davriy tekshiruvdan — gazni hisobga olish asboblarini tekshiruvdan
o‘tkazishning amal qilish muddati tugaganda;
navbatdan tashqari tekshiruvdan — gazni hisobga olish asboblarining
tekshiruvdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi plombasi shikastlanganda yoki qayta
sozlash ishlarini o‘tkazish zarurati vujudga kelganda;
ekspert tekshiruvidan — gazni hisobga olish asboblarining sozligi yoki
ularning qo‘llashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari bo‘yicha munozarali savollar
tug‘ilganda o‘tkaziladi.
Gazni hisobga olish asboblari quyidagi oraliqda davriy tekshiruvdan
o‘tkaziladi:
jismoniy shaxslar — 8 yilda 1 marta;
yuridik shaxslar —4 yilda 1 marta.
Foydalanilmagan gazni hisobga olish asboblarining davriy tekshiruvdan
o‘tkazish muddatlari o‘tib ketgan taqdirda, ulardan belgilangan tartibda
tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng foydalanish mumkin.
8
Gazni hisobga olish asboblarini tekshiruvdan o‘tkazish davlat metrologiya
xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.