagi mas‘uliyat, vatanparvarlik, fidoiylik kabi fazilatlarda namoyon bo’ladi.
Umuman, mafkuraviy tarbiya ishlari samaradorligini baholash mezon-lari ko’pincha milliy istiqlol
g’oya va milliy mafkuraning tarbiyaviy tamoyillariga bog’liq bo’ladi. Bu tamoyillarga quyidagi
jarayonlarni kiritish mumkin:
1) Tushuntirishda va bayon etishda oddiylik va lo’ndalik mavzuni yanada oydinlashtiradi.
2) Talab va taklifni doimiy nazorat ostiga olish.
3) Ongga ta‘sir etishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.
4) Ziyolilar mavqeini oshirish.
5) Turli bilimlarga ega bo’lgan ishtiyoqni qo’llab-quvvatlash.
6) Ommaviy axborot vositalarida xalq ruhiyatiga yaqinlashtirilgan yangi mafkuraviy materiallarni
ko’paytirish, doimiy «aks ta‘sir» tamoyiliga amal qilish.


Muloqot madaniyati –insonga xos ma‘naviy ehtiyoj bo’lib, undagi umumiy madaniy
saviyaning muhim ko’rsatgichidir. Inson o’zining his-tuyg’ulari, ichki kechinmalari, o’y-fikrlarini bevosita muloqot jarayonida namoyon qiladi. Mafkuraviy tarbiyaning eng ta‘sirchan vositalaridan biri ham muloqot hisoblanadi.


Milliy istiqlol mafkurasining funksiyalari:
1. Odamlarni muayyan g„oyaga ishontirish. Mafkura g’oyalar sistemasi sifatida biron bir g’oyani targ’ib etish, kishilarni shu g’oyaning to’g’ri hayotiy va ilg’or ekanligiga ishontirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Mafkuraviy targ’ibot ishlarining muvaffaqiyatini belgilaydigan shunday hayotiy qonuniyat bor:
boshqalarni bir g’oyaga ishontirmoq uchun, avvalo unga o’zing yurakdan ishonishing, boshqalarni yondirmoq uchun o’zing yonishing, boshqalarni g’aflat uyqusidan uyg’otmoq uchun o’zing uyg’oq va bedor bo’lishning shart
2. G„oya asosida kishilarni uyushtirish. jamiyatning g’oyat xilma-xil qatlamlarini umumiy manfaatlar atrofida jipslashtirish, odamlar o’rtasida hamjihatlik, totuvlik, o’zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga oshiriladi
G„oyani amalga oshirish uchun safarbar etish. Mafkuraning bunyodkorlik funksiyalaridan biri ilg’or g’oyani amalga oshirish uchun kishilarni safarbar etishdir.
Mafkurada ifoda etilgan g’oya va maqsad jamiyatdagi ko’plab partiyalar, ijtimoiy harakat va tashkilotlarning faoliyat dasturiga asos bo’ladi, ijtimoiy rivojlanishga kuchli turtki beradi.
Mafkuraning safarbar etuvchilik funksiyasi, ayniqsa, mafkuraviy kurashlar jarayonida to’laroq namoyon bo’ladi.
4. Kishilarni ma‟naviy-ruhiy jahatdan qo„llab-quvvatlash. Mafkura milliy taraqqiyotning eng og’ir murakkab davrida, ayniqsa, bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan yangisiga o’tish jarayonida keng xalq ommasini ma‘naviy –ruhiy jihatdan qo’llab-quvvatlaydi, ularda kelajakka ishonch tuyg’ularini uyg’otishga xizmat qiladi.
5. G„oyaviy tarbiyalash. Jamiyatdagi mavjud g’oyalarga faol munosabat, faol hayotiy
pozitsiyani tarbiyalash mafkuraning yana bir muhim maqsadidir. G’oyaviy tarbiya axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Har qanday axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiya muayyan g’oyani himoya qilish, targ’ib etish va rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi.
6.G’oyaviy immunitetni shakllantirish. G’oyaviy tarbiya jarayonida kishilarda yot va zararli g’oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirishga alohida e‘tibor beriladi. Bu uzoq davom etadigan jarayondir.
7. Harakat dasturi ekanligi. Mafkura jamiyatda ijtimoiy- siyosiy harakatning o’ziga xos
dasturilamali bo’lib xizmat qiladi.
Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sotsial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka da‘vat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad-g’oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan kutiladigan ideal natijadir.


XULOSA

Men 25-15 KI guruh talabasi Mengilbayev Javohir “Milliy g’oya: asosiy tushunchalari va tamoyillari” fanidan mustaqil ishimni yozish davomida ko’p izlandim va ushbu ma’lumotlarni keltirib o’tdim. Insonlar mafkurasi eng kuchli qurol hisblanib, undan foydalanishni yomon oqibatlarini oldini olish zarur ekanligini bilib oldim.Kelgusida shu sohada o’zimga kerakli bilimlarni oldin degan umiddaman. Bu bilimlar hayotim davomida boyitilib menga albatta as qotadi deb o’z fikrimni yakunladim

Foydalanilgan adabiyotlar

1.“MILLIY G’OYA: ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLAR” FANIDAN O’QUV USLUBIY MAJMUA- Toshkent- 2019

2. google.uz . arxiv.uz
Download 20,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish