O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 15,99 Mb.
bet34/74
Sana22.02.2022
Hajmi15,99 Mb.
#87648
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Bog'liq
Транс.маш.УМК 1-2-семестр — копия

Qatnov qismi Avtomobillar harakatiga mo‘ljallangan bo‘lib, harakat vositasidan asosiy yuklanishni qabul qiladi va asosiy yo‘lni kiyim bilan yopib turadi. Yo‘l kiyimi bittadan uchtagacha qatlamdan iborat bo‘ladi: yo‘l qoplamasi, asos va singdiruvchi qatlam. Yo‘l qoplamasi bevosita avtomobil g‘ildiraklari ta’sirini qabul qiladi va yo‘l konstruksiyasini himoya qiladi. Asos yo‘lning asosiy yuk tashish yoki yuk o‘tkazish qismi hisoblanadi. Singdiruvchi qatlam esa yo‘ldan suvni zaminga singdirishga xizmat qiladi.
Qatnov qismining kengligi shu yo‘ldan harakatlanayotgan harakatlanish vositalarining o‘lchamlari, tezliklari va harakatdagi g‘ildiraklar soni orqali aniqlanadi.
Karyer sharoitida avtomashinalarning turli xil harakat tizimlari mavjuddir:
a) bitta polosali qarama-qarshi harakat;
b) ikkita polasali qarama-qarshi harakat (bunda bitta polosa yukli yo‘nalish uchun);
s) Aylanma (oqimli) harakat.
Karyerlarda ko‘proq ikkita polosali qarama-qarshi harakat va bitta polosa bo‘yicha oqimli harakat sxemalari ko‘proq tarqalgan.
Bitta polosali qarama-qarshi harakatdagi yo‘lning qatnov qismi kengligi shunday hisob bilan belgilanadiki, unda qarama-qarshi mashinalarning o‘tishlarida yuksiz mashina yo‘l cheti (obochina)da harakatlanadi.Yo‘l cheti kengligi 2-2,5 m oralig‘ida qabul qilinadi.
Ikkita polosali harakatlanishda qatnov qismi kengligi mashina kuzovi gabarit o‘lchamlari (a), orqa g‘ildiraklar kengligi (v), avtomobil g‘ildiraklaridan polosaning chegarasigacha va qatnov qismi cheti s gacha va qarama-qarshi harakatlanayotgan avtomobillar orasidagi 2x masofalarni hisobga olgan holda aniqlanadi (4.2-rasm).
Bitta polosali aylanma (oqimli) harakatda (4.3-rasm) dastlabki 3 o‘lcham hisobga olinadi. Mashina kuzovi kengligi (v), s va x o‘lchamlari. s va x o‘lchamlari harakat tezligiga bog‘liq bo‘lib, uning qiymati xavfsizlik qoidalari bo‘yicha belgilanadi. Ularning eng kichik qiymatlari 0,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Avtosamosvallarning gabarit o‘lchamlariga bog‘liq ravishda yo‘l qatnov qismlarining kengligi 4.1-jadvalda keltirilgan.

4.1-jadval



Avtomashina kengligi, metr



Qatnov qismining kengligi,
mos kategoriyalarda, metr

1

2

3

Ikkita polosali harakat

2.65-3.0
3.65

8.5
10.0

8.0
9.5

7.5
9.5

4.0

10.5

10.0

10.0




Aylanma (oqimli) harakat

20.65-3.0
3.65 4.0

4.5
5.0
5.0

4.5
5.0
5.0

4.0
4.5
5.0




4.2-rasm. Ikki polosali yo‘lning qatnov qismi

4.3-rasm. Aylanma (oqimli) harakatdagi yo‘lning qatnov qismi


Ikkita polosali harakatlanish yo‘llari qatnov qismi kengligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi


, (2.1)
bu yerda: a – avtomobil kengligi, m; =1,6-1,9 – qarama-qarshi harakatlanayotgan avtomobillarning tezliklari (20-30 km/soat tezliklar oralig‘ida) yig‘indisini hisobga oluvchi koeffitsient; - avtomobil gabariti (uzunligi, balandligi, eni) ni hisobga oluvchi o‘lcham bo‘lib, uning qiymati 27, 40, 75 t yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega avtosamosvallar uchun mos ravishda 1,0; 1,3; 2,3; yuk ko‘tarish qobiliyati 65 va 120 t bo‘lgan yarimpritsepli tyagachlar uchun 2,2 va 3,8 qiymatlari qabul qilinadi.
Zaboy va ag‘darmalardagi vaqtinchalik yo‘lllar qatnov qismining minimal kengligi avtosamosvallar gabarit o‘lchamlaridan kelib chiqib belgilanadi, masalan, yuk ko‘tarish qobiliyati 27-75 t bo‘lgan avtosamosvallar uchun 10,5-13,5 m, 65-120 t li avtopoyezdlar uchun - 10,5-15,5 m.
Yo‘l burilish yoki qayrilish uchastkalarida xavfsizlikni ta’minlash uchun yo‘lning qatnov qismi kengroq qilinadi. Kengaytirish o‘lchami burilish radiusiga bog‘liq bo‘ladi va ikki polasali yo‘l qatnov qismining kengligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
(4.2)
bu yerda: l - mashinaning oldingi buferidan orqa chizig‘igacha bo‘lgan masofa, metr; R - egrilik radiusi, metr; v - hisobli harakat tezligi, km/soat.
Yo‘l qoplamasinig kengayishi (uzunlikga 20 metrdan kichik bo‘lmaslik kerak) yo‘l cheti (обочина) kengligining qisqarishi bilan amalga oshiriladi. Bunday holatlarda yo‘l cheti kengligi 1 metr dan kam bo‘lmasligi kerak.
Planda yo‘l to‘g‘ri uchastkalari egriliklar bilan birlashtiriladi. Egri yo‘l uchastkalarida avtomobillar tezligi kamayadi, agar egrilik radiusi kichik o‘lchamda bo‘lsa, avtomobil o‘zining maksimal manevr imkoniyatidan foydalanadi.
Yo‘lning alohida to‘gri uchastkalari aylana egriliklar yoki R radiusli serpantinlar bilan birlashtiriladi (4.4-rasm).

4.4-rasm.
Avtoyo‘l uchastkalarini birlashtirish:a – aylanali; b - serpantinli



Download 15,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish