texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar
— texnik
reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya,
veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik
normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda texnik jihatdan
tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar;
texnik reglament
— texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar
va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
umumiy texnik reglament
— texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir
turdagi mahsulotlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni
belgilovchi normativ hujjat;
maxsus texnik reglament
— texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi,
umumiy texnik reglamentda nazarda tutilmagan mahsulotlar va xizmatlar ayrim
turining xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
Do'stlaringiz bilan baham: |